Uzakbaev Koblan Keunimjay-uli’ning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarining hududiy tarkibi va rivojlanish xususiyatlari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Gr155.
Ilmiy rahbar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/31.10.2022.Gr.20.08.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Karshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor; Bekbulatova Gulnaz Altinbaevna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholiga xizmat ko‘rsatish markazlarining hududiy-pog‘onasimon tizimini aniqlash hamda sohani yanada rivojlantirish va hududiy tashkil etilishini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shakllangan savdo, ta’lim va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish markazlarining hududiy darajalari hamda tegishli tarmoqlarning turli ko‘lamdagi hududiy markazlarida rivojlanish xususiyatlari aniqlangan;
respublikada aholiga xizmat ko‘rsatish sohasi hududiy tashkil etilishining pog‘onasimon (ierarxik) tuzilishi kompleks iqtisodiy geografik jihatdan asoslangan va xaritalashtirilgan;
mintaqadagi aholiga xizmat ko‘rsatish tayanch markazlarining hududiy ta’sir zonasi aniqlangan va shu asosda aholiga xizmat ko‘rsatishning tumanlararo klasterlari ajratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari (Nukus shahri va 16 ta qishloq tumani) aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha tarmoqlararo (integral) tarzdagi reytingi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholiga xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi va hududiy tashkil etilishini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shakllangan savdo, ta’lim va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish markazlarining hududiy darajalari hamda tegishli tarmoqlarning turli ko‘lamdagi hududiy markazlarida rivojlanish xususiyatlariga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4-apreldagi “2022–2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 155-son Qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 29-avgustdagi RS (0909) 277-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq tumanlarida aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini hududiy jihatdan tabaqalashtirishga imkon yaratilgan;
kompleks iqtisodiy geografik jihatdan asoslangan va xaritalashtirilgan respublikada aholiga xizmat ko‘rsatish sohasi hududiy tashkil etilishining pog‘onasimon (ierarxik) tuzilishiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi “2022–2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 155-son Qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 29-avgustdagi RS (0909) 277-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq tumanlari ma’muriy markazlarining aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarining hududiy tizimidagi o‘rni va ahamiyatini aniqlashga imkon bergan;
mintaqadagi aholiga xizmat ko‘rsatish tayanch markazlarining hududiy ta’sir zonasi aniqlangan va shu asosda aholiga xizmat ko‘rsatishning tumanlararo klasterlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-66-son Qarori ijrosini ta’minlashda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 29-avgustdagi RS (09-09) 277-son ma’lumotnomasi). Natijada Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Chimboy, Beruniy va To‘rtko‘l tumanlarida tumanlararo ahamiyatga ega bo‘lgan aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan choralarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari (Nukus shahri va 16 ta qishloq tumani) aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha tarmoqlararo (integral) tarzdagi reytingi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-66-son Qarori ijrosini ta’minlashda foydanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 29-avgustdagi RS (09-09) 277-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq tumanlari va Nukus shahrida yangi tashkil etilishi lozim bo‘lgan aholiga xizmat ko‘rsatish obektlarining maqsadli parametrlariga aniqlik kiritish imkoniyati yaratilgan.