Ochildiev Bobur Botirovichning
falsafadoktori(Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli iqlim sharoitlarda etishtirilgan pillalarni chuvishga tayyorlash usulini takomillashtirish” 05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyogadastlabki ishlov berish”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2023.1.PhD/T3494
Ilmiy rahbar: Islambekova Nigora Murtozaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Akmaljon Alisher o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turli iqlim sharoitlarda (janubiy va shimoliy hududlar misolida) etishtirilgan pillalarni texnologik xususiyatlarini o‘rganish asosida chuvishga tayyorlash usulini takomillashtirish, pilla xom ashyosidan samarali foydalanib sifatli xom ipak olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli iqlim sharoitlarini tut ipak qurti pillalarini uzluksiz chuvaluvchan uzunligi, xom ipak chiqishi, solishtirma sarfi va chuviluvchanligiga ta’siri yakka chuvish natijalari orqali asoslangan;
turli iqlim sharoitlarda etishtirilgan pillalarni chuvishga tayyorlash jarayoni, muqobil bug‘langanligini aniqlash asbobini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
turli iqlim sharoitlarda etishtirilgan pillalarni chuvishga tayyorlashni texnologik parametrlarini qiymatlari, pilla iplariga ta’sir qiluvchi kuchlarni, haroratni, serisin miqdori va uning aminokislotali tarkiblarini nazariy va amaliy tadqiqotlari asosida aniqlangan;
    turli iqlim sharoitlarda etishtirilgan pillalardan “3A” naviga mos xom ipak ishlab chiqarishdagi texnologik parametrlarining ratsional qiymatlari, bug‘lash vaqti va suvning haroratini rostlash orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Turli iqlim sharoitlarda etishtirilgan pillalarini chuvishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tavsiya etilgan takomillashtirilgan texnologiya Termiz shahrida joylashgan “SURXON IPAGI” MChJ hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan “Bo‘ston-Silk” MChJ korxonalarida joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2024 yil 19 martdagi 5-2/436-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turli iqlim sharoitlarda etishtirilgan Xitoy duragayi pillalarni chuvishga tayyorlash (bug‘lash, ichiga suv to‘ldirish) usulini takomillashtirish orqali, pilla pishirish davomiyligini nazorat qilish hamda amaldagi xom ipak standartining 3A naviga mos sifatli xom ipak ishlab chiqarishga, Surxondaryo viloyatida pillalarni chuvish jarayonidagi bir kg xom ipak ishlab chiqarish uchun ketadigan pilla xom ashyosining sarfi 15-18 % ga kamaytirilishiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida pillalarni chuvish jarayonidagi bir kg xom ipak ishlab chiqarish uchun ketadigan pilla xom ashyosining sarfi 15-18 % ga kamaytirilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish