Kengboev Sirojiddin Abray o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tikuv jihozlari mokisining ishqalanishga bardoshliligini oshirish va parametrlarini asoslash” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4442
Ilmiy rahbar: Isaxanov Xamidullo Isaxanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muxandislik-texnalogiya inistituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qayumov Jo‘ramirza Abdirahmatovich t.f.d., professor., Oripov Jasurbek Ikromjon o‘g‘li, t.f.f.d., dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tikuv mashinalarining moki uyasining ishchi yuzasini ionli azotlash va bor qoplash orqali puxtalash, mustahkamligini oshirish bilan uning xizmat muddatini uzaytirishga va ish parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vakuum muhitida tikuv mashina mokisining ishchi yuzasini ion plazma texnolgiyasi bilan azotlash va bor qoplab puxtalash orqali mustahkamligini oshirishning hamda vibratsiya natijasida ishqalanish, matolardagi turli mayda zarrachalar evaziga ishchi yuza edirilish va korroziyaga bardoshliligining dinamik metodi tavsiya etilgan;
azotlash va bor qoplab puxtalash usuli yordamida mustaxkamligi, karroziyaga va eyilishga hamda deformatsiyaga qarshi chidamliligi oshirilgan termik puxtalangan tikuv mashinalari mokisi ishlab chiqilgan;
ion plazma texnolgiyasi bilan azotlash va bor qoplab puxtalash orqali mustahkamligi oshirilgan tikuv jihozlari mokisi ishchi yuzasini issiqlikka va mexanik yuklamalarga bardoshliligini oshiruvchi texnologik jarayonlarining matematik modeli termik ishlov berishning harorat ko‘tarilish balansining sxemasi asosida ishlab chiqilgan.
moki ishchi yuzasining mustaxkamligi, uning ishlash muddati va ish unumdorligi oshirish imkonini beruvchi moki va moki g‘altagiga kimyoviy - termik ishlov berishda issiqlik kuchlanishi va deformatsiyasining ratsional parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tikuv jihozlari mokisining ishchi yuzalarini ishqalanishga bardoshliligini oshirish va parametrlarini asoslash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
mustahkamiligini oshirilgan va parametrlari assolangan tikuv jihozlari mokisi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimlaridagi korxonalarda, xususan Shahrisabz shahri “SADO” MChJ korxonasining tikuv sexidagi tikuv mashinalariga joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2024-yil 21-oktyabrdagi №03/25-2813 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada tikuv jihozlari mokisining ishqalanishga bardoshliligini 30%ga, ekspluatatsiya davrini 2.5-3 barobarga oshirishga erishilgan.