Bektemirov Azizbek Obitali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pestisidlar, bioregulyatorlar tutgan dispers sistemalarning kolloid-kimyoviy tadqiqi va qo‘llanilishi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K577.
Ilmiy rahbar: Xoshimov Farxod Fayzullaevich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Jumaeva Dilnoza Jo‘raevna, texnika fanlari doktori, professor; Ismailov Ravshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibidagi import qilinadigan erituvchilarni mahalliy erituvchilarga almashtirilgan va bioregulyatorlar kiritilgan yangi tarkibli pestisid preparatlar texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jarqo‘rgʼon neftni qayta ishlash zavodi (JNQIZ) chiqindi erituvchilari fraksion tarkibi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi (Sho‘rtan GKM) siklogeksanon chiqindi erituvchilari tarkibi va pestisidlar olishda qo‘llanadigan S-150 erituvchi tarkiblari GXMS usulida o‘rganilgan va pestisid preparatlar ishlab chiqarishda maxalliy ikkilamchi xom-ashyo erituvchi sifatida qo‘llash mumkinligi aniqlangan;
GXMS va YuSSX usullarida tarkibdagi erituvchilar maxalliy erituvchilarga almashtirilgan va bioregulyatorlar kiritilgan yangi pestisid preparatlar ta’sir etuvchi faol moddalari o‘z tuzilishini saqlab qolganligi, o'zgarishga uchramaganligi aniqlangan;
kolloid-kimyoviy tahlil usullari orqali maxalliy erituvchilar va bioregulyatorlar kiritilgan yangi tarkibli pestisid preparatlar xususiyatlari, ularning tegishli yo'nalishdagi samaradorliklari xamda hosildorlikka ta’sirlari aniqlangan;
birinchi marta tarkibiga ikkilamchi mahalliy erituvchilar va bioregulyator kiritilgan yangi preparatlar emulsiya konsentrat shakllarini olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pestisidlar, bioregulyatorlar tutgan dispers sistemalarning kolloid-kimyoviy tadqiqi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
S-150 erituvchisi mahalliy erituvchiga almashtirilgan yangi tarkibli pestisidlar olish texnologiyasi "Ifoda Agro Kimyo Himoya" MChJ QKning “2025-2027 yillarda amliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro'yxati”ga kiritilgan (“Ifoda Agrokimyo Himoya” MChJ QKning 2024 yil 10 iyundagi 02/14-son maʼlumotnomasi). Natijada, kasalliklar, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi yangi binar preparatlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash imkonini beradi;
1-Naftalin sirka kislota biostimulyatori kiritilgan tarkibli pestisidlar olish texnologiyasi "Ifoda Agro Kimyo Himoya" MChJ QKning “2025-2027 yillarda amliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro'yxati”ga kiritilgan (“Ifoda Agrokimyo Himoya” MChJ QKning 2024 yil 10 iyundagi 02/14-son maʼlumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan yangi binar preparatlar xosildorlik ortishiga olib kelganligi uchun tashkilot standarti ishlab chiqish hamda xorijiy anologlarga nisbatan iqtisodiy samarador preparatlardan foydalanish imkonini beradi.