Akbarov Raxmatillo Murtozali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ikkinchi jahon urushi yillarida matbuotda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy masalalarning yoritilishi (1941 – 1945-yillar, O‘zbek tilidagi gazetalar misolida)” 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari  (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tar752
Ilmiy rahbar: Madrahimov Zohidjon Sharofovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.-raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Shodmonova Sanobar Bozorbaevna, tarix fanlari doktori, professor; Xamraqulov Serobjon Solievich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistondagi ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy-siyosiy hayot sohadagi jarayonlarni o‘zbek matbuotida yoritilishini ochib berishdan iborat..
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek tilida nashr qilingan respublika, oblast va rayon gazetalari matbuot va arxiv materiallari asosida nomma-nom tasniflab berilgan;
Ikkinchi jahon urushi davri gazetalari hamda arxiv manbalari asosida urush yillarida mahalliy imkoniyatlardan foydalangan holda oziq-ovqat, dori-darmon, turli sanoat mahsulotlari, ishlab chiqarishdan qolgan chiqindilardan Qizil armiya va xalq xo‘jaligi uchun asbob-uskuna va har xil vositalar tayyorlangani “Qizil O‘zbekiston”, “Stalin haqiqati”, “Lenin yo‘li”, “Buxoro haqiqati”, “Xorazm haqiqati” nomli gazetalarda nashr etilgan ma’lumotlar asosida dalillangan;
Urush yillarida matbuot sahifalarida e’lon qilib borilgan she’rlar “ijtimoiy buyurtma” mahsuli sifatida aholini urushga safarbar etish, janglarda jasorat ko‘rsatish, mudofaa fondiga mablag‘ yig‘ish, harbiy zayomga yozilish, ko‘chirilgan aholiga, ayniqsa, bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, g‘allani ko‘paytirish, paxta rejasini oshirib bajarish va boshqa jarayonlarga faol jalb qilishga xizmat qilgani ochib berilgan;
Urush yillarida o‘zbek matbuotida chop etilgan tibbiyot sohasiga oid maqolalarni arxiv ma’lumotlari bilan solishtirish asosida mazkur davrda aholi orasida yuqumli kasalliklarning tarqalishi kuchaygani, o‘zbek matbuotining aholiga yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish borasida faol tarzda tibbiy bilimlar berib borgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikkinchi jahon urushi davri o‘zbek tilidagi gazetalardagi materiallar bo‘yicha tadqiqotlardan olingan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek tilida nashr qilingan respublika, oblast va rayon gazetalari matbuot va arxiv materiallari asosida nomma-nom tasniflab berilganligi hamda Ikkinchi jahon urushi davri gazetalari hamda arxiv manbalari asosida urush yillarida mahalliy imkoniyatlardan foydalangan holda oziq-ovqat, dori-darmon, turli sanoat mahsulotlari, ishlab chiqarishdan qolgan chiqindilardan Qizil armiya va xalq xo‘jaligi uchun asbob-uskuna va har xil vositalar tayyorlangani “Qizil O‘zbekiston”, “Stalin haqiqati”, “Lenin yo‘li”, “Buxoro haqiqati”, “Xorazm haqiqati” nomli gazetalarda nashr etilgan ma’lumotlar asosida dalillanganligi kabi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 – 2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 12-maydagi 178-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim qilingan materiallar yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yishda xizmat qilgan.
Urush yillarida matbuot sahifalarida e’lon qilib borilgan she’rlar “ijtimoiy buyurtma” mahsuli sifatida aholini urushga safarbar etish, janglarda jasorat ko‘rsatish, mudofaa fondiga mablag‘ yig‘ish, harbiy zayomga yozilish, ko‘chirilgan aholiga, ayniqsa, bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, g‘allani ko‘paytirish, paxta rejasini oshirib bajarish va boshqa jarayonlarga faol jalb qilishga xizmat qilganligi hamda urush yillarida o‘zbek matbuotida chop etilgan tibbiyot sohasiga oid maqolalarni arxiv ma’lumotlari bilan solishtirish asosida mazkur davrda aholi orasida yuqumli kasalliklarning tarqalishi kuchaygani, o‘zbek matbuotining aholiga yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish borasida faol tarzda tibbiy bilimlar berib borganligi  haqidagi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023-yil yanvar va may oylaridagi “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 8-maydagi O‘z/xv 23-31-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar Ikkinchi jahon urushi davrida fashizm ustidan qozonilgan buyuk g‘alabada O‘zbekiston xalqining qo‘shgan buyuk hissasini bugungi kundagi yosh avlodga etkazishga, bu orqali ularni vatanparvarlik, fidokorlik, jasorat kabi fazilatlarini yuksaltirishga, shu bilan birga o‘zbek xalqining shonli o‘tmishiga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish