Siddiqov Sadriddin Shuhratjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Chorvoq erkin turistik zonasiga turizmning ta’siri va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Gr345.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Muxamajanovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Abdug‘affor Abdujabborovich, geografiya fanlari doktori (DSc); Shamuratova Nigora Taxirovna, geografiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chorvoq erkin turistik zonasi hududida turizm sohasining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish va uni muhofaza qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chorvoq erkin turistik zonasining turistik obektlari va ulardan foydalanish imkoniyatlari aks ettirilgan yirik masshtabli turistik kartasi GAT texnologiyasining ArcGIS dasturida yaratilgan;
1991-2020-yillar oralig‘idagi NDVI (Normalized difference vegetation index) ko‘rsatkichlari tahlili natijasida Chorvoq erkin turistik zonasi hududida turistik infratuzilma obektlari maydonining ortib borishi va shunga bog‘liq holda o‘simliklar bilan qoplangan maydonlar va degradatsiyaga uchragan o‘simliklarning kamayish darajasi aniqlangan;
Chorvoq erkin turistik zonasi hududi uchun maqsadi, murakkabligi va yo‘nalishi har xil ekoturistik marshrutlar va ularning dasturlari ishlab chiqilgan;
Chorvoq erkin turistik zonasi hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlarning muayyan vaqtdagi soni va turistik obektlar haqida ma’lumot beruvchi “Chorvoq travel” mobil ilovasi yaratilgan;
aholi manzilgohlaridan uzoqda, elektr ta’minoti mavjud bo‘lmagan hududlarda chiqindilarni olib ketishni takomillashtiruvchi “Smart Box” qutisi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chorvoq erkin turistik zonasi hududida turizmning atrof-muhitga ta’siri va uni muhofaza qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari asosida:
Chorvoq erkin turistik zonasining GAT texnologiyalari asosida yaratilgan yirik masshtabli turistik xaritalari O‘zbekistonning ekoturizm xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-iyuldagi 02-12-17-4451-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning ekoturizm xaritasi mazmunini boyitish imkoniyatini bergan;
1991-2020-yillar oralig‘idagi NDVI (vegetatsiya indeksi) ko‘rsatkichlari tahlili natijasida aniqlangan Chorvoq erkin turistik zonasi hududida o‘simliklar bilan qoplangan maydonlar va degradatsiyaga uchramagan o‘simliklarning kamayish darajasi Ekohududlarda yaqin besh yillik davrda inson faoliyati natijasida ekologiya va atrof-muhitga etkazilishi mumkin bo‘lgan har qanday zararning oldini olishni nazarda tutgan holda rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-iyuldagi 02-12-17-4451-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chorvoq suv ombori atrofidagi ekohududlarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda yaqin besh yillikda inson faoliyati natijasida o‘simlik qoplamining kamayishini prognoz qilish imkoniyatini bergan;
Chorvoq erkin turistik zonasi hududi uchun ishlab chiqilgan ekoturistik marshrutlar va ularning dasturlari respublika tog‘li hududlarida turistik so‘qmoqlarni tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-iyuldagi 02-12-17-4451-son ma’lumotnomasi). Natijada, turistik so‘qmoqlarning marshrut yo‘nalishlari va elektron xaritalarini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
Chorvoq erkin turistik zonasi hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun yaratilgan turistik obektlar haqida ma’lumot beruvchi Chorvoq travel mobil ilovasi “Tabiatga sayohat” elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-iyuldagi 02-12-17-4451-son ma’lumotnomasi). Natijada, platformadagi ma’lumotlarni to‘ldirish imkoniyati yaratilgan;
chiqindilarni olib ketishni takomillashtirish maqsadida yaratilgan Smart Box qutisi Davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar, o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlari hamda suv obektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hududi va ular atrofidagi chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-iyuldagi 02-12-17-4451-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayyorlanayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini takomillashtirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish