Otaxonova Shohyora Xamidullaxon
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kapital bozorida korporativ qimmatli qog‘ozlar muomalasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2985.
Ilmiy rahbar: Tashmuradova Buvsara Egomovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent iqtisodiyot unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent iqtisodiyot unversiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bozorov Alisher Ro‘zimurodovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Bank moliya akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy kapital bozorida korporativ qimmatli qog‘ozlar muomalasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan keng qamrovli taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
moliyaviy axborotlar shaffofligini, muvofiqligini ta’minlashda emitentlar tomonidan Korporativ axborot yagona portalida oshkor qilinadigan hisobotlarni Soliq qo‘mitasi axborot tizimiga yuboriladigan hisobotlar bilan integratsiya qilish orqali kapital bozorida investorlar moliyaviy resurslarini jalb qilish imkoniyatini 10 foizga oshirish hamda tashkiliy xarajatlarni 3 baravarga kamaytirish taklif qilingan;
kastodian faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali korporativ qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va muomalasi hamda ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishni samarali tashkil etish natijasida risklarni 20-30 foizga kamaytirish taklif etilgan;
korporativ qimmatli qog‘ozlarni qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqining yuzaga kelganligi yuzasidan muhim faktlarni joriy etish orqali egalarini ularga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlari emitentga qaytarilishni ta’minlashda tashkiliy xarajatlar 15 foizga qisqartirish taklif etilgan;
emitent tomonidan hisoblangan, to‘langan dividendlar bo‘yicha aksiyador va investorlarni o‘z vaqtida habardor qilish yuzasidan axborotlarni taqdim etish orqali investision jozibadorlikni ta’minlash hamda korporativ qimmatli qog‘ozlar savdosini 10 foizga oshirishi taklif qilingan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kapital bozorida korporativ qimmatli qog‘ozlar muomalasi takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Kapital bozorida korporativ qimmatli qog‘ozlar muomalasi takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy axborotlar shaffofligini, muvofiqligini ta’minlashda emitentlar tomonidan Korporativ axborot yagona portalida oshkor qilinadigan hisobotlarni Soliq qo‘mitasi axborot tizimiga yuboriladigan hisobotlar bilan integratsiya qilish orqali kapital bozorida investorlar moliyaviy resurslarini jalb qilish imkoniyatini 10 foizga oshirish hamda tashkiliy xarajatlarni 3 baravarga kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan kapital bozorida aksiyadorlik jamiyatlarini hisobotlarini taqdim etish tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yilning 2-fevralidagi 03/07-446-son ma’lumotnomasi). Natijada, emitentlar tomonidan Korporativ axborot yagona portalida oshkor qilinadigan choraklik va yillik buhgalteriya balansi va moliyaviy natijalari bilan Soliq qo‘mitasiga taqdim etiladigan hisobotlar o‘rtasida tafovut paydo bo‘lmasligi oldi olindi hamda aksiyadorlar uchun emitentlar tomonidan taqdim etiladigan axborotlarga ishonch ortib, emitent tomonidan hisobotlarni turli manbalarda turlicha oshkor qilinishi bo‘yicha xarajatlar 66,6 foizga kamaydi;
kastodian faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali korporativ qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va muomalasi hamda ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishni samarali tashkil etish natijasida risklarni 20-30 foizga kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yil 29-yanvaridagi 3493 raqam bilan ro‘yxatga olingan “Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yilning 2-fevralidagi 03/07-446-son ma’lumotnomasi). Natijada, korporativ qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi va muomalasi hamda ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda kastodian faoliyati tartib joriy etiladi;
korporativ qimmatli qog‘ozlarni qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqining yuzaga kelganligi yuzasidan muhim faktlarni joriy etish orqali egalarini ularga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlari emitentga qaytarilishni ta’minlashda tashkiliy xarajatlar 15 foizga qisqartirish taklif O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yilning 2-fevralidagi 03/07-446-son ma’lumotnomasi). Natijada, korporativ qimmatli qog‘ozlar muomalasida emitentning tashkiliy huquqiy shakli o‘zgarganda yoki tugutilganda uning korporativ qimmatli qog‘ozlarini qaytarib sotib olish bo‘yicha muhim faktni majburiy e’lon qilish tartibi joriy etildi hamda tashkiliy xarajatlar 15 foizga qisqardi;
emitent tomonidan hisoblangan, to‘langan dividendlar bo‘yicha aksiyador va investorlarni o‘z vaqtida habardor qilish yuzasidan axborotlarni taqdim etish orqali investision jozibadorlikni ta’minlash hamda korporativ qimmatli qog‘ozlar savdosini 10 foizga oshirishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan milliy kapital bozoriga investorlarni jalb qilish bo‘yicha normativ-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yilning 2-fevralidagi 03/07-446-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlar o‘z aksiyalariga nisbatan hisoblangan dividendlar miqdori, ularni to‘lash muddati, shuningdek, ushbu muddat yakuni holatiga emitent tomonidan aksiyadorlarga to‘langan dividend miqdori haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldi va korporativ qimmatli qog‘ozlar savdosi 10 foizga oshdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish