Sharipova Inobat Sapabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Orolbo‘yi hududidagi bolalarda nafas tizimi kasalliklarining klinik-funksional xususiyatlari”, 14.00.09 – Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.2.PhD/Tib2734.
Ilmiy rahbar: Alieva Nigora Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova El`mira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bobomuratov Turdiqul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi. nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi erta yoshli bolalarda ba’zi nafas a’zolari patologiyalarida klinik-funksional va immunologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi erta yoshli bolalarning 40 (23,8%) nafarida engil va o‘rta og‘ir darajadagi oziqlanishning oqsil energiya etishmovchiligi, 15 (9,0%) nafarida ortiqcha vazn va 6 (3,6%) nafarida semizlik bo‘lgan jismoniy rivojlanishning o‘zgarishlari fonida bronx-o‘pka kasalliklarining og‘ir kechishi isbotlangan;
Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bronx-o‘pka kasalliklari bilan kasallangan bolalarda IgE miqdori (77,18±14,39 ME/l), IL-4 (20,25±5,43 pg/ml), IL-8 (71,63±43,06 pg/ml) oshganligi, sekretor immunoglobulin A (sIgA) esa (55,31±9,79mg/l) kamayganligi, 3 yoshli 17 (43,6%) nafar bolalarda qaytalanuvchi obstruktiv bronxit uchraganligi hisobiga, immun tizimi disfunksiyasi rivojlanganligi isbotlangan;
Orolbo‘yi hududida bronx-o‘pka kasalliklari bilan kasallangan bolalarda sekretor immunoglobulin A bilan IL-4 (r=0,31) va S-reaktiv oqsil (r=0,41) orasida o‘rtacha, immunoglobulin E bilan pul`soksimetriya (r=0,62) orasida kuchli ijobiy bog‘liqlik, IL-4 bilan pul`soksimetriya (r=0,68) va IL-8 (r=0,61) orasida kuchli ijobiy bog‘liqlik bo‘lganligi sababli, kasalliklarning og‘ir va asoratli kechishi isbotlangan;
Orolbo‘yi hududida bronx-o‘pka kasalliklari bilan kasallangan bolalarda PIS shkalasi bilan pul`soksimetriya (r=-0,5) va SShO (r=-0,8) orasida kuchli manfiy bog‘liqlik, RDAI shkalasi bilan PIS (r=-0,3) va SShO (r=-0,7) orasida manfiy bog‘liqlik, PIS shkalasi bilan SShO (r=0,5) orasida kuchli ijobiy bog‘liqlik aniqlanganligi hisobiga, klinik shkalalarning (PIS, RDAI, SShO) diagnostik ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orolbo‘yi hududidagi erta yoshli bolalarda nafas tizimi kasalliklarining klinik, funksional va immunologik xususiyatlarini aniqlash va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi erta yoshli bolalarning 40 (23,8%) nafarida engil va o‘rta og‘ir darajadagi oziqlanishning oqsil energiya etishmovchiligi, 15 (9,0%) nafarida ortiqcha vazn va 6 (3,6%) nafarida semizlik bo‘lgan jismoniy rivojlanishning o‘zgarishlari fonida bronx-o‘pka kasalliklarining og‘ir kechishi isbotlangan. Ushbu natijalar “Orolbo‘yi hududidagi bolalarda nafas tizimi kasalliklarining klinik-immunologik, funksional xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanomasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspert kengashining 2023 yil 30 oktyabrdagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan. Xorazm viloyati BKTTMarkazi 11.11.2023 yildagi 151-I-sonli buyrug‘i hamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 11.11.2023 yildagi 22-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 15.07.2024 yildagi 03/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda oziqlanishni oqsil energetik etishmovchiligi omillarini aniqlash ushbu guruhdagi bolalarda nafas tizimi kasalliklarini og‘ir kechishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda oziqlanishni oqsil energetik etishmovchiligi rivojlanish xavfini erta aniqlash va ularni o‘z vaqtida davolash kasallikni og‘ir kechishi va asoratlanishini kamaytirishga yordam beradi. 1 nafar bolani 1 kunlik davolash 80000 so‘m, 1 oylik nogironlik to‘lovi 500000 so‘mni, shuningdek, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oyiga 250000 so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, bir kunda nafas tizimi kasalliklariga chalingan 168 nafar oziqlanishni oqsil energetik etishmovchiligi bo‘lgan bolani davolash uchun sarflanadigan byudjet mablag‘lari o‘rtacha 13440000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: oziqlanishni oqsil energetik etishmovchiligi rivojlanish xavfini erta aniqlash, ushbu bolalarda kasallikni og‘ir kechishini oldini olish hisobiga 1 ta bemorni 10 kunlik davolanishi uchun ketgan byudjet mablag‘larini 800000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bronx-o‘pka kasalliklari bilan kasallangan bolalarda IgE miqdori (77,18±14,39 ME/l), IL-4 (20,25±5,43 pg/ml), IL-8 (71,63±43,06 pg/ml) oshganligi, sekretor immunoglobulin A (sIgA) esa (55,31±9,79mg/l) kamayganligi, 3 yoshli 17 (43,6%) nafar bolalarda qaytalanuvchi obstruktiv bronxit uchraganligi hisobiga, immun tizimi disfunksiyasi rivojlanganligi isbotlangan. Ushbu natijalar “Orolbo‘yi hududidagi bolalarda nafas tizimi kasalliklarining klinik-immunologik, funksional xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanomasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspert kengashining 2023 yil 30 oktyabrdagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan. Xorazm viloyati BKTTMarkazi 11.11.2023 yildagi 151-I-sonli buyrug‘i hamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 11.11.2023 yildagi 22-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 15.07.2024 yildagi 03/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erta yoshli bolalarda qaytalanuvchi obstruktiv bronxitni uchrash chastotasini va immunoglobulin E ni aniqlash, bolalarda bronxial astma rivojlanish havfini erta aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: obstruktiv bronxit va pnevmoniyasi bor erta yoshli bolalarda immunoglobulin E ni aniqlash keyinchalik kasallikni surunkali shaklga o‘tishini kamaytirishga yordam beradi. Immunoglobulin E ni aniqlash bir bolaga 79700 so‘mni, 168 bolaga esa 13389000 so‘m, 1 kunlik statsionarda davolanish o‘rin kuni 80000 so‘m, 168 bolaga 13440000 so‘mni, shuningdek, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa 8333000 so‘mni tashkil qiladi. Shunday qilib, nafas tizimi kasalliklariga chalingan bolani davolash uchun byudjet mablag‘lari o‘rtacha 35162000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: nafas tizimi kasalliklari bor bir nafar bolaga xavf va klinik-funksional belgilarni erta aniqlash 159700 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: Orolbo‘yi hududida bronx-o‘pka kasalliklari bilan kasallangan bolalarda sekretor immunoglobulin A bilan IL-4 (r=0,31) va S-reaktiv oqsil (r=0,41) orasida o‘rtacha, immunoglobulin E bilan pul`soksimetriya (r=0,62) kuchli ijobiy bog‘liqlik, IL-4 bilan pul`soksimetriya (r=0,68) va IL-8 (r=0,61) kuchli ijobiy bog‘liqlik aniqlanganligi hisobiga, kasalliklarning og‘ir va asoratli kechishi isbotlangan. Ushbu natijalar “Orolbo‘yi hududidagi bolalarda nafas tizimi kasalliklarining klinik-immunologik, funksional xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanomasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspert kengashining 2023 yil 30 oktyabrdagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan. Xorazm viloyati BKTTMarkazi 11.11.2023 yildagi 151-I-sonli buyrug‘i hamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 11.11.2023 yildagi 22-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 15.07.2024 yildagi 03/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sekretor immunoglobulin A va immunoglobulin E ning ahamiyati va ularning yallig‘lanish prediktorlari (S-reaktiv oqsil) (r=0,41) va pul`soksimetriya (r=0,62) bilan yuqori darajada bog‘liqligi, interleykinlar (IL-4, IL-8) va pul`soksimetriya o‘rtasida yuqori ijobiy bog‘liqligi, kasallikni og‘ir kechishi, immun tizimida zo‘riqish borligini aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: sekretor immunoglobulin A va immunoglobulin E ning ahamiyati va ularning yallig‘lanish prediktorlari (S-reaktiv oqsil) (r=0,41) va pul`soksimetriya (r=0,62) bilan yuqori darajada bog‘liqligi, interleykinlar (IL-4, IL-8) va pul`soksimetriya o‘rtasida yuqori ijobiy bog‘liqligini xisobga olib, kasallikning qanchalik og‘ir kechishi va keyinchalik kasallikni surunkali shaklga o‘tishini kamaytirishga yordam beradi. Pul`soksimetriya ko‘rsatkichlariga qarab, immunologik tekshiruvlar uchun (interleykinlar 4 va 8) sarflangan mablag‘ni tejashga yordam beradi: 1 bolaga interleykin tekshirish o‘rtacha 140000 so‘mni, 168 bolaga esa 23520000 so‘mni, sekretor immunoglobulin A ni tekshirish 85000 so‘m, 168 bolaga esa 14280000 so‘mga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, nafas tizimi kasalliklariga chalingan bolalarni davolash uchun byudjet mablag‘lari o‘rtacha 37800000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: pul`soksimetriya tekshiruvini erta o‘tkazish va sekretor immunoglobulin A ko‘rsatkichini aniqlash, 1 nafar bolani 10 kunlik shifoxonada davolanish vaqti uchun 1025000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Orolbo‘yi hududida bronx-o‘pka kasalliklari bilan kasallangan bolalarda PIS shkalasining pul`soksimetriya (r=-0,5) va SShO (r=-0,8) bilan kuchli manfiy bog‘liqligi, RDAI shkalasi PIS (r=-0,3) va SShO (r=-0,7) bilan manfiy bog‘liqlik, PIS shkalasi esa SShO (r=0,5) bilan kuchli ijobiy bog‘liqlik aniqlanganligi hisobiga, klinik shkalalarning (PIS, RDAI, SShO) diagnostik ahamiyati isbotlangan. Ushbu natijalar “Orolbo‘yi hududidagi bolalarda nafas tizimi kasalliklarining klinik-immunologik, funksional xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanomasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspert kengashining 2023 yil 30 oktyabrdagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan. Xorazm viloyati BKTTMarkazi 11.11.2023 yildagi 151-I-sonli buyrug‘i hamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 11.11.2023 yildagi 22-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 15.07.2024 yildagi 03/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik shkalalarni (PIS, RDAI, SShO) qo‘llash erta yoshli bolalarda nafas tizimi kasalliklariga funksional baho berish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: klinik shkalalar (PIS, RDAI, SShO) ko‘rsatkichlariga qarab, kasallikda qo‘llaniladigan instrumental tekshirishlarga sarflangan mablag‘ni tejashga yordam beradi: 1 ta bolada spirometr yordamida tekshirish o‘rtacha 100000 so‘mni, 168 bolaga 16800000 so‘mni, 1 kunlik davolash 80000 so‘mni, 168 nafar bolaga 13440000 so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, nafas tizimi kasalliklariga chalingan bolalarda klinik shkalalardan (PIS, RDAI, SShO) foydalanish 30440000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan. Xulosa: nafas tizimi kasalliklari bor bir nafar bolaga klinik shkalalardan (PIS, RDAI, SShO) foydalanish 180000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.