Abdurazoqov Boburjon Sobirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida emotsiya konseptlarining verballashuvi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2274.
Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybullo Qulmuradovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Davlatova Muxayyo Xasanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida emotsiya konseptlari faollashuvida konseptual va lingvomadaniy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi tillarda emotsional konseptlarni (happy, anger, sadness, xursandchilik, g‘azab, nafrat, va hokazo) hosil qiluvchi (to be happy, to make happy, xursand bo‘lmoq, xursand qilmoq, g‘azablantirmoq va boshqalar) lisoniy vositalarni  kognitiv mohiyati nazariy jihatdan asoslangan;
qiyoslanayotgan tillarda sadness (g‘am) va anger (jahl, g‘azab) emotsional konseptlarini lingvomadaniy xususiyatlari frazeologizmlar (to be in deep distress, to boil with anger, qayg‘uda bo‘lmoq, g‘azab otiga minmoq), iboralar (to be sad, xafa bo‘lmoq va hakozo) orqali farqlanishi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida emotsionallikni semantik maydoni (xursandchilik, hayrat, qo‘rquv, g‘azab), struktur-semantik xususiyati (emotive so‘zlar (emotion words) va emotive ma’no yuklangan so‘zlar (emotion-laden words)) va kommunikativ-pragmatik (nutq vaziyatida inson his-tuyg‘ularini aks ettirish) voqelanishini dalillangan;
qiyoslanayotgan tillardagi emotsional konseptlarini faolashuvida leksik (so‘z, iboralar, frazeologik birikmalar), grammatik (analitik shakllar, shxs-son qo‘shimchalari) birliklarning o‘zaro munosabatga kirishishi muhim o‘rin tutishi ochib  berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy ishda ingliz va o‘zbek tillariga xos bo‘lgan his-tuyg‘u bilan bog‘liq birliklar va ularning har ikki tilda ifodalanishi misollar yordamida solishtirilgan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi tillarda emotsional konseptlarni (happy, anger, sadness, xursandchilik, g‘azab, nafrat, va hokazo) hosil qiluvchi (to be happy, to make happy, xursand bo‘lmoq, xursand qilmoq, g‘azablantirmoq va boshqalar) lisoniy vositalarni  kognitiv mohiyati natijalari Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024–yil 19-iyundagi 1245/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilari tilning emotsional xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishgan;
qiyoslanayotgan tillarda sadness (g‘am) va anger (jahl, g‘azab) emotsional konseptlarini lingvomadaniy xususiyatlari frazeologizmlar (to be in deep distress, to boil with anger, qayg‘uda bo‘lmoq, g‘azab otiga minmoq), iboralar (to be sad, xafa bo‘lmoq va hakozo) orqali farqlanishi tahlili Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUSJPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024–yil 19-iyundagi 1247/02-son ma’lumotnomasi). Natijada tilning emotsional xususiyatlarining lingvomadaniy imkoniyatlarini ochib berish yuzasidan ilmiy va metodik tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi emotsional konseptlarini faolashuvida leksik (so‘z, iboralar, frazeologik birikmalar), grammatik (analitik shakllar, shxs-son qo‘shimchalari) birliklarning o‘zaro munosabatga kirishishishi masalalari tahlili Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2024-yil mart oyi davomida efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” tonggi dasturi va “Xayrli kun” radiodasturlarining ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokomraniyasining 2024-yil 24-iyundagi 01-07/161-son-son ma’lumotnomasi). Ushbu dasturlarda tadqiqot natijalaridan olingan emotsiyalarni vujudga keltiruvchi kognitiv mexanizmlar va ularni tilda faollashuvini ta’minlovchi lisoniy birliklar, frazeologik vositalar ifodasida kognitiv roli aniqlangan, verbal va noverbal ma’nolarni aniqlash orqali antroposentrik paradigmaga asoslanganligini aniqlash haqida mulohazalardan foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish