Boltaev Umidjon Talant o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish sanoatining investision jozibadorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2403
Ilmiy rahbar: Metyakubov Azamat Djumanazarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Xakimov Ziyodulla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Salaev Jasurbek Komilovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish sanoatining investision jozibadorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “investision jozibadorlik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni turli xil talqinlarga mos holda u yoki bu mamlakat (mintaqa, tarmoq)da yuzaga keladigan mamlakat (mintaqalar, tarmoqlar)ga yoʻnaltirilishi mumkin bo‘lgan investisiyalarga nisbatan vaziyatning qulaylik darajasini aks ettiruvchi umumiy tavsifiga investision jozibadorlikni belgilovchi va iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashuvchi omillar va shart-sharoitlar asosida baholashni tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
qurilish tarmog‘i faoliyatiga makro- va mikrodarajada rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning mahalliy hokimiyat va qurilish tashkilotlari tomonidan ta’minlanuvchi aniq shart-sharoit va chora-tadbirlar ko‘rinishidagi chegaralarini o‘zaro manfaatli asosda qat’iy belgilash orqali qurilish sanoatining investision jozibadorligini oshirish taklifi asoslangan;
yagona makonda turli xil investision va qurilish loyihalari haqidagi ma’lumotlarni birlashtirish va investision imkoniyatlarni izlab topish, bitimlarni tuzish, loyihalarni va hisobotlarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab jarayonlarni avtomatlashtirishga imkonini beruvchi raqamli platforma modeli taklif etilgan;
aholi jon boshiga qurilish ishlari hajmini tavsiflovchi, o‘z ichiga yangi qurilish va xorijiy investisiyalar ulushi hisobga olinishi bilan asosiy kapitalga investisiyalar hajmi ko‘rsatkichlarini oluvchi 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish sanoatining investision jozibadorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “investision jozibadorlik” tushunchasining iqtisodiy mazmunini turli xil talqinlarga mos holda u yoki bu mamlakat (mintaqa, tarmoq)da yuzaga keladigan mamlakat (mintaqalar, tarmoqlar)ga yoʻnaltirilishi mumkin bo‘lgan investisiyalarga nisbatan vaziyatning qulaylik darajasini aks ettiruvchi umumiy tavsifiga investision jozibadorlikni belgilovchi va iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashuvchi omillar va shart-sharoitlar asosida baholashni tatbiq etish orqali takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Investision loyihalash” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29 maydagi 232-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda investision jozibadorlikni belgilovchi va iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashuvchi omillar va shart-sharoitlar asosida baholashni tatbiq etish orqali takomillashtirilgan investision jozibadorlik tushunchasi bilan bog‘liq nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
qurilish tarmog‘i faoliyatiga makro- va mikrodarajada rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning mahalliy hokimiyat va qurilish tashkilotlari tomonidan ta’minlanuvchi aniq shart-sharoit va chora-tadbirlar ko‘rinishidagi chegaralarini o‘zaro manfaatli asosda qat’iy belgilash orqali qurilish sanoatining investision jozibadorligini oshirish taklifidan “Trest 12” AJ faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 1-noyabrdagi 24-06/11524-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning investisiyaviy jozibadorligini yaxshilash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan va natijada xorijiy investisiyalar hajmi 12,7 foizga oshishi ta’minlangan;
yagona makonda turli xil investision va qurilish loyihalari haqidagi ma’lumotlarni birlashtirish va investision imkoniyatlarni izlab topish, bitimlarni tuzish, loyihalarni va hisobotlarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab jarayonlarni avtomatlashtirishga imkonini beruvchi raqamli platforma modelidan foydalanish taklifi “Trest 12” AJ faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 1-noyabrdagi 24-06/11524-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonada investision muhitni raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
aholi jon boshiga qurilish ishlari hajmini tavsiflovchi, o‘z ichiga yangi qurilish va xorijiy investisiyalar ulushi hisobga olinishi bilan asosiy kapitalga investisiyalar hajmi ko‘rsatkichlarini oluvchi 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Trest 12” AJ faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 1-noyabrdagi 24-06/11524-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholi jon boshiga qurilish ishlari hajmini tavsiflovchi, yangi qurilish va xorijiy investisiyalar ulushining hisobga olinishi bilan asosiy kapitalga investisiyalar hajmi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.