Po‘latov Ma’murjon Murodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turizm infratuzilmasini rivojlantirishda innovatsiyalarni qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.17 - “Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2143.
Ilmiy rahbar: Norchaev Astullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Abdulla Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Nutfullo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Respublikamiz turizmi infratuzilmasiga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm infratuzilmasini rivojlantirish mexanizmi turistik xizmatlarning samaradorligini oshirishga ijtimoiy media platformalari orqali ta’sir etuvchi mijozlar bilan aloqa o‘rnatish, ularga samarali axborot taqdim etish, turistik xodimlar uchun onlayn ta’lim platformalari asosida o‘quv jarayonlarini tashkil qilishga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar vositasida takomillashtirilgan;
Jizzax viloyatida turistik-rekreatsion destinatsiya infratuzilmasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan va davlat-xususiy sheriklik asosida turistik destinatsiyalar infratuzilmasini innovatsion asosda rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Baxmal” rekreatsion-sog‘lomlashtirish klasterini tashkil qilish asoslangan;
hududning turistik xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish dasturlarida turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha belgilanuvchi chora-tadbirlar tarkibida innovatsion tavsifdagi tadbirlarning ulushini izchil ravishda oshirib borish orqali innovatsiyalarni qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda turizm infratuzilmasi rivojlanishining 2030 yilga qadar o‘rta muddatli prognoz parametrlari ko‘p omilli ekonometrik modellarni qo‘llash asosida ishlab chiqilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikamiz turizm infratuzilmasini rivojlantirishda innovatsiyalarni qo‘llashning ilmiy-metodologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm infratuzilmasini rivojlantirish mexanizmi turistik xizmatlarning samaradorligini oshirishga ijtimoiy media platformalari orqali ta’sir etuvchi mijozlar bilan aloqa o‘rnatish, ularga samarali axborot taqdim etish, turistik xodimlar uchun onlayn ta’lim platformalari asosida o‘quv jarayonlarini tashkil qilishga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar vositasida takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-sonli Farmoniga 4b-ilovasi 2 bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi qo‘mitasining 2024 yil 14-noyabrdagi 03-12-17-8052-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi turizm sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlarning malaka va madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish imkoni yaratilgan;
Jizzax viloyatida turistik-rekreatsion destinatsiya infratuzilmasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan va davlat-xususiy sheriklik asosida turistik destinatsiyalar infratuzilmasini innovatsion asosda rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Baxmal” rekreatsion-sog‘lomlashtirish klasterini tashkil qilish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-sonli Farmoniga 3-ilova Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi qo‘mitasining 2024 yil 14-noyabrdagi 03-12-17-8052-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, Baxmal tumanining turistik va infratuzilma salohiyati o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni o‘z vaqtida bartaraf etib borish imkoni yaratilgan;
hududning turistik xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish dasturlarida turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha belgilanuvchi chora-tadbirlar tarkibida innovatsion tavsifdagi tadbirlarning ulushini izchil ravishda oshirib borish orqali innovatsiyalarni qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-sonli Farmonining 19 bandidagi belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta’minlashda foydalanilmoqda. (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi qo‘mitasining 2024 yil 14-noyabrdagi 03-12-17-8052-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi Jizzax viloyatida turistik xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshirish dasturlari va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda turizm infratuzilmasi rivojlanishining 2030 yilga qadar o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan taklifi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Mamlakatda turizm infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi qo‘mitasining 2024 yil 14-noyabrdagi 03-12-17-8052-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va turizm xizmatlari bozori resurs komponentlarining optimal integratsiyasi hisobiga sanatoriylar, mehmonxonalar va kurortlar majmualarining maqsadli parametrlarini samarali belgilash imkoni yaratilgan.