Qurbanov Muxtarbay Dauletbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston oykonimlarining tarixiy-lingvistik tahlili”, 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Fil208.
Ilmiy maslahatchi: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Qudaybergenov Mambetkerim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Do‘simov Zaribboy, filologiya fanlari doktori, professor; Eskeeva Magripa Kaynarbay qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston oykonimlarining kelib chiqish
omillari, nomlanish sabablari, leksik-semantik va onomastik-grammatik, tarixiy etimologik, etnolingvistik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston oykonimlarining paydo bo‘lishida xalqning ijtimoiy turmush tarzi, milliy urf-odatlar, jamiyatda bo‘layotgan voqealarning toponimik tizimga ta’siri, bir qancha millat vakillari birga yashagan va yashayotgan joylarda oykonimlarning paydo bo‘lishining lingvistik xususiyatlari ochib berilgan;
Qoraqalpog‘iston oykonimlarining shakllanishida hududning fauna va florasi, tabiiy-geografik va relef xususiyatlari, etnonimik, antroponimik, kasbga doir, ijtimoiy-g‘oyaviy atamalar asos boʻlganligi aniqlanib, ularning semantik tiplari jihatidan tasnifi onomastik, lisoniy tamoyillarga muvofiq ishlab chiqilgan;
toponimlar va oykonimlarning nomlanishi bilan bog‘liq geografik, tarixiy, etnomadaniy motivlar ochib berilib, joy nomlari semantikasida milliy-madaniy komponentlar, urf-odat va dasturlar, moddiy va ma’naviy madaniyatning aks etishi dalillangan;
toponimik indikatorlarning tarqalish areallari, atama yasash vazifasi, semantik xususiyatlari, imlosi, tarixiy oykonimlar, oykonimlar nominatsiyasida tabiiy-geografik omillar, bir toponimik obekt atamasining ikkinchi bir obektga berilishi toponimika nazariyasiga muvofiq aniqlangan;
oykonimlarning morfem tarkibi, yasalishi, grammatik qurilishiga ko‘ra sodda, affiksli, affikssiz, qo‘shma modellari mavjudligi, Qoraqalpog‘iston oykonimlari tarkibidagi affikslar va ularning funksional-semantik xususiyatlari ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston oykonimlarining tarixiy-lingvistik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar asosida:
oykonimlarning morfem tarkibi, yasalishi, grammatik qurilishiga ko‘ra sodda, affiksli, affikssiz, qo‘shma modellari; Qoraqalpog‘iston oykonimlari tarkibidagi affikslarning funksional-semantik xususiyatlari hamda Qoraqalpog‘iston oykonimlarining semantik mazmuni, jumladan, hududning fauna va florasi, geografik xususiyatlari, etnonimik, antroponimik hamda kasbga doir oykonimlar haqida berilgan ma’lumotlar haqidagi ilmiy xulosa va natijalardan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2012-2016-yillari FA-A1-G003 – “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” fundamental tadqiqotida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 13-martdagi 103/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tili so‘z yasalishining hozirgi holati va taraqqiyot boqichlarini aniqlash, so‘z va toponimlar (oykonimlar) munosabatini belgilash, onomastik hamda leksik birliklarning yasalish masalalarini qiyosiy o‘rganish imkoni paydo bo‘lgan, ular yangicha nuqtai nazarlar bilan boyigan;
toponimik indikatorlarning tarqalish areallari, atama yasash vazifasi, Qoraqalpog‘iston oykonimlarining semantik xususiyatlari, imlosi, tarixiy oykonimlar, ularni qayta tiklash, toponim (oykonim)ning nominatsiyasida tabiiy-geografik va etnografik omillarning o‘rni, bir toponimik obekt atamasining ikkinchi bir obektga berilish sabablari bo‘yicha berilgan ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Tilni rivojlantirish departamentining chora-tadbirlar rejasi hamda yo‘l xaritalarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (QR Vazirlar Kengashi huzuridagi Tilni rivojlantirish departamentining 2023-yil 20-fevraldagi 11-09/5-02/161-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika toponimlarining turli lug‘oviy va semantik tiplarga xos ekanligi aniqlangan; to‘g‘ri yozilish me’yorlari takomillashgan; ko‘cha, ovul, aholi punktlari nomlarini o‘zgartirish, tarixiy toponimlarni qayta tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni boyigan; topoobektlarga nom berish tartiblari, hududning tabiiy-geografik xususiyatlarini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarning sifati ortgan;
Qoraqalpog‘iston oykonimlarining paydo bo‘lishida xalqning hayot tarzi, milliy urf-odatlar, jamiyatda bo‘layotgan voqealarning ta’siri, shuningdek, Qoraqalpog‘iston hududidagi o‘zbek, qozoq va turkman millati vakillari birga yashaydigan joylarda oykonimlarning paydo bo‘lish xususiyatlari haqida bildirilgan fikr-tavsiyalari hamda ilmiy xulosalari Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”dagi “VI. “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun bajarilishini ta’minlash, davlat tilida ish yuritish” bo‘limida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 30-dekabrdagi 01-13/272-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy joylar va ularning nomlarini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, mazmun-mohiyatini tushuntirish, ona tiliga bo‘lgan hurmatini oshirish, toponimik atamalarni to‘g‘ri talaffuz qilish hamda yozish, madaniy meroslarni saqlash, tarixiy joylarning nomlarini qayta tiklashga tegishli ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmuni yanada boyishiga erishilgan;
Yashash joylari nomlari – oykonimlarning nomlanishida etnomadaniy omillarning o‘rni, joy nomlari tarkibidagi milliy-madaniy komponentlar, urf-odatlar, moddiy va ma’naviy madaniyatning aks etishi haqidagi ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston telekanalining «Til boyligi – el boyligi» teleko‘rsatuvi hamda Qoraqalpog‘iston radiosining «Tilga e’tibor – elga e’tibor» radio eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-yanvardagi 05-22/16-son ma’lumotnomasi). Natijada bu ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiyligi ta’minlangan, ularning mazmuni, ma’naviy va amaliy ahamiyati ortgan; adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarda tilga doir ma’lumotlar yangi manbalar bilan boyigan.