Shodieva Xurshida Tuxtasinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p homilali homiladorlik bilan homiladorlarni olib borishning patogenetik asoslangan dasturini ishlab chiqish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.1.DSc/Tib506.
Ilmiy maslahatchi: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Jaxongir Jamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kostyukov Kirill Vital`evich, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya); Musaxodjaeva Dilorom Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Novosibirsk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Taqikotning maqsadi: ko‘phomilali homilador ayollarni boshqarish dasturini aniqlash uchun asoratlar rivojlanishining klinik va patogenetik xususiyatlarini o‘rganish va bashorat qilish mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘phomilali xomiladorlikda akusherlik va perinatal asoratlar xoriallik turiga bog‘liqligi va 70% ayollarda homiladorlik, tug‘ruq jarayoni, akusherlik va perinatal asoratlar bilan kechishi aniqlangan, monoxorial xomiladorlik turda yo‘ldosh maydonining nomuvofiqligi, platsenta tomirlari anastamozining shakllanishi, feto-fetal sindromi kabi asoratlarning, dixorial egizakli xomiladorlik turiga nisbatan 4 barobar ko‘p uchrashi isbotlangan;
ko‘pxomilali homiladorlikda homilalar o‘sishining diskordantligi, xoriallik turi va xomiladorlik paritetiga (monoxorial egizaklarda 62,7%, dixorialda 18,8%) bog‘liqligi aniqlangan, xomila o‘sishi diskordantligi monitoringi asosida ishonchli monitoring o‘tkazish muddati(26-28 haftalik) aniqlab berilgan va akusherlik, perinatal asoratlarning aynan shu davrda rivojlanishi uchinchi qon aylanish doirasining tuliq shakillanishi, yurak-qon tomirlar va nafas tizimlarida funksional yuklanmaning oshishi bilan isbotlangan;
ko‘phomilali homiladorlarda dinamik fetometriyani 26-28 haftalik muddatdan boshlab (monoxorial egizaklarda xar 2 xaftada, dixoriallarda xar 4 xaftada) o‘tkazilishi va dopplerometrik bachadon-xomila-platsenta qon oqimi ko‘rsatkichlarini baholash (bachadon IR-0,59±0,68, kindik IR-0,76±0,70, homila miya o‘rta arteriyasida IR-0,66±0,020) asosida, xomilada ilk davrda patologik o‘zgarishlarning rivojlanishini aniqlash va individual xar bir xomiladorda tug‘ruqni olib borish usulini belgilash imkoniyatining yaratilganligi isbotlangan;
ko‘phomilali homiladorlarda (morfometrik, morfologik, elektron-mikroskopik) yo‘ldosh maydonining nomuvofiqligi, vorsinalar stromasining hajmi va maydonining kichrayishi, vaskulyarizatsiyaning pasayishi, ona-homila fibrinoidlarining hajmini (31,4%) ortishining aniqlanishi, kindik tizimchasining birikishi (paratsentral-42%, marginal-37,4%, qobiqli-20,6%) patologiyasini rivojlanishi natijasida gestatsion davr va xomila rivojlanishining buzilishi isbotlangan;
ko‘phomilali homiladorlikda endotelial disfunksiya va tizimli yallig‘lanishning rivojlanishi, xoriallik turiga bog‘liqligi (monoxorial egizaklarda PIGF miqdorining 1,5 baravar pasayishi va sFlt-1, sFlt-1/PlGF nisbatining 2 barobar oshishi) va ko‘pxomilali xomiladorlarda urogenital tizimining ifisirlanish darajasining ortishi sitokinlar disbalansi IL-8 ning 5 baravar oshishi bilan isbotlangan;
endotelial disfunksiya, qondagi sitokinlar disbalansi va akusherlik va perinatal asoratlar orasidagi korrelyasion bog‘liqlik, preeklampsiyaning (PIGF tarkibining 175 pg/ml ga pasayishi, sFlt-1 - 2983 pg/ml va sFlt-1/PlGF nisbatining 19,4 ga oshishi) rivojlanishi va bakterial endotoksinalr ta’sirida yallig‘lanish mediatori IL-8ning 53,8 pg/ml ortishi, muddatidan oldingi tug‘ruqning erta aniqlash markerlari bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan;
ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan ko‘phomilali homilador ayollarni platsentatsiya turiga bog‘liq holda olib borish algoritmini qo‘llash asosida ko‘phomilali ayollarda akusherlik (erta tug‘ruq, preeklamspiya, akusherlikda qon ketish) asoratlari chastotasining 4 barobar, perinatal asoratlarning (diskordantlik, xomila antenatal o‘limi) va bolalar nogironligining 2 barobar kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘phomilali (KH) homilador ayollarni boshqarish dasturini aniqlash uchun asoratlar rivojlanishining klinik va patogenetik xususiyatlarini o‘rganish, ularni bashorat qilish mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ko‘phomilali xomiladorlikda akusherlik va perinatal asoratlar xoriallik turiga bog‘liqligi va 70% ayollarda homiladorlik, tug‘ruq jarayoni, akusherlik va perinatal asoratlar bilan kechishi aniqlangan, monoxorial xomiladorlik turda yo‘ldosh maydonining nomuvofiqligi, platsenta tomirlari anastamozining shakllanishi, feto-fetal sindromi kabi asoratlarning, dixorial egizakli xomiladorlik turiga nisbatan 4 barobar ko‘p uchrashi isbotlangan. Ushbu natijalar "Tug‘ruqdan keyingi qon ketishining oldini olishga yondashuvlarni takomillashtirish" va "Ko‘phomilali homilador ayollarda homilaning dissotsiatsiyalangan o‘sishidagi perinatal natijalar" nomli uslubiy tavsiyalariga kiritilgan va 7.02.2024 yilda 09-13487-sonli TTA Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ilmiy innovatsiya Toshkent shahar 6-tug‘ruq majmuasining 28.02.2024 yildagi 1-son buyrug‘i, Toshkent shahar 5-tug‘ruq majmuasining 02.12.2024 yildagi 63-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.08.2024 yildagi 2-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: KHli homiladorlikda asoratlarni o‘z vaqtida tashxislash va oldini olish shifokorga xavf omillarini aniqlash va kerakli tekshiruvni o‘tkazish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: xavf omillarni aniqlash, o‘z vaqtida tashxis ko‘yish va asoratlarning oldini olish: 30 ta KH homilador ayollarni shifoxonada davolanish 55200000 sumni tashkil qilgan (1 kunga 230000 so‘m, 8 kun 1840000 sum), bu esa 55200000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan. Xulosa: asoratlar xavfi bo‘lgan KH homilador ayollarda davolash va profilaktika tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi asoratlar xavfini kamaytirdi va har bir homilador ayolga 1840000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ko‘pxomilali homiladorlikda homilalar o‘sishining diskordantligi, xoriallik turi va xomiladorlik paritetiga (monoxorial egizaklarda 62,7%, dixorialda 18,8%) bog‘liqligi aniqlangan, xomila o‘sishi diskordantligi monitoringi asosida ishonchli monitoring o‘tkazish muddati(26-28 haftalik) aniqlab berilgan va akusherlik, perinatal asoratlarning aynan shu davrda rivojlanishi uchinchi qon aylanish doirasining tuliq shakillanishi, yurak-qon tomirlar va nafas tizimlarida funksional yuklanmaning oshishi bilan isbotlangan. Ushbu natijalar "Tug‘ruqdan keyingi qon ketishining oldini olishga yondashuvlarni takomillashtirish" va "Ko‘phomilali homilador ayollarda homilaning dissotsiatsiyalangan o‘sishidagi perinatal natijalar" nomli uslubiy tavsiyalariga kiritilgan va 7.02.2024 yilda 09-13487-sonli TTA Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ilmiy innovatsiya Toshkent shahar 6-tug‘ruq majmuasining 28.02.2024 yildagi 1-son buyrug‘i, Toshkent shahar 5-tug‘ruq majmuasining 02.12.2024 yildagi 63-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.08.2024 yildagi 2-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari erta bosqichda homila o‘sishining diskordantligini aniqlashga, salbiy sabablarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni aniqlashga, shu bilan homila rivojlanishining kechikishining oldini olishga va perinatal asoratlarni kamaytirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tashxis qo‘yish uchun 20 haftadan so‘ng homilaning o‘sishi dinamik monitoringi: monoxorionik (MX) egizaklar uchun UTT har 2 haftada, dixorionik (DX) egizaklar uchun har 4 haftada tavsiya qilingan: KH 30 ta MX egizaklari bo‘lgan homilador ayollar uchun UTT monitoringi 13650000 sumni (1 bemorga 65000 so‘m 7 marta 455000 sum), DX egizaklar uchun 9750000 sumni (1 bemorga 65000 so‘m 5 marta 325000 sumni) tashkil qilgan, bu esa 3900000 va 5850000 so‘m mablag‘larni tejash imkonini bergan. Xulosa: homilaning diskordant o‘sishini o‘z vaqtida tashxislash bo‘yicha olingan natijalarni amaliyotga joriy etish 1 bemorga MX egizaklarda 130000 so‘m, DX egizaklarda 168000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: ko‘phomilali homiladorlarda dinamik fetometriyani 26-28 haftalik muddatdan boshlab (monoxorial egizaklarda xar 2 xaftada, dixoriallarda xar 4 xaftada) o‘tkazilishi va dopplerometrik bachadon-xomila-platsenta qon oqimi ko‘rsatkichlarini baholash (bachadon IR-0,59±0,68, kindik IR-0,76±0,70, homila miya o‘rta arteriyasida IR-0,66±0,020) asosida, xomilada ilk davrda patologik o‘zgarishlarning rivojlanishini aniqlash va individual xar bir xomiladorda tug‘ruqni olib borish usulini belgilash imkoniyatining yaratilganligi isbotlangan. Ushbu natijalar 7.02.2024 yilda 09-13487-sonli TTA Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan "Tug‘ruqdan keyingi qon ketishining oldini olishga yondashuvlarni takomillashtirish" va "Ko‘phomilali homilador ayollarda homilaning dissotsiatsiyalangan o‘sishidagi perinatal natijalar" uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Ilmiy innovatsiya 28.02.2024 yildagi Toshkent shahridagi 5-sonli va 6-sonli tug‘ruq majmualarining 12.02.2024 yildagi 63-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.08.2024 yildagi 2-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: dopplerometrik tadqiqotlar yordamida platsentatsiya turiga qarab KHli homiladorlarga xos bo‘lgan asoratlarni tashxislashda kompleks yondashuvni joriy etish perinatal asoratlarni kamaytirishni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: tashxis qo‘yish uchun 22-24 haftadan so‘ng homilaning dopplerometrik monitoringi MX egizaklar uchun har 2 haftada, DX egizaklar uchun 32 haftadan so‘ng har 4 haftada tavsiya qilingan: KH 30 ta MX egizaklari bo‘lgan homilador ayollar uchun 13650000 sumni (1 bemorga 65000 so‘m 7 marta 455000 sum), DX egizaklar uchun 5850000 sumni (1 bemorga 65000 so‘m 3 marta 260000 sumni) tashkil qilgan, bu esa 3900000 va 7800000 so‘m mablag‘larni tejash imkonini bergan. Xulosa: bachadon-xomila-platsenta qon oqimini o‘z vaqtida baholash va homilada asoratlar rivojlanishini erta tashxislash bo‘yicha olingan natijalarni amaliyotga joriy etish 1 bemorga MX egizaklarda 130000 so‘m, DX egizaklarda 260000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ko‘phomilali homiladorlarda (morfometrik, morfologik, elektron-mikroskopik) yo‘ldosh maydonining nomuvofiqligi, vorsinalar stromasining hajmi va maydonining kichrayishi, vaskulyarizatsiyaning pasayishi, ona-homila fibrinoidlarining hajmini (31,4%) ortishining aniqlanishi, kindik tizimchasining birikishi (paratsentral-42%, marginal-37,4%, qobiqli-20,6%) patologiyasini rivojlanishi natijasida gestatsion davr va xomila rivojlanishining buzilishi isbotlangan. Ushbu natijalar 7.02.2024 yilda 09-13487-sonli TTA Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan "Tug‘ruqdan keyingi qon ketishining oldini olishga yondashuvlarni takomillashtirish" va "Ko‘phomilali homilador ayollarda homilaning dissotsiatsiyalangan o‘sishidagi perinatal natijalar" uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Toshkent shahar 28.02.2024 yildagi 6-tug‘ruq majmuasining 1-son buyrug‘i, Toshkent shahar 5-tug‘ruq majmuasining 02.12.2024 yildagi 63-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.08.2024 yildagi 2-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavf omillari va asoratlarni hisobga olgan holda o‘z vaqtida oldini olish va patogenetik davolash homiladorlik va tug‘ish asoratlari, shu jumladan preeklampsiya, muddatdan oldingi tug‘ruq va perinatal assoratlarni rivojlanishining oldini olishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan medikamentoz profilaktika (folat kislotasi, kalsiy, aspirin, progesteron, temir preparatlari) va asoratlarni erta aniqlash: 30 ta KH homilador ayollar uchun shifoxonada davolanish 55200000 sumni tashkil qilgan (1 kunga 230000 so‘m, 8 kunli xarajati 1840000 sum), bu esa 55200000 mablaglarni tejash imkonini bergan. Xulosa: 1 nafar bemor hisobidan homiladorlik davridagi asoratlar rivojlanishining asosiy xavf omillarini erta aniqlash 1840000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: ko‘phomilali homiladorlikda endotelial disfunksiya va tizimli yallig‘lanishning rivojlanishi, xoriallik turiga bog‘liqligi (monoxorial egizaklarda PIGF miqdorining 1,5 baravar pasayishi va sFlt-1, sFlt-1/PlGF nisbatining 2 barobar oshishi) va ko‘pxomilali xomiladorlarda urogenital tizimining ifisirlanish darajasining ortishi sitokinlar disbalansi IL-8 ning 5 baravar oshishi bilan isbotlangan. Natijalar "Tug‘ruqdan keyingi qon ketishining oldini olishga yondashuvlarni takomillashtirish" va "Ko‘phomilali homilador ayollarda homilaning dissotsiatsiyalangan o‘sishidagi perinatal natijalar" nomli uslubiy tavsiyalariga kiritilgan va 7.02.2024 yilda 09-13487-sonli TTA Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ilmiy innovatsiyalar Toshkent shahar 6-tug‘ruq majmuasining 28.02.2024 yildagi 1-son buyrug‘i va Toshkent shahar 5-tug‘ruq majmuasining 02.12.2024 yildagi 63-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.08.2024 yildagi 2-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: endotelial disfunksiya va tizimli yallig‘lanish reaksiyasi belgilarini aniqlash orqali xavf omillarini o‘z vaqtida tashxislash akusherlik va perinatal asoratlarni kamaytirish uchun KHli homiladorlarni boshqarish taktikasini patogenetik jihatdan asoslash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: sFlt-1, PlGF, IL-8 markerlarini aniqlash qiymati 360000 so‘m (1 ta marker 120000 so‘m), KH homiladorlikni asoratlarini shifoxonada davolash uchun 30 ta bemorga 55200000 so‘m tashkil qilgan (1 kunga 230000 so‘m 8 kun 1840000 so‘m), bu esa 44400000 so‘m mablag‘larni tejash imkonini bergan. Xulosa: KH homiladorlikda endotelial markerlar va sitokinlarni aniqlash, o‘z vaqtida asoratlarni prognozlash, shifoxonaga yotqizish sonini kamaytiradi va 1 nafar bemorga 1480000 so‘m byudjet mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan;
oltinchi ilmiy yangilik: endotelial disfunksiya, qondagi sitokinlar disbalansi va akusherlik va perinatal asoratlar orasidagi korrelyasion bog‘liqlik, preeklampsiyaning (PIGF tarkibining 175 pg/ml ga pasayishi, sFlt-1 - 2983 pg/ml va sFlt-1/PlGF nisbatining 19,4 ga oshishi) rivojlanishi va bakterial endotoksinalr ta’sirida yallig‘lanish mediatori IL-8ning 53,8 pg/ml ortishi, muddatidan oldingi tug‘ruqning erta aniqlash markerlari bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan. Natijalar "Tug‘ruqdan keyingi qon ketishining oldini olishga yondashuvlarni takomillashtirish" va "Ko‘phomilali homilador ayollarda homilaning dissotsiatsiyalangan o‘sishidagi perinatal natijalar" nomli uslubiy tavsiyalariga kiritilgan va 7.02.2024 yilda 09-13487-sonli TTA Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Yangilik Toshkent shahridagi 5-son va 6-sonli tug‘ruq majmualarining 12.02.2024 yildagi 63-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.08.2024 yildagi 2-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yallig‘lanish sitokinlari va endotelial disfunksiyaning markerlarini aniqlash orqali homila o‘sishini orqada qolishi, og‘ir preeklampsiya, muddatdan oldingi tug‘ruq va boshqa asoratlarining rivojlanishi prognozlash onalar va perinatal o‘limni kamaytirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: sFlt-1, PlGF, IL-8 markerlarini aniqlash qiymati taxminan 360000 so‘m (1 ta marker 120000 so‘m), KH homiladorlikni asoratlarini davolash uchun kasalxonaga yotqizish zarur bo‘ladi va xarajatlar 30 ta bemorga 55200000 so‘m tashkil qiladi (1 kunga 230000 so‘m 8 kun 1840000 so‘m), bu esa 44400000 so‘m mablag‘larni tejash imkonini bergan. Xulosa: KH homiladorlikda endotelial markerlar va sitokinlarni aniqlash o‘z vaqtida asoratlarni prognozlash, erta tashxis ko‘yish va davolash 1 nafar bemorga 1480000 so‘m byudjet mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan;
ettinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan ko‘phomilali homilador ayollarni platsentatsiya turiga bog‘liq holda olib borish algoritmini qo‘llash asosida ko‘phomilali ayollarda akusherlik (erta tug‘ruq, preeklamspiya, akusherlikda qon ketish) asoratlari chastotasining 4 barobar, perinatal asoratlarning (diskordantlik, xomila antenatal o‘limi) va bolalar nogironligining 2 barobar kamayishi isbotlangan. Ushbu natijalar 7.02.2024yilda 09-13487-sonli TTA Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan "Tug‘ruqdan keyingi qon ketishining oldini olishga yondashuvlarni takomillashtirish" va "Ko‘phomilali homilador ayollarda homilaning dissotsiatsiyalangan o‘sishidagi perinatal natijalar" uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Ilmiy innovatsiyalar Toshkent shahar 6-tug‘ruq majmuasining 28.02.2024 yildagi 1-son buyrug‘i bilan, Toshkent shahar 5-tug‘ruq majmuasining 02.12.2024 yildagi 63-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.08.2024 yildagi 2-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: KH homilador ayollarni olib borish dasturi individuallashtirilgan bo‘lib, platsentatsi turiga, akusherlik, perinatal asoratlarning mavjudligiga bog‘liq. KHli homilador ayollarni boshqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan va joriy etilgan algoritm akusherlik asoratlarini 4 barobarga, perinatal asoratlarni va bolalik nogironligini esa 2 barobarga kamaytirishni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: KH homiladorlarni boshqarish uchun individuallashtirilgan dastur o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va asoratlarni oldini olishga qaratilgan bo‘lib, bu kasalxonaga yotqizish va keyingi davolanish xarajatlarini kamaytirdi: 30 ta KHli homilador ayollarni shifoxonada davolanish 55200000 sumni tashkil qilgan (1 kunga 230000 so‘m, 8 kun 1840000 sum), bu esa 55200000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan. Xulosa: asoratlar rivojlanishining xavf omillari bo‘lgan ko‘pxomilali homilador ayollarda davolash va profilaktika tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi asoratlar xavfini kamaytirdi va har bir homilador ayolga 1840000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.