Xaydarova Charos Nizomiddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyiha(korxona)larni moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3283.
Ilmiy rahbar: Raimjanova Madina Asrorovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pulatova Moxira Baxtiyarovna, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Byudjet soliq ilmiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Milliy iqtisodiyotda DXSh asosidagi korxonalarning moliyaviy munosabatlari, shuningdek, xo‘jalik faoliyatini moliyalashtirishning samarali manbalarini topish, tahlil va tadqiq etish natijasida ilmiy taklif ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
DXShlar hamkor subektlar oldida moliyaviy majburiyati deyarli yo‘q va risk darajasi 50 foizgacha past bo‘lgan Sof foyda, Amortizatsiya ajratmasi va Rezerv jamg‘armasi kabi moliyaviy manbalaridan faoliyatini moliyalashtirishda birinchi navbatda foydalanishi iqtisodiy risklarning oldini olinishi asoslab berilgan;
DXSh korxonalari faoliyat boshlashida kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyoji yuqoriligini inobatga olib, faoliyatining dastlabki uch yil mobaynida Markaziy Bank qayta moliyalashtirish stavkasiga maksimal 50 foiz(13,5+6,75 = 20,25 foiz)gacha bo‘lgan imtiyozli kreditlar berilishi asoslangan;
DXSh korxonalarida davlat ishtirokining bo‘lishi investorlar uchun riskni kamaytirishga zamin yaratishini inobatga olib, shuningdek, moliyaviy mablag‘larni ko‘paytirish uchun muomalaga korporativ “obligatsiya” chiqarish zarurligi asoslab berilgan;
Mamlakatning keyingi qabul qilgan qonuni asosida, DXSh xorijiy investorining investisiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirishga salbiy ta’sir etadigan bo‘lsa, investorning investisiya qilgan davrdan e’tiboran o‘n yil mobaynida amaldagi qonunchilik qo‘llanilishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan korxonalarni moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
DXShlar hamkor subektlar oldida moliyaviy majburiyati deyarli yo‘q va risk darajasi 50 foizgacha past bo‘lgan Sof foyda, Amortizatsiya ajratmasi va Rezerv jamg‘armasi kabi moliyaviy manbalaridan faoliyatini moliyalashtirishda birinchi navbatda foydalanishi iqtisodiy risklarning oldini olinish taklifi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, 2024-yil 15-avgust 4/17-4/4-14136-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi, DXShlarning moliyaviy, investision faoliyatda iqtisodiy risklarning keskin kamayishiga olib kelib, soliqlarning davlat byudjetiga o‘z vaqtida va to‘liqligicha tushishi, shuningdek, ijtimoiy muammoning markaziy bo‘g‘inida turgan ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishga qulay sharoit yaratilgan.
DXSh korxonalari faoliyat boshlashida kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyoji yuqoriligini inobatga olib, faoliyatining dastlabki uch yil mobaynida Markaziy Bank qayta moliyalashtirish stavkasiga maksimal 50 foiz(13,5+6,75 = 20,25 foiz)gacha bo‘lgan imtiyozli kreditlar berilish taklifi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, 2024-yil 15-avgust 4/17-4/4-14136-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida, DXSh korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatini moliyalashtirish imkoniyati yanada kengayishi hisobiga davlat miqyosida, shuningdek, OTMlarda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish maqsadida tashkil etilayotgan DXSh korxonalar soni ortishiga qulay sharoit yaratgan;
DXSh korxonalarida davlat ishtirokining bo‘lishi investorlar uchun riskni kamaytirishga zamin yaratishini inobatga olib, shuningdek, moliyaviy mablag‘larni ko‘paytirish uchun muomalaga korporativ “obligatsiya” chiqarish zarurligi asoslab berish taklifi  O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat  byudjeti to‘g‘risidagi O‘RQ-886-sonli qonuni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi, Davlat byudjeti boshqarmasi 2024-yil 15-avgust 07-05-383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, DXSh korxonalarining moliya-xo‘jalik va investisiya faoliyatini moliyalashtirishning yangi manbalari paydo bo‘lishiga, DXShlarning xo‘jalik subektlari o‘rtasidagi tovar-pul munosabatlarining tezlashishiga olib kelgan.
Mamlakatning keyingi qabul qilgan qonuni asosida, DXSh xorijiy investorining investisiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirishga salbiy ta’sir etadigan bo‘lsa, investorning investisiya qilgan davrdan e’tiboran o‘n yil mobaynida amaldagi qonunchilikda qo‘llanilish taklifi Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi, Davlat byudjeti boshqarmasi 2024-yil 15-avgust 07-05-383-sonli ma’lumotnomasi); Ushbu ilmiy yangilikni joriy etilishi, xorijlik investorlarning investisiya mablag‘larini milliy iqtisodiyotiga jalb etishni jadallashtirishga qulaylik yaratib, mamlakat investision barqarorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish