Berdiev Anvar Abduraxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Innovatsiyalarni joriy etish asosida xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2132.
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Bektemirov Abdumalik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nazarbaev Orinbay, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsiyalarni joriy etish asosida xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsion faoliyatni integral baholashga yondashuv innovatsiyalar holatining sifat xususiyatlarini past (0≤ Ik <0,33), o‘rta (0,34≤ Ik <0,80) va yuqori (0,81≤ Ik <1,00) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda korxona innovatsion rivojlanishining real dinamikasini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
innovatsiyalarga ko‘ra xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishda innovatsion loyiha realizatsiyasi modeli loyiha imkoniyati, bozor jozibadorligi, xarajat, samaradorlik kabilar bilan bir qatorda loyihani to‘rt bosqichda amalga oshirish asosida takomillashtirilgan;
Samarqand viloyatida xizmatlar sohasining barqaror rivojlanish dinamikasi hamda jami ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatni baholash yondashuvi faoliyat samaradorligini rivojlantirishning tub yo‘nalishi hisoblangan – inson kapitalini rivojlantirishning qiyosiy baholash natijalariga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasiga innovatsiyalarni joriy etish asosida korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsion faoliyatni integral baholashga yondashuv innovatsiyalar holatining sifat xususiyatlarini past (0≤ Ik <0,33), o‘rta (0,34≤ Ik <0,80) va yuqori (0,81≤ Ik <1,00) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda korxona innovatsion rivojlanishining real dinamikasini aniqlash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 30-avgustdagi 08-10-25-13945-son ma’lumotnomasi). Taklif korxonalarda innovatsion faoliyatni obektiv baholash darajasini oshirishga ko‘ra boshqaruv qarorlarini optimalligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
innovatsiyalarga ko‘ra xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishda innovatsion loyiha realizatsiyasi modeli loyiha imkoniyati, bozor jozibadorligi, xarajat, samaradorlik kabilar bilan bir qatorda loyihani to‘rt bosqichda amalga oshirish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 30-avgustdagi 08-10-25-13945-son ma’lumotnomasi). Taklif innovatsion loyihani realizasiya qilishning turli bosqichlarida xizmat ko‘rsatish subektlarining innovatsion loyihalari samaradorligini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
Samarqand viloyatida xizmatlar sohasining barqaror rivojlanish dinamikasi hamda jami ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 30-avgustdagi 08-10-25-13945-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2030-yilga kelib, Samarqand viloyatida jami xizmatlar hajmini 26,7 %ga va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmini 28,2 %ga oshishi imkonini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatni baholash yondashuvi faoliyat samaradorligini rivojlantirishning tub yo‘nalishi hisoblangan – inson kapitalini rivojlantirishning qiyosiy baholash natijalariga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024–2025-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 30-avgustdagi 08-10-25-13945-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif sohada innovatsion faoliyatni baholash ko‘rsatkichlarini tizimlashtirish orqali korxonada innovatsiyalarni joriy etishdan kutilayotgan samarani aniqlash imkonining kengaytirilishiga muayyan darajada xizmat qilgan.