Ochilov Xurshid Abdurashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Davlat fuqarolik xizmatchisining ma’naviy faolligini oshirish mexanizmlari, 09.00.07- Ma’naviyat tarixi va nazariyasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal926
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Qiyomiddin Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Sharipov Abduhakim Ziyoitdinovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika Maʼnaviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat boshqaruv tizimida jadal islohotlar kechayotgan jarayonda davlat fuqarolik xizmatchilarining ma’naviy faolligini oshirish mexanizmlarini ijtimoiy-falsafiy, konseptual va fundamental asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat va jamiyat boshqaruv tizimida faoliyat olib borayotgan davlat xizmatchilarining mehnat samaradorligini oshirishda “davlat fuqarolik xizmati”, “ma’naviy faollik”, “ma’naviy daraja”, “kasb etikasi” kabi tushunchalarning ijtimoiy ta’sirchanligi bilan bogʻliq mexanizmlarini takomillashtirish birlamchi omil ekanligi isbotlangan;
inson qadrini ulug‘lash, xalq ma’nfaatlarini ustun qo‘yish, adolatli jamiyat, tenglik va xurfikrlilikning ustuvorligi tamoyillari Yangi O‘zbekistonda – fuqarolik jamiyatini qurishning asosiy sharti boʻlib, bu borada davlat fuqarolik xizmatchisining ma’naviy faolligini oshirish mamlakatimizning har tomonlama rivojlanishi va yuksalishining mezoni ekanligi asoslab berilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisining halollik, to‘g‘rilik, rostgoʻylik, poklik kabi sharqona sifatlari va adolatlilik, mas’uliyatlilik singari fazilatlari milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanib jamiyat ma’naviy muhitining funksionnallashuvida oʻziga xos yetakchilik determinantlari ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda davlat fuqarolik xizmatchisi ma’naviy qiyofasini yaratishning zamonaviy usul-vositalarini ishlab chiqish va plyuralistik hamda ratsionalistikka asoslangan kasbiy madaniyatini rivojlantirish zaruriyati mantiqiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat va jamiyat boshqaruv tizimida faoliyat olib borayotgan davlat xizmatchilarining mehnat samaradorligini oshirishda “davlat fuqarolik xizmati”, “ma’naviy faollik”, “ma’naviy daraja”, “kasb etikasi” kabi tushunchalarning ijtimoiy ta’sirchanligi bilan bogʻliq mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturining “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” nomli III yo‘nalishida belgilangan “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusidagi 13-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 4-dekabrdagi 02-22/1341-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda “Marifatli jamiyat” barpo etishda davlat fuqarolik xizmatchilari kasbiy ma’naviyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
inson qadrini ulug‘lash, xalq ma’nfaatlarini ustun qo‘yish, adolatli jamiyat, tenglik va xurfikrlilikning ustuvorligi tamoyillari Yangi O‘zbekistonda – fuqarolik jamiyatini qurishning asosiy sharti boʻlib, bu borada davlat fuqarolik xizmatchisining ma’naviy faolligini oshirish mamlakatimizning har tamonlama rivojlanishi va yuksalishining mezoni ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida keltirilgan “I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari” nomli bandi ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2023-yil 21-dekabrdagi 02/02-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida partiya tizimidagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisining halollik, to‘g‘rilik, rostgoʻylik, poklik kabi sharqona sifatlari va adolatlilik, mas’uliyatlilik singari fazilatlari milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanib jamiyat ma’naviy muhitining funksionnallashuvida oʻziga xos yetakchilik determinantlari ochib berilganligiga oid ilmiy-amaliy taklif-tavsiyalardan Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 4-yanvardagi 2-13-21-15-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmatchilarining ma’naviy faolligini oshirish mexanizmlarini ijtimoiy-falsafiy tomonlarini tadqiq etishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda davlat fuqarolik xizmatchisi ma’naviy qiyofasini yaratishning zamonaviy usul-vositalarini ishlab chiqish va plyuralistik hamda ratsionalistikka asoslangan kasbiy madaniyatini rivojlantirish zaruriyatiga oid taklif-tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2023-2024-yillarda efirga uzatilgan “Islohotlar amalda”, “Kelajak bunyodkorlari”, “Inson qadri uchun” kabi ko‘rsatuvlarning dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 4-dekabrdagi 01-07/385-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilik ongida davlat fuqarolik xizmatchisi ma’naviy qiyofasini yaratishning zamonaviy usul-vositalari haqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.