Muxammadiev Ne’matjon Raxmatovichning
patentlar asosida o‘tkaziladigan fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi) “Transport qurilishi obektlarida foydalanish uchun ekspluatatsion xossalari yaxshilangan modifikatsiyalangan mayda donador bazaltofibrobeton olish va uning asosida konstruksiyalar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari”, 05.09.05- Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari doktori).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3. DSc /T838.
Ilimiy maslaxatchi: texnika fanlari doktori, professor Soy Vladimir Mixaylovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.04
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi modifikatsiyalangan bazaltofibrobetonning tarikibni ishlab chiqish va ushbu tarkibni qo‘llash asosida temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarishning texnologiyasini takomillashtirish xamda qurilish buyumlarining yangi konstruktiv echimlarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kirishish deformatsiyalari ko‘rsatkichi past va yaxshilangan ekpluatatsion xossalarga ega bo‘lgan bazaltofibrobeton qorishmasining tarkibi ishlab chiqilgan (UZ IAP 07520);
ilk bor metall va mehnat sarfining kamligi, xamda 1 m2 texnologik liniya uchun to‘g‘ri keluvchi unumdorligining yuqoriligi bilan ajralib turuvchi ko‘priklar oraliq qurilmalarining oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton to‘sinlarini tayyorlash usuli ishlab chiqilgan (№ UZ IAP 07372);
ilk bor metall sarfi past va korroziyaga chidamliligi xamda ekspluatatsion ishonchliligi yuqori bo‘lgan havoiy elektr uzatish liniyasi tayanchi poydevorining konstruksiyasi ishlab chiqilgan (UZ IAP 7747);
ikkinchi darajali polinom ko‘rinishidagi modifikatsiyalangan mayda donador bazaltofibrobetonning siqilishga mustahkamlagining matematik modeli ishlab chiqilgan va texnologik tahlil qilish orqali uning eng ahamiyatli reseptura-texnologik omillarga bog‘liq ravishda mustaxkamligining o‘zgarishi qonuniyatlari aniqlangan;
mayda donador betonni bazalt fibrotolasi bilan dispers armaturalash fibraning mikrodarajada bir tekis taqsimlanishi hisobiga kompozit matrisasini strukturalaydi va undagi yopiq g‘ovaklarning miqdorini oshiradi, bu esa o‘z navbatida bazaltofibrobetonning asosiy ekspluatatsion ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada ortishiga olib kelishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Transport qurilishi obektlarida foydalanish uchun ekspluatatsion xossalari yaxshilangan modifikatsiyalangan mayda donador bazaltofibrobeton olish va uning asosida konstruksiyalar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida quyidagi ishlanmalar joriy qilingan:
tarkibida sement, chaqiq tosh, qum, polikarboksilatli superplastifikator MasterGlenium ACE 430, Na-karboksimetilsellyuloza ishlab chiqarish qoldiqlari (KON), bazaltli fibrotola va suvdan iborat bo‘lgan bazaltofibrobetonning ishlab chiqilgan yangi tarkibi “Binokor temir beton servis” MChJ QK, “Taqiyatas temir beton” MChJ, “Eyvalekmaxsustemirbeton” UK korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan. Mazkur korxonalarda 01.03.2024 yildan 01.11.2024 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida UZ IAP 07372 “Beton qorishmasi” ixtirosiga olingan patentga muvofiq 8981 dona tajriba-sinov partiyalari ishlab chiqarilgan ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi 2024 yil 18 noyabrdagi 04/15-35 12-sonli ma'lumotnoma). Natijada, optimal beton tarkiblarni joriy etishda sement sarfini 15-25% ga tejashga, rentabellikning 4-6 % ga oshirishga va mahsulotning tannarxini 15 % ga kamaytirishga erishilgan;
ko‘priklar oraliq qurilmalarining oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton to‘sinlarini kamida uchta buyumga mos keluvchi stendini ankerlar yordamida poydevorga maxkamlash, stendga armatura bog‘lamini joylash va keyinchalik ularni zo‘riqtirish, qolipning shchitlarini o‘rnatish va ularni o‘zaro bir-biriga bog‘lash, keyinchalik bazaltofibrobeton qorishmasini joylashtirish, bitta buyumga mos keluvchi xarakatchan bortlarini navbatdagi to‘sin tayyorlangandan so‘ng stend bo‘ylab ko‘chirish va beton mustaxkamligini olganidan so‘ng zo‘riqtirilgan armaturani bo‘shatishni ko‘zda tutuvchi tayyorlash usuli “Binokor temir beton servis” MChJ QK korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan. Mazkur korxonada 01.03.2024 yildan 01.11.2024 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida UZ IAP 07372 “Ko‘priklar oraliq qurilmalarining oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton to‘sinlarini tayyorlash usuli” ixtirosiga olingan patentga muvofiq 2531 tajriba-sinov partiyasi ishlab chiqarilgan ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi 2024 yil 18 noyabrdagi 04/15-35 12-sonli ma'lumotnoma). Natijada, taklif etilayotgan texnologiya va optimal beton tarkibini joriy etishda maxsulot tan narxini 19 % kamaytirishga, metal sarfini kamaytirishga va mexnat unumdorligini 25-30 % oshirishga erishilgan;
butun uzunligi bo‘yicha tashqi vinsimon sirtga ega bo‘lgan ichki bo‘shlig‘i yig‘ma beton bilan to‘ldirilgan metall silindr sifatidagi bazaltofibrobetondan iborat konussimon kallakli doiraviy kesimli qoziqoyoq ko‘rinishida bajarilgan havoiy elektr uzatish liniyasi tayanchi poydevorining konstruksiyasi “Binokor temir beton servis” MChJ QK, “Taqiyatas Temir Beton” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan. Mazkur korxonalarda 01.03.2024 yildan 01.11.2024 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida UZ № IAP 7747 “Havo elektr uzatish liniyasi tayanchining poydevori” ixtirosiga olingan patentga muvofiq 6450 dona tajriba-sinov partiyasi ishlab chiqarilgan ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi 2024 yil 18 noyabrdagi 04/15-35 12-sonli ma'lumotnoma). Natijada, joriy etilgan havo elektr uzatish liniyasi tayanchining poydevorini, metal sarfini tejashga, umirboqiyligini 30-50% ga oshirishga erishilgan; Shuningdek, 01.03.2024 yildan 01.11.2024 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida Transport qurilishi obektlarida foydalanish uchun ekspluatatsion xossalari yaxshilangan modifikatsiyalangan mayda donador bazaltofibrobeton olish va uning asosida konstruksiyalar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etishdan olingan umumiy iqtisodiy samaradorlik 2,171 mlrd. so‘mni tashkil etgan.