Matnazarova Mohira Uktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Ko‘chmanchi chorvadorlarning hududiy joylashuvi va ularning hayot tarzi (Qadimgi Xorazm misolida), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar1316.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Utkir Ismailovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, t.f.d. (DSc), prof. Xolikulov Axmadjon Boymaxammatovich, Toshkent amaliy fanlar universiteti professori, tarix fanlari doktori, professor Egamberdieva Nigora Azadovna
 Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qadimgi Xorazm davlati va uning chegara hududlarida istiqomat qilgan ko‘chmanchi chorvadorlarning hududiy joylashuvi va ularning hayot tarzini yozma va arxeologik ma’lumotlar asosida tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasi atrofida yashagan ko‘chmanchi chorvadorlar Qadimgi Xorazm davlati bilan faol iqtisodiy-savdo aloqalarini olib borganligi va ularning turmush tarziga Qadimgi Xorazm aholisining ta’siri bo‘lganligi aniqlandi;
Amirobod va Quyisoy madaniyatini yaratgan aholining yozma manbalarda bayon qilingan massagetlar ekanligi, ularning turli qabilalardan tashkil topganligi, turli davrlarda turli nom bilan tarix sahnasiga chiqqanligi arxeologik tadqiqotlar asosida asoslandi;
mil. avv. IV asrdan boshlab ko‘chmanchi chorvadorlarning harakatlari jonlanganligi tufayli Qadimgi Xorazm davlatining chegaralari bo‘ylab mustahkam mudofaa tizimining barpo etilganligi aniqlandi;
ko‘chmanchi chorvadorlarning boshqaruv tizimi erkin konfederativ boshqaruv bo‘lganligi, hokimiyatni boshqaruv avloddan avlodga o‘tganligi va hokimiyatni boshqarishda erkaklar va ayollarning teng huquqli bo‘lganligi dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot Xorazm vohasi va uning atrofidagi ko‘chmanchi qabilalarning hududiy joylashuvi, hayot tarzi, yodgorliklarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
Xorazm vohasi atrofidagi ko‘chmanchi chorvadorlar Qadimgi Xorazm davlati bilan faol iqtisodiy-savdo aloqalarini olib borganligi va ularning turmush tarziga Qadimgi Xorazm aholisining ta’siri bo‘lganligi aniqlandi. Qo‘lga kiritilgan xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan 2024-yil fevral va avgust oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining 2024-yil 16-sentyabrdagi 04-36-1023-son ma’lumotnomasi). Natijada, ular teletomoshabinlarning Xorazm vohasi atrofidagi ko‘chmanchi chorvadorlarning turmush tarziga oid tasavvurlarini kengaytirishga imkon bergan;
Amirobod va Quyisoy madaniyatini yaratgan aholining yozma manbalarda bayon qilingan massagetlar ekanligi, ularning turli qabilalardan tashkil topganligi, turli davrlarda turli nom bilan tarix sahnasiga to‘g‘risidagi arxeologik tadqiqotlarga oid  ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan 2024-yil fevral va avgust oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining 2024-yil 16-sentyabrdagi 04-36-1023-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarni arxeologik tadqiqotlar natijalardan unumli foydalanish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida yaqindan tanishtirishga xizmat qilgan;
tadqiqot ishida mil. avv. IV asrdan boshlab ko‘chmanchi chorvadorlarning harakatlari jonlanganligi tufayli Qadimgi Xorazm davlatining chegaralari bo‘ylab mustahkam mudofaa tizimining barpo etilganligi aniqlangan bo‘lib xulosa va ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021-2022- yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 23-sentyabr 10/2026-sonli dalolatnomasi). Natijada, tadqiqot xulosalari va ilmiy yangiliklaridan loyiha doirasida ishlab chiqilgan monografiya mazmunini boyitishda foydalanilgan.
ko‘chmanchi chorvadorlarning boshqaruv tizimi erkin konfederativ boshqaruv bo‘lganligi, hokimiyatni boshqaruv avloddan avlodga o‘tganligi va hokimiyatni boshqarishda erkaklar va ayollar teng huquqli bo‘lganligining dalillanishi bilan bog‘liq xulosa va ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021 – 2022- yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 23-sentyabr 10/2026-sonli dalolatnomasi). Natijada,ular talabalarda ko‘chmanchi chorvadorlarning boshqaruv tizimi to‘g‘risidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish