Xasanova Nasiba Tolliboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: “Auditorlik tekshiruvlarida muhimlik darajasini aniqlash jarayonini takomillashtirish”.
Ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2613.
Ilmiy rahbar: Xajimuratov Nizomjon Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisod fanlari doktori, professor Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Mardonov Mamed Shavkatovich.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muxandislari instituti” – milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi auditorlik tekshiruvlarida muhimlik darajasini aniqlash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “auditorlik tekshiruvlarida muhimlik darajasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mijozlarning qaror qabul qilishida ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydigan muhim, tekshiruv ob’ektida mavjud bo‘lgan umumiy yoki alohida operatsiyalar, xatoliklar yoki ularning miqdoriy yig‘indisini “muhim” hamda “miqdoriga ko‘ra muhim” kabi shakllarga ajratish orqali takomillashtirilgan;
moliyaviy hisobotlar auditida muhimlik darajasini to‘g‘ri baholash maqsadida umumiy muhimlik (UM = 0,25 – 1,0), muhimlik chegarasi (0 ≤ MCh ≤ 1) ni aniqlash tartib-taomillarini kiritish orqali oqilona auditorlik fikrini shakllantirilishi va mijozlarning o‘tkazilgan audit natijasi bo‘yicha ishonchining oshishini ta’minlash asoslangan;
moliyaviy hisobotlar auditida muhimlik darajasini aniqlashni mijoz korxona faoliyati bilan dastlabki tanishuv jarayoni (DT) natijasida va to‘plangan ichki va tashqi dalillar asosida aniqlash ketma-ketligi orqali yakuniy bosqichda (YaB) muhimlik darajasini samarali baholash (SB MD = DT + YaB = DT + (ID + TD))ni ta’minlash asoslangan;
moliyaviy hisobotlarda kutilayotgan buzib ko‘rsatishlarni professional mulohazaga tayangan holda “xatoliklar” va “firibgarlik” turlariga tasniflash asosida firibgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan buzib ko‘rsatishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar qilish va menejment tizimidan ularni maqbul darajaga tushirishni talab etish orqali mijozlarga ishonchli ma’lumotlar taqdim etish hamda ular tomonidan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga erishish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Auditorlik tekshiruvlarida muhimlik darajasini aniqlash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “auditorlik tekshiruvlarida muhimlik darajasi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini mijozlarning qaror qabul qilishida ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydigan muhim, tekshiruv ob’ektida mavjud bo‘lgan umumiy yoki alohida operatsiyalar, xatoliklar yoki ularning miqdoriy yig‘indisini “muhim” hamda “miqdoriga ko‘ra muhim” kabi shakllarga ajratish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2024-yil 26-martdagi 26/01/24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida umumiy yoki alohida operatsiyalar, xatoliklar yoki ularning miqdoriy yig‘indisini “muhim” hamda “miqdoriga ko‘ra muhim” kabi shakllarga ajratish orqali takomillashtirilgan auditorlik tekshiruvlarida muhimlik darajasi tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
moliyaviy hisobotlar auditida muhimlik darajasini to‘g‘ri baholash maqsadida umumiy muhimlik (UM = 0,25 – 1,0), muhimlik chegarasi (0 ≤ MCh ≤ 1) ni aniqlash tartib-taomillarini kiritish orqali oqilona auditorlik fikrini shakllantirilishi va mijozlarning o‘tkazilgan audit natijasi bo‘yicha ishonchining oshishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2024-yil 26-martdagi 26/01/24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oqilona auditorlik fikrini shakllantirilishi va o‘tkazilgan audit natijasi bo‘yicha mijozlar ishonchining oshishi ta’minlangan;
moliyaviy hisobotlar auditida muhimlik darajasini aniqlashni mijoz korxona faoliyati bilan dastlabki tanishuv jarayoni (DT) natijasida va to‘plangan ichki va tashqi dalillar asosida aniqlash ketma-ketligi orqali yakuniy bosqichda (YaB) muhimlik darajasini samarali baholash (SBMD = DT + YaB = DT + (ID + TD))ni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2024-yil 26-martdagi 26/01/24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlarga moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlarni muhimlik darajasini samarali baholash imkonini bergan;
moliyaviy hisobotlarda kutilayotgan buzib ko‘rsatishlarni professional mulohazaga tayangan holda “xatoliklar” va “firibgarlik” turlariga tasniflash asosida firibgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan buzib ko‘rsatishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar qilish va menejment tizimidan ularni maqbul darajaga tushirishni talab etish orqali mijozlarga ishonchli ma’lumotlar taqdim etish hamda ular tomonidan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga erishish yuzasidan taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2024-yil 26-martdagi 26/01/24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi mijozlarga ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish hamda ular tomonidan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish