Yuldasheva Mastona Muxubillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimli tillardagi avtoleksikaga oid terminlarning struktur va leksik-semantik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil1683.
Ilmiy rahbar: Qo‘ldoshev Akrom Maxmudovich, pedagogika filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03.31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari doktori (DSc); Sarimsokov Xurshid Abdimalikovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tizimli tillaridagi avtoleksikaga oid terminlarning struktur va leksik-semantik xususiyatlarining o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
morfologik tizimga ko‘ra o‘zbek va ingliz tillaridagi avtoleksikaga oid terminlar oddiy (faqat o‘zak morfemadan iborat), affiksal (o‘zak va bir yoki bir nechta affiksal morfemadan iborat), murakkab (ikki yoki undan ortiq o‘zak morfemalaridan iborat) kabilardan iborat ekanligi aniqlangan;
 chog‘ishtirilayotgan tillarda avtoleksikaga oid terminlarning struktural jihatdan tub, yasama, qisqartma turlari, komponentlar soniga ko‘ra har ikki tilda ko‘p komponentli terminlar faolligi, ularning modellari aniqlanib, shu sohadagi terminlarni shakllantirish jarayonida so‘z yasashning konversiv transformatsiya usuli samarali ekanligi isbotlangan;
 ingliz va o‘zbek tillaridagi maxsus avtomobil leksemalarining yasalishidagi sermahsul qo‘shimchalar (ingliz tilida –ing, -tion, -sion, -er/-or; o‘zbek tilida -gich, -lash, -uvchi, -lik, -sh (-ish), -v (-uv) hamda har ikki tildagi avtomobil leksikasining ikki, uch, to‘rt, besh va olti komponentli modellari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi avtomobilsozlikka oid terminlarning motivatsion tabiatiga ko‘ra sakkizta, tematik xususiyatiga ko‘ra esa oltita guruhga bo‘linishi asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillaridagi avtoleksikaga oid terminlarning struktur va leksik-semantik xususiyatlarining o‘xshash va farqli jihatlarini yoritish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
morfologik tizimga ko‘ra o‘zbek va ingliz tillaridagi avtoleksikaga oid terminlar oddiy (faqat o‘zak morfemadan iborat), affiksal (o‘zak va bir yoki bir nechta affiksal morfemadan iborat), murakkab (ikki yoki undan ortiq o‘zak morfemalaridan iborat) kabi turlardan iborat ekani haqidagi ilmiy xulosalardan Alumni Outreach Grans Program dasturi doirasida 2020-2021 yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan S-UZ800-20-IN-0106-raqamli “Virtual Workshop on Collaborative action Research” loyihasida foydalanilgan (Namangan davlat universiteti 2023 yil 29-avgustdagi 477-01-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan bir nechta qator taklif va tavsiyalar , ilmiy yangiliklar va nazariy xulosalar loyiha jarayonida yaratilgan dastur va qo‘llanmalarni tuzishda samarali xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi maxsus avtomobil leksemalarining yasalishidagi sermahsul qo‘shimchalar hamda har ikki tildagi avtomobil leksikasining ikki, uch, to‘rt, besh va olti komponentli modellari, avtomobilsozlikka oid terminlarning motivatsion tabiatiga ko‘ra sakkizta, tematik xususiyatiga ko‘ra esa oltita guruhga bo‘linishi haqidagi ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida 2022-2023 yillarda bajarilgan IL-40210213 raqamli “O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” nomli davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining 2024 yil 20-iyuldagi 39-08-764-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ingliz va o‘zbek tillaridagi maxsus avtomobil leksemalarining yasalishi, har ikki tildagi avtomobil leksikasining ikki, uch, to‘rt, besh va olti komponentli modellari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda avtoleksikaga oid terminlarning struktural jihatdan tub, yasama, qisqartma turlari, komponentlar soniga ko‘ra har ikki tilda ko‘p komponentli terminlar faolligi, ularning modellari aniqlanib, shu sohadagi terminlarni shakllantirish jarayonida so‘z yasashning konversiv transformatsiya usuli samarali ekanligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM muharririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlari ssenariyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 11-iyundagi 04-36-734-sonli ma’lumotnomasi). Natijada avto terminlarni shakllanishida turli tillarda o‘ziga xos o‘xshashlik va farqli jihatlari to‘g‘risida foydali ma’lumotlar bilan ushbu radioeshittirishlarning mazmuni ilmiy va amaliy jihatdan boyigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish