Abdusamatova Rushtiya Anvar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qarilik makulyar degeneratsiyasi bilan kasallangan bemorlarda kataraktaning jarroxlik davolash samaradorligini kompleks baxolash» 14.00.08 – Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tib2429.
Ilmiy rahbar: Yusupov Azamat Farxadovich, tibbiyot fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ihtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Astaxov Sergey Yur`ievich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Zoxidov Ulug‘bek Bositovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: RF SSV FDBTM Ufa ko‘z kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
II.    Tadqiqotning maqsadi: sariq filtrli intraokulyar linza (IOL) implantatsiyasi bilan katarakta jarroxligidan so‘ng quruq qarilik makulyar degeneratsiyasini (QMD) kompleks davolash samaradorligini klinik va funksional baholashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 makuladagi morfofunksional va elektrofiziologik o‘zgarishlar holatini dinamik kuzatish ma’lumotlariga asoslanib, QMD ning quruq shaklining rivojlanishida 440-500 nm to‘lqin uzunlikga ega ko‘k nurning roli isbotlangan;
QMDda ko‘k nurni bloklaydigan sariq filtrli IOLni implantatsiya qilish makulaning biopotensial ko‘rsatkichlarini yanada ijobiy dinamikasini ta’minlashi isbotlangan;
NEI VFQ-25 so‘rovnomasidan foydalangan holda so‘rov ma’lumotlariga asoslanib, ko‘k nurni bloklaydigan sariq filtrli IOL implantatsiyasi skotopik ko‘rish va sirkad ritmlarning buzilishi bilan bog‘liq nojo‘ya ta’sirlarning rivojlanishiga olib kelmasligi isbotlangan;
3-toifali quruq QMD ni kompleks davolashda past intensiv lazer terapiyasidan foydalanish makulaning morfometrik, funksional va elektrofiziologik ko‘rsatkichlarining regressiyasini kamaytirish nuqtai nazaridan samarali ekanligi isbotlangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qarilik makulyar degeneratsiyasi bilan kasallangan bemorlarda kataraktaning jarroxlik davolash samaradorligini kompleks baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: makuladagi morfofunksional va elektrofiziologik o‘zgarishlar holatini dinamik kuzatish asosida QMD ning quruq shaklining rivojlanishida ko‘rinadigan ko‘k nurning roli isbotlangan. Ushbu natijalar " Qarilik makulyar degeneratsiyali bemorlarda, katarakta fakoemulsifikatsiyasidan so‘ng sariq filtrli ko‘z ichi linzalarining qo‘llanilishi" uslubiy tavsiyalariga kiritilgan (RIKMIATM Ekspertlar  kengashi tomonidan 2023 yil 15 martda №n-r\5-son bilan tasdiqlangan) va " Qarilik makulyar degeneratsiyali bemorlarda, sariq filtrli ko‘z ichi linzalarining implantatsiyasida uzoq muddatli natijalarni baxolash " (RIKMIATM Ekspertlar  kengashi tomonidan 2023 yil 27noyabr №n-r\9-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikni joriy etish: amaliy sog‘liqni saqlashga, jumladan, RIKMIATM Buxoro filiali (2024 yil 27 sentyabrdagi 51-son buyrug‘i)va Termiz filialida (2024 yil 27 fevraldagi 9/1-son buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: ular katarakta jarrohligidan keyingi bemorlarning hayot sifatini baholashga qaratilgan tadqiqotni tavsiflaydi, uning natijalari QMD profilaktikasi nuqtai nazaridan sariq filtrli IOL implantatsiyasining samaradorligini isbotlaydi, bu esa, o‘z navbatida, odamlarning jamiyatdagi mehnat qobiliyati va faolligini cheklashga olib keladigan patologiya xisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: QMD rivojlanishida ko‘rinadigan yorug‘likning isbotlangan roli sariq filtrli IOLlardan foydalanishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini isbotlaydi, bu katarakta jarrohligi uchun xarajatlarning 35% ga oshishi bilan bog‘liq rangsiz IOLlardan foydalanishga nisbatan. Xulosa: makuladagi morfofunksional va elektrofiziologik o‘zgarishlarni uzoq muddatli kuzatish asosida QMD ning quruq shaklining rivojlanishida ko‘rinadigan ko‘k nurning roli tasdiqlandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: QMDda ko‘k nurni bloklaydigan sariq filtrli IOLni implantatsiya qilish makulaning biopotensial ko‘rsatkichlarini yanada ijobiy dinamikasini ta’minlashga imkon berishi isbotlangan. Ushbu natijalar "Qarilik makulyar degeneratsiyali bemorlarda, katarakta fakoemulsifikatsiyasidan so‘ng sariq filtrli ko‘z ichi linzalarining qo‘llanilishi " uslubiy tavsiyalariga kiritilgan (RIKMIATM Ekspertlar  kengashi tomonidan 2023 yil 15 martda №n-r\5-sonbilan tasdiqlangan) va "Qarilik makulyar degeneratsiyali bemorlarda, sariq filtrli ko‘z ichi linzalarining implantatsiyasida uzoq muddatli natijalarni baxolash" (RIKMIATM Ekspertlar  kengashi tomonidan 2023 yil 27noyabr №n-r\9-son bilan tasdiqlangan).  Ilmiy yangilikni joriy etish: amaliy sog‘liqni saqlashga, jumladan, RIKMIATM Buxoro filiali (2024 yil 27 sentyabrdagi 51-son buyrug‘i) va Termiz filialida (2024 yil 27 fevraldagi 9/1-son buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: QMD bilan og‘rigan bemorlarda elektrofiziologik ERG ko‘rsatkichlarini barqarorlashtirish ularning ko‘rish funksiyasini saqlab qolish va shunga mos ravishda hayot sifati ko‘rsatkichlarini saqlash bilan bog‘liq. Iqtisodiy samaradorligi: sariq filtrli IOLni implantatsiya qilish bemorga o‘rtacha 3200000 so‘mga tushadi. Ushbu turdagi IOL OKTda morfometrik parametrlarni barqarorlashtirishga yordam beradi, qarilik makulyar degeneratsiyasi (QMD) rivojlanish xavfini kamaytiradi. Buning yordamida bemor kasallikning og‘irligiga qarab 5000000 so‘mdan 12000000 so‘mgacha bo‘lgan kasallikning yanada rivojlangan bosqichlarini davolash uchun mumkin bo‘lgan xarajatlardan qochib qutula oladi. Shuni ta’kidlash kerakki, vizual funksiyalarni to‘liq tiklash ehtimoli juda past bo‘lib qolmoqda. Xulosa: Sariq filtrli IOL implantatsiyasi a- va b-to‘lqinlarining boshlang‘ich amplitudasi va kechikishini saqlab qolishga yordam berishi aniqlandi (24 oy davomida amplituda va kechikishning boshlang‘ich ko‘rsatkichining 10% ga kamayishi), UF nurini blokirovka qiluvchi rangsiz IOL implantatsiya qilingan ko‘zlardagi dinamikada o‘xshash ko‘rsatkichlarga nisbatan MERG bo‘yicha (24 oy davomida kuzatuvning dastlabki qiymatidan amplituda va kechikish uzayishining 10% dan ko‘proq pasayishi) kuzatildi.
uchinchi ilmiy yangilik: NEI VFQ-25 so‘rovnomasidan foydalangan holda so‘rov ma’lumotlariga asoslanib, ko‘k nurni bloklaydigan sariq filtrli IOL implantatsiyasi skotopik ko‘rish va sirkad ritmlarning buzilishi bilan bog‘liq nojo‘ya ta’sirlarning rivojlanishiga olib kelmasligi isbotlangan. Ushbu natijalar "Qarilik makulyar degeneratsiyali bemorlarda, katarakta fakoemulsifikatsiyasidan so‘ng sariq filtrli ko‘z ichi linzalarining qo‘llanilishi" uslubiy tavsiyalariga kiritilgan      (RIKMIATM Ekspertlar  kengashi tomonidan 2023 yil 15 martda №n-r\5-sonbilan tasdiqlangan) va "Qarilik makulyar degeneratsiyali bemorlarda, sariq filtrli ko’z ichi linzalarining implantatsiyasida uzoq muddatli natijalarni baxolash" (RIKMIATM Ekspertlar  kengashi tomonidan 2023 yil 27 noyabr №n-r\9-son bilan tasdiqlangan).  Ilmiy yangilikni joriy etish: amaliy sog‘liqni saqlashga, jumladan, RIKMIATM Buxoro filiali (2024 yil 27 sentyabrdagi 51-son buyrug‘i)va Termiz filialida (2024 yil 27 fevraldagi 9/1-son buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu ko‘rsatkichlarni bilish bemorlarning hayot sifatini pasayishining oldini olishga imkon beradi, bu qorong‘uda ko‘rishning yomonlashishi va  sirkad ritmlarning o‘zgarishlar natijasida uyqu buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: sariq filtrli IOLni implantatsiya qilish sirkad ritmlarning o‘zgarishiga olib kelmasligi isbotlangan, bu esa bemorlarga uyqusizlikni davolash uchun keraksiz xarajatlarni talab qilishi mumkin, bu taxminan 2800000-3400000 turadi. Xulosa: olingan ma’lumotlar, sariq filtrli IOLlarni implantatsiya qilishning xavfsizligi va sezilarli nojo‘ya ta’sirlarning yo‘qligini isbotlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik 3 toifali  QMD ni kompleks davolashda past intensivlikdagi lazer terapiyasidan foydalanish makulaning morfometrik, funksional va elektrofiziologik ko‘rsatkichlarining regressiyasini kamaytirish nuqtai nazaridan samarali ekanligi isbotlangan. Ushbu natijalar "Qarilik makulyar degeneratsiyali bemorlarda, katarakta fakoemulsifikatsiyasidan so‘ng sariq filtrli ko‘z ichi linzalarining qo‘llanilishi" uslubiy tavsiyalariga kiritilgan (RIKMIATM Ekspertlar  kengashi tomonidan 2023 yil 15 martda №n-r\5-sonbilan tasdiqlangan) va "Qarilik makulyar degeneratsiyali bemorlarda, sariq filtrli ko‘z ichi linzalarining implantatsiyasida uzoq muddatli natijalarni baxolash" (RIKMIATM Ekspertlar  kengashi tomonidan 2023 yil 27 noyabr №n-r\9-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikni joriy etish: amaliy sog‘liqni saqlashga, jumladan, RIKMIATM Buxoro filiali (2024 yil 27 sentyabrdagi 51-son buyrug‘i) va Termiz filialida (2024 yil 27 fevraldagi 9/1-son buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu ko‘rsatkichlarni bilish bemorlarning hayot sifatini pasayishining oldini olishga imkon beradi, bu qorong‘uda ko‘rishning yomonlashishi va sirkad ritmlarning o‘zgarishlar natijasida uyqu buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: MAKDEL-08 SPECKL apparati yordamida kam intensiv lazer terapiyasi kursi 3000000-3 600000 so‘mni tashkil qiladi. Shu bilan birga, ushbu davolash morfometrik OKT parametrlarini barqarorlashtirishga, QMD rivojlanishini minimallashtirishga imkon beradi, bu esa bemorning kasallikning og‘irligiga qarab 5000000 dan 12000000 gacha bo‘lgan kasallikning ilg‘or bosqichlarini davolash uchun potensial xarajatlarini oldini olishga yordam beradi.  Xulosa: MAKDEL-08 SPEKL qurilmasi yordamida kataraktani past intensiv lazer terapiyasi bilan jarrohlik yo‘li bilan davolashdan so‘ng, 3-toifali QMD quruq shaklini davolash makula sohasining morfometrik, funksional va elektrofiziologik ko‘rsatkichlarini barqarorlashtirishga imkon berishi isbotlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish