Xayrullaev Abdumajid Abdug‘ani o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umurtqa pog‘ona suyagi aseptik nekrozining COVID–19 o‘tkazgan bemorlarda klinik va patomorfologik jihatlari” 14.00.15 – Patologik anatomiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/ Tib.3575.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Nosirjon Jo‘raevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/ 30.09.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Jumanov Ziyodulla Eshmamatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;  Raimnazarova Gulsara Jamalovna, tibbiyot fanlari nomzodi dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Tojikiston Respublikasi diplomdan keyingi tibbiy ta’lim instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Umurtqa pog‘onasi suyagining COVID-19 dan keyingi avaskulyar nekrozining klinik-instrumental, morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19dan keyingi umurtqa pog‘onasi aseptik nekrozi bilan  bemorlarning klinik-anamnestik va instrumental tekshiruvlariga asoslangan tartibda, o‘ziga hos xususiyatlari sifatida, dastlab suyak tana qismida oqish rangli yallig‘lanish  infil`trati, dag‘al tolali ko‘rinishda ossifikatsiya o‘choqlari va oq-sariq rangli nekroz hamda sekvestrlar bilan davom etganligi aniqlangan;
COVID-19 infeksiyasidan so‘ng umurtqa suyaklarining aseptik nekroziga bog‘liq disk churrasi va to‘qimalarida yuzaga kelgan  fibroz qavati emirilishi, g‘ovak suyak yuza qismi nekroz o‘chog‘i chuqurlashishi va rezorbsiyasi, kistoz bo‘shliqlar paydo bo‘lishi kabi morfologik o‘zgarishlar tomirlarning shikastlanishi sababli rivojlanganligi isbotlangan;
COVID-19dan keyingi umurtqa suyagi bel qismining har biriga xos yumshoq va qattiq to‘qima tuzilmalarida rivojlanadigan klinik-morfologik o‘zgarishlari asosida tashhislashni solishtirma aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan;
umurtqa pog‘onasi suyagi va tog‘ayli diskning COVID-19dan keyingi  aseptik nekrozi va sekvestrlangan churrasi tarkibiy qism to‘qima tuzilmalarining egallagan maydonini 5/1 qismini tashkil etganligi, kistoz bo‘shliqlar 3,5-6,15 barobargacha oshganligi konfokal mul`tipleksli morfometrik raqamli dasturi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
UPSAN ni prognozini yaxshilash uchun olingan ilmiy natijalarga asoslanib;
ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida “ COVID -19 da umurtqa  suyagi aseptik nekrozining klinik va patomorfologik o‘zgarishlari” uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024-yil 15 iyuldagi 03/14-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining 2024-yil 26-martdagi 6i-29/u-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan).
birinchi ilmiy yangilik:  COVID-19dan keyingi umurtqa pog‘onasi aseptik nekrozi bilan  bemorlarning klinik-anamnestik va instrumental tekshiruvlariga asoslangan tartibda, o‘ziga hos xususiyatlari sifatida, dastlab suyak tana qismida oqish rangli yallig‘lanish  infil`trati, dag‘al tolali ko‘rinishda ossifikatsiya o‘choqlari va oq-sariq rangli nekroz hamda sekvestrlar bilan davom etganligi aniqlanganligi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi (04.04.2024 y.; №23), Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.04.2024 y.; №267-A/F) va Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi (04.04.2024 y.; №29) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan algoritm va uslublarning davolash amaliyotiga joriy etilishi natijasida, aholi orasida 75% gacha umurtqa pog‘onasi degenerativ kasalliklarining tashhislash  samaradorligi oshirilishiga imkon bergan. Bu yangilikda iqtisodiy samaradorlik quyidagicha: tavsiya etilgan klinik-anamnestik va patomorfologik tashhislash, davolash uslublari qo‘llanilganda asossiz tekshiruvlarsiz, tadqiqotga talab etiladigan davo vaqti 12 kundan 7-10 kungacha qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (an’anaviy tashhis va davolash usulining o‘rtacha narxi 1 ta bemor uchun 2250000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 1300000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan tashhislash va davolash usulidan foydalangan holda muolajalarni o‘tkazish vaqtini 1-1,5 barobar qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 950000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik:  COVID-19 infeksiyasidan so‘ng umurtqa suyaklarining aseptik nekroziga bog‘liq disk churrasi va to‘qimalarida yuzaga kelgan  fibroz qavati emirilishi, g‘ovak suyak yuza qismi nekroz o‘chog‘i chuqurlashishi va rezorbsiyasi, kistoz bo‘shliqlar paydo bo‘lishi kabi morfologik o‘zgarishlar tomirlarning shikastlanishi sababli rivojlanganligi isbotlangan. Bu holat Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi (04.04.2024 y.; №23), Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.04.2024 y.; №267-A/F), hamda Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi (04.04.2024 y.; №29) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ushbu yangilikdagi ijtimoiy samaradorlik: UPSANning klinik anamnestik va patomorfologik  hususiyatlarini solishtirma tahlili, turli usullarning ijobiysini tanlab olinishi bemorlar mehnat faoliyatini samarasini 95% gacha oshirishga xizmat qiladi.   Iqtisodiy samaradorlik esa quyidagicha: tavsiya etilgan  UPSANni  aniqlash bo‘yicha solishtirma tahlil asosida tashhislash usuli va davolash taktikasini tanlash klinik-patomorfologik natijalardagi belgilarni hisobga olgan holda, kasallikni kechishidagi an’anaviy usullar ( ortoped ko‘rigi, MRT, rentgen, EKG, qon va peshob tahlili va boshqalar) bilan jarrohlik amaliyotidagi harajatlarni, tashrixsiz davolanishda 70% gacha tejalishiga olib keladi. Xulosa: ushbu xulosa dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga mos klinik va patomorfologik solishtirma tashhislash natijalari, davolashni jahon darajasiga ko‘tarishga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik:  COVID-19dan keyingi umurtqa suyagi bel qismining har biriga xos yumshoq va qattiq to‘qima tuzilmalarida rivojlanadigan klinik-morfologik o‘zgarishlari asosida tashhislashni solishtirma aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan. Bu usul Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi (04.04.2024 y.; №23), Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.04.2024 y.; №267-A/F) va Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi (04.04.2024 y.; №29) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan   COVID-19 dan keyingi  UPSANni davolashda klinik, anamnestik, struktur-funksional va patomorfologik tahliliga individual yondashuv asosida tashhislash davolanishni optimallashtirish hisobiga yotoq-joy muddatini qisqartirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot uchun tanlangan usulda tashhislangan bemorlarda (200 ta) davolanish uchun ketgan xarajatlar 287040000 so‘mga yoki har bir bemordan 276000 so‘mga iqtisod qilindi, tatbiq masshtabi bo‘yicha jami yillik iqtisodiy samaradorlik 33120000 so‘mni tashkil qiladi. davolash samaradorligini o‘rtacha 20-25%ga oshiradi, davolanish muddatini qisqartiradi, bemorlarni 5-7 kun davomida konservativ davolanishi o‘rtacha 950-1.330ming so‘mni (190*5 yoki 190*7). Shuningdek laborator tekshirishlar gemotologik tadqiqotni asoslanganligi va ishonchliligi darajasini oshiradi, patogistologik tekshirishlardagi xatoliklarni 100%ga bartaraf etadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik:  umurtqa pog‘onasi suyagi va tog‘ayli diskning COVID-19dan keyingi  aseptik nekrozi va sekvestrlangan churrasi tarkibiy qism to‘qima tuzilmalarining egallagan maydonini 5/1 qismini tashkil etganligi, kistoz bo‘shliqlar 3,5-6,15 barobargacha oshganligi konfokal mul`tipleksli morfometrik raqamli dasturi asosida takomillashtrilgan. Bu usul Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi (04.04.2024 y.; №23), Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.04.2024 y.; №267-A/F) va Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi (04.04.2024 y.; №29) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Disk churrasi, spondilitni morfometrik tekshiruvlariga asoslanib tashhislash bilan, korreksiyalangan-distraksion qurilmada invidual tortish 173(100%) nafar bemorda bajarilib,  nazariy klinik-morfometrik kompleks yondashuv uslubidan foydalanilgan bemorlarni davolash sifatini 85%ga yaxshilanishiga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak-bel sohasini spondilit va disk churrasining boshlang‘ich davrida oddiy va samarali tekshiruv usullaridan foydalanib, tashrihsiz davolanadi, optimal invidual chuqurlashtirilgan tekshiruv va maxsus malaka oshirgan shifokorlarning zaruriyati yo‘qligi isbotlangan (Stmd=Ap+Di+(Ci+MN+Zzp)=30000+50000+290000=370000 so‘m, bunda: Ci+MN+Zzp=290000 so‘m (tarif bo‘yicha), Stmd – bir bemor uchun an’anaviy tekshiruv usullari (UASh, travmatolog ko‘ruvi, MRT, rentgen, EKG, qon va peshob tahlili) bilan tashhislash harajatlar summasi). Xulosa: umurtqaning barcha sohasida UPSAN aniqlangan  bemorlarda tizimidagi nuqsonlarni tasdiqlash yoki istisno qilish uchun klinik- morfologik-morfometrik tahlillarni eng muhimini tanlash bilan mehnatga layoqatli qatlami kasallanishida erta tashhislash  hisobiga 50% gacha mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish