Xamidova Dilafruz Umarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Poyabzal mahsulotlariga mo‘ljallangan trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3721.
Ilmiy rahbar: Xanxadjaeva Nilufar Rahimovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypilla Lolashbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Qoraboev Sherzod Ahmadjonovich, DSc, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashina imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda poyabzal maxsulotlariga mo‘ljallangan trikotaj to‘qimalarining yangi tuzilishlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poyabzal mahsulotlariga mo‘ljallangan ajur samarali ikki qavatli rel’efli trikotaj to‘qimasida rapportga mos ravishda tanlangan ignalarda halqalarni ko‘chirish natijasida poyabzalbop to‘qimaning yangi tuzilishi ikki ignadonli yassi fang trikotaj mashinalarida yaratilgan;  
hajm zichligi ortishi bilan uzilish kuchi va uzilishdagi cho‘zilish orasida bog‘liqlik chiziqli bo‘lmagan xarakterga ega bo‘lishi va halqa ipi uzunligi keskin ortishi trikotaj halqasining geometrik o‘lchami asosida aniqlangan;
havo o‘tkazuvchanlik, suv shimuvchanlik ko‘rsatkichlarining hajm zichligiga chiziqli bog‘liqliklari aniqlangan va matematik statistik tahlillar asosida uni ifodalovchi bog‘lanishlar trikotajning fizik-mexanik xususiyatlariga asosan keltirib chiqarilgan;
murakkab naqshli to‘qimalarning hajm zichligini o‘zgartirish asosida xomashyo sarfini kamaytirishga erishilgan poyabzalbop trikotaj  texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Trikotaj mashinalarida yangi tuzilishdagi poyabzalbop naqshli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
poyabzal mahsulotlariga mo‘ljallangan ajur samarali ikki qavatli rel’efli trikotaj to‘qimasining yangi tuzilishiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi”ning ixtiroga patenti olingan (“Ajur samarasiga ega bo‘lgan ikki qavatli relefli trikotaj to‘qimasini olish ususli” №IAP 7634, 05.08.2024). Natijada trikotaj to‘qimasinining yangi assortimentlari kengayib, poyabzal ustki qismiga qo‘llash imkoniyati yaratilgan;
yangi poyabzalbop naqshli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi “RIVIERA Textile” MChJ, “TMT” MChJ korxonalarida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ma’lumotnomasi 03/25-1653, 05.07.2024y.). Natijada poyabzalbop naqshli trikotaj to‘qimasining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, xomashyo sarfini 10% gacha kamaytirishga erishilgan va mahalliy korxonalarda ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish