Dautova Malika Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Ingliz tilida modaga doir neologizmlar va ularning rus hamda o‘zbek tillariga tarjimasi masalalari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3479.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03. raqamli bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Raximov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlar doktori, professor; Xushmurodova Shaxnoza Shaymanqulovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili moda sohasidagi neologizmlarning o‘zbek va rus tillariga tarjimasi mummolarini ochib berish hamda ingliz tili va, umuman, moda sohasidagi modifikatsiyada zamonaviy voqelik va tamoyillarni hisobga olgan holda tarjima jarayonini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilida moda sohasiga oid neologizmlarning paydo bo‘lish va ishlatilish qonun-qoidalari, mazkur leksik birliklarning terminologik (pinstripe, chalk stripe, winklepickers, comfury), stilistik turlari (Bird’s ee, Sharkskip, Herringbone, Houndstooth, Xevlok) hamda yasalish usullari dalillangan;
ingliz tilidagi modaga oid jurnallarda ishlatilayotgan neologizmlarning rus va o‘zbek tillariga tarjimalari baholanib, mazkur leksemalarni tarjima qilish usullari, vositalari va strategiyalarini qo‘llashning ovoz ohangi, kontent reja,  rubrikator (rubrika) kabi o‘ziga xosliklar ochib berilgan;
ingliz tilida OAV matnidagi sintaktik monand yoki so‘zma-so‘z tarjima, konkretizatsiya, umumlashtirish (generalizatsiya), antonimik tarjima, modulyasiya singari tarjima turlaridan foydalangan holda kommunikativ strategiyalar va taktika hamda nutqiy akt kabi tarjimaning pragmatik xususiyatlari dalillangan;
ingliz tilidagi modaga oid jurnallarda ishlatilgan hozirgi ingliz tilida kechayotgan semantik va so‘z yasash jarayonlarini aks ettiruvchi yangi so‘zning individual qo‘llanilishidan til jamoasiga o‘tishi bilan bog‘liq lingvokreativ faoliyat natijasida yuzaga kelgan neologizmlarning fonologik, o‘zlashma, morfologik, birikmali, konvertatsiyali kabi yasalish usullari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilida modaga doir neologizmlar va ularning rus hamda o‘zbek tiliga tarjimasi masalalarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tilida moda sohasiga oid neologizmlarning paydo bo‘lish va ishlatilish qonun-qoidalari, mazkur leksik birliklarning terminologik (pinstripe, chalk stripe, winklepickers, comfury), stilistik turlari (Bird’s ee, Sharkskip, Herringbone, Houndstooth, Xevlok) hamda yasalish usullari dalillanganligiga doir natijalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-2020042022 – “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 18-maydagi 01/10-978-son ma’lumotnomasi). Natijada, qiyoslangan va chogʻishtirilgan tillardagi inglizcha presedent fenomenlarni tarjima qilish uchun zarur til va madaniy kompetensiyalar shakllangan hamda ingliz tilidagi materiallar bilan ishlashda bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha olingan natijalar takomillashtirilgan;
ingliz tilidagi modaga oid jurnallarda ishlatilayotgan neologizmlarning rus va o‘zbek tillariga tarjimalari baholanib, mazkur leksemalarni tarjima qilish usullari, vositalari va strategiyalarini qo‘llashning ovoz ohangi, kontent reja,  rubrikator (rubrika) kabi o‘ziga xosliklar ochib berilganligiga  oid tavsiyalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 – “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, feʼl atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lugʻatini yaratish nomli” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 18-maydagi 01/10-977-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilidagi modaga oid neologizmlarning fonetik, semantik va morfologik tahlili ularning tarjima usullarini aniqlashtirish imkonini bergan;
ingliz tilida OAV matnidagi sintaktik monand yoki so‘zma-so‘z tarjima, konkretizatsiya, umumlashtirish (generalizatsiya), antonimik tarjima, modulyasiya singari tarjima turlaridan foydalangan holda kommunikativ strategiyalar va taktika hamda nutqiy akt kabi tarjimaning pragmatik xususiyatlari dalillanganligi haqidagi xulosalardan Surxondaryo viloyati “Ishonch” teleradiokompaniyasida “Ingliz tilida neologizmlarni turlari va vazifalari” sarlavhasi ostida 2023-yilning 18-oktyabr sanasida efirga uzatilgan dasturni tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati “Ishonch” teleradiokompaniyasining 2023-yil 18-oktyabrdagi 148-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili neologizmlarining rus va o‘zbek tillariga tarjimalari to‘g‘risidagi faktik materiallaridan ko‘rsatuv mazmunini yaxshilashga erishilgan, shuningdek ko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning ommabopligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish