Nizomov Temurbek Isojon o‘g‘liga
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon
I.Umumiyma’lumotlar:
Ilmiy ish mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta xom ashyosini mayda iflosliklardan tozalash samarasini oshiradigan ishchi organlar konstruksiyasini takomillashtirish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Ilmiy ish mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4217
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy ish bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik insitituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasini qayishqoq elementli, egri qoziqchali barabanlari bo‘lgan konstruksiyasini ishlab chiqish, ishlash rejimlari va parametrlarini hisoblash usullarini takomillashtirish hisobiga tozalash samarasini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani mayda iflosliklardan tozalash samaradorligini oshirish imkonini beruvchi egri qoziqli amortizatorli takomillashtirilgan barabanlar konstruktsiyasi ishlab chiqilgan (IAP 07541);
paxta bo‘lagini baraban egri qoziqchalar sirtida harakatlanish qonunini ifodalovchi, paxta bo‘lagini siljish masofasi, qoziqchalar egrilik radiusi va qamrov burchagini aniqlashning hamda paxtani texnologik qarshiligini inobatga olib mashina agregati tizimi bo‘yicha dinamikasini ifodalovchi matematik modellar ishlab chiqilgan;
tozalagich egri qoziqli garniturasi va yurituvchi vali harakat qonunlarini asosida paxtani yuqori samarali titilishini ta’minlashda rezinaning bikrlik-dissipativ xususiyatlari va paxtani texnologik qarshiligini inobatga oluvchi takomillashtirilgan amortizator konstruktsiyasi ishlab chiqilgan;
tavsiya etilgan egri qoziqli amortizatorli barabanlari bo‘lgan tozalagich tajriba nusxasida barabanlar burchak tezliklarini va paxtadan kelayotgan texnologik qarshilikni yuklanishlarini o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash bo‘yicha elektrotenzometrik va takasyomniklar sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining qoziqchali baraban konstruksiyasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tarkibida egri qoziqchalari bo‘lgan tarkibli amortizatorli baraban konstruktruksiyasi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan «Art Soft Cluster Holding» MChJga qarashli Pop paxta tozalash korxonasi hamda «Vodiy Sanoat Faxri» MChJga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” uyushmasining 2023-yil 01-noyabrdagi 03/22-829-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxtani mayda iflosliklardan tozalash samaradorligi 7,3% ga oshirilishiga, paxta tolasining sifat ko‘rsatkichini 8,2% ga oshirilishiga erishilgan.