Nazarov Nazirjon Narzilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqalarni barqaror rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari (Navoiy viloyati misolida)», 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4211.
Ilmiy maslahatchi: Sodiqov Avazbek Madaminovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Qodirov Abdurashid Madjitovich; iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Bekmuradov Nurali Xolmatovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqalarni barqaror rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Navoiy viloyatining olis cho‘l hududlari, ya’ni, Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlarini barqaror rivojlantirish hamda aholi turmush sharoitini yaxshilashni moliyalashtirish samaradorligini oshirishga «Navoiy kon-metallurgiya kombinati», xalqaro moliya institutlari, xorijiy donorlar, mahalliy sub’ektlar ajratgan mablag‘ va imtiyozli kreditlari asosida «Maxsus jamg‘arma» tashkil etish hamda uni optimal taqsimlash orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Navoiy viloyati aholisi daromadlarining barqaror o‘sishini ta’minlashga mintaqada qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan iqtisodiyot sub’ektlariga er maydonlarini “bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida ajratib berish va sohaga “Agregator” tizimini joriy etish orqali erishish taklifi asoslangan;
Navoiy viloyatida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishini ta’minlashga G‘ozg‘on shahri hududida marmar va granit toshlarni qazib olish, qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashtirilgan “sanoat klasterlari”ni tashkil etish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Navoiy viloyati iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida viloyat YaHM o‘sishining 2030 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Navoiy viloyatining barqaror rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Navoiy viloyatining olis cho‘l hududlari, ya’ni, Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlarini barqaror rivojlantirish hamda aholi turmush sharoitini yaxshilashni moliyalashtirish samaradorligini oshirishga «Navoiy kon-metallurgiya kombinati», xalqaro moliya institutlari, xorijiy donorlar, mahalliy sub’ektlar ajratgan mablag‘ va imtiyozli kreditlari asosida «Maxsus jamg‘arma» tashkil etish hamda uni optimal taqsimlash orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi PQ-3301-sonli “Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari kotibiyatining 2023 yil 27 noyabrdagi 03/18-20 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Navoiy viloyatining cho‘l hududlaridagi yashash sharoiti og‘ir aholi qatlamini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish imkoni yaratilgan;
Navoiy viloyati aholisi daromadlarining barqaror o‘sishini ta’minlashga mintaqada qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan iqtisodiyot sub’ektlariga er maydonlarini “bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida ajratib berish va sohaga “Agregator” tizimini joriy etish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 fevraldagi PQ-52-son “2023-2024 yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi 2-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari kotibiyatining 2023 yil 27 noyabrdagi 03/18-20 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida joylarda suv resurslarini tejash va kooperatsiya usuli asosida yuqori daromad olish imkoni yaratilgan;
Navoiy viloyatida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishini ta’minlashga G‘ozg‘on shahri hududida marmar va granit toshlarni qazib olish, qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashtirilgan “sanoat klasterlari”ni tashkil etish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 iyuldagi 611-sonli “2019-2021 yillarda Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasi 25-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari kotibiyatining 2023 yil 27 noyabrdagi 03/18-20 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida hududda mavjud tabiiy, ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilgan, shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratilgan;
Navoiy viloyati iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida viloyat YaHM o‘sishining 2030 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 apreldagi 217-son “2022-2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining maqsadli parametrlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari kotibiyatining 2023 yil 27 noyabrdagi 03/18-20 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbol ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga erishilgan.