Yusupjonov Otabek G‘ayibjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yirik shaharlar geodezik tarmog‘ini sun’iy yo‘ldosh kuzatishlaridan foydalanib qayta qurishning nazariy-amaliy masalalari (Toshkent shahri misolida) », 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Gr329.
Ilmiy rahbar: Muborakov Xamidxon, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Reymov Polat Rasbergenovich, geografiya fanlari doktori (DSc), professor; Toshpo‘latov Sarvar Anvarovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy sun’iy yo‘ldosh kuzatishlarini qo‘llash asosida Toshkent shahrining amaldagi geodezik tarmog‘ini qayta qurish uslubini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yirik shaharlar geodezik tarmoqlarini sun’iy yo‘ldosh kuzatishlaridan foydalanib qayta qurish uslubi, Toshkent shahar geodezik tarmog‘i misolida, tajriba sinovlar asosida takomillashtirilgan;
Toshkent shahri karkas geodezik tarmog‘i punktlarida GNSS (Global Navigation Satellite System) kuzatishlar va natijalarni tenglashtirish asosida tarmoq punktlarining WGS-84 (World Geodetic System 1984) sistemasidagi to‘g‘ri burchakli fazoviy koordinatalari aniqlangan;
Toshkent shahri karkas geodezik tarmog‘i punktlarining umumjahon WGS-84 sistemasidagi koordinatalaridan mahalliy sistemadagi koordinatalariga o‘tish parametrlari ( x,  y,  z,  ,  ,  ,  ) matematik modellashtirish usuli asosida aniqlangan;
Toshkent shahri sun’iy yo‘ldosh karkas geodezik tarmog‘i punktlarining mahalliy sistemadagi koordinatalari yangi o‘tish parametrlarini qo‘llash orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yirik shaharlar geodezik tarmog‘ini sun’iy yo‘ldosh kuzatishlaridan foydalanib qayta qurishning nazariy-amaliy masalalari (Toshkent shahri misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sun’iy yo‘ldosh GNSS kuzatishlaridan foydalanib Toshkent shahri geodezik tarmog‘ini tajriba sinovlar asosida takomillashtirilgan qayta qurish uslubi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida Toshkent shahrining amaldagi geodezik tarmog‘ini yangilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024-yil 31-iyuldagi № 03-03-65 son maʼlumotnomasi). Natijada, Toshkent shahri hududida yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmog‘ini qurish imkonini bergan;
zamonaviy GNSS priyomniklaridan foydalanib kuzatishlarni bajarish va natijalarni ishlab chiqish asosida shahar karkas tarmog‘i punktlarining Xalqaro WGS-84 sistemasidagi aniqlangan to‘g‘ri burchakli fazoviy koordinatalari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida topografik-geodezik materiallarni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024-yil 31-iyuldagi № 03-03-65 son maʼlumotnomasi). Natijada, topografik-geodezik materiallardan ochiq foydalanishga imkoniyat yaratildi;
matematik modellashtirish usulini qo‘llab aniqlangan shahar karkas tarmog‘i punktlarining WGS-84 sistemasidagi koordinatalardan Mahalliy sistemadagi koordinatalarga o‘tishni hisoblangan parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida Toshkent shahar geodezik tarmog‘ini qayta qurishda amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024-yil 31-iyuldagi № 03-03-65 son maʼlumotnomasi). Natijada, shahar hududida bajariladigan injenerlik qidiruv, kadastr va er tuzish ishlari uchun aniq va yagona koordinatalar sistemasini yaratish imkonini bergan;
Toshkent shahri sun’iy yo‘ldosh karkas geodezik tarmog‘i punktlarining yangi o‘tish parametrlarini qo‘llash orqali aniqlangan mahalliy sistemadagi koordinatalari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida Toshkent shahrida bajariladigan topografik-geodezik ishlarida asos sifatida amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024-yil 31-iyuldagi № 03-03-65 son maʼlumotnomasi). Natijada, Toshkent shahri hududida topografik-geodezik qidiruvlar, kadastr va er tuzish ishlari aniqligi hamda sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish