Abdulov Damir Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/I1204.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmanov Olim Kalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Voronin Sergey Aleksandrovich, iqtisodiyot fanlari doktori, Juraev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
undirilishi umidsiz deb topilgan soliq qarzlarini hisobdan chiqarishni bekor qilish - yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishning muhim yo‘nalishi ekanligi asoslab berilgan;
soliq to‘lovchilar bilan onlayn muloqot qilish sharoitida qonunchilikka rioya qilish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish va bankrotlikni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan va onlayn-kommunikatsiya tizimiga asoslangan «bankrotlik protsedurasi soliq monitoringi» taklif qilingan;
soliq organlari va soliq to‘lovchilari o‘rtasidagi munosabatlar mexanizmlarini samarali vositalarga asosan, jumladan servis xizmati va elektron muloqotga asoslangan mexanizmga ko‘ra optimallashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
soliq to‘lovchilarning soliq organlari faoliyatidan qoniqishini kompleks baholash yondashuvini, jumladan samarali soliq ma’muriyatchiligini joriy o‘zgarishlarga ko‘ra soliq to‘lovchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va soliq bazasi kengayishi asosida takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
undirilishi umidsiz deb topilgan soliq qarzlarini hisobdan chiqarishni bekor qilish - yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishning muhim yo‘nalishi ekanligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-noyabrdagi 736-son “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 10-fevraldagi 21-11695-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif soliq intizomini yanada mustahkamlashga, soliq tadbirlarini maqsadli tashkil etishga, undirish umidsiz deb topilgan soliq qarzlarini hisobdan chiqarishni yanada tartiblashga va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash samaradorligini oshirishga hamda soliq ma’muriyatchiligi xarajatlarini 12,4 foyizga tejashga muayyan darajada xizmat qilgan;
soliq to‘lovchilar bilan onlayn muloqot qilish sharoitida qonunchilikka rioya qilish va soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish va bankrotlikni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan va onlayn-kommunikatsiya tizimiga asoslangan «bankrotlik protsedurasi soliq monitoringi» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida va soliq organlari faoliyatida foydlanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 10-fevraldagi 21-11695-sonli ma’lumotnomasi). Taklif soliq organlarining davlat ishonchli nazoratchisi vakolatida ishtirok etishi, ASK samaradorligini yanada oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
soliq organlari va soliq to‘lovchilari o‘rtasidagi munosabatlar mexanizmlarini samarali vositalarga asosan, jumladan servis xizmati va elektron muloqotga asoslangan mexanizmga ko‘ra optimallashtirishning maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va “2019–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 10-fevraldagi 21-11695-sonli ma’lumotnomasi). Taklif tizimni raqamlashtirish va bu sohadagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
soliq to‘lovchilarning soliq organlari faoliyatidan qoniqishini kompleks baholash yondashuvini, jumladan samarali soliq ma’muriyatchiligini joriy o‘zgarishlarga ko‘ra soliq to‘lovchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va soliq bazasining kengayishi asosida takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 10-fevraldagi 21-11695-sonli ma’lumotnomasi). Taklif soliq intizomiga rioya qiluvchilar ulushining ortishiga, soliq ma’muriyatchiligidagi yukning kamayishi va soliq to‘lovchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan soliqlarning soliq majburiyatlari umumiy hajmidagi ulushining ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan.
 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish