Utarbaeva Kamila Abutalipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi nozogeografik vaziyatiga zararli kimyoviy omillarning ta’sirini o‘rganish», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Gr226.
Ilmiy rahbar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/31.10.2022.Gr.20.08.
Rasmiy opponentlar: Nizamiev Abdurashit Gumarovich, geografiya fanlari doktori, professor; Ravshanov Aliqul Xudayberdievich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari va tibbiy-geografik zonalari kesimida aholining turli kasalliklarga chalinish darajasi hamda atrof-muhitning ifloslanish ko‘rsatkichlari orasidagi korrelyasion va funksional bog‘liqlikni aniqlash va shu asosda mintaqadagi nozoekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tibbiy-geografik (Shimoliy, G‘arbiy, Markaziy, Janubiy) zonalari kesimida 2009-2021-yillar davri uchun aholi kasallanishi ko‘rsatkichlarining dinamikasi hamda turli guruh kasalliklarining tarqalish darajasi aniqlanib, nozogeografik mazmundagi turkum xaritalar yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tibbiy-geografik zonalari kesimida aholining nafas olish organlari kasalliklari, sil kasalligi, buyrak tosh va siydik yo‘li kasalliklariga chalinish ko‘rsatkichlari hamda havo ifloslanish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik matematik-statistik usullar orqali isbotlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tibbiy-geografik zonalari kesimida aholining qon va qon hosil qilish organlari kasalliklari, buyrak tosh va siydik yo‘li kasalliklari, o‘t toshi va o‘t yo‘llari kasalliklari, tug‘ma anomaliyalarga chalinish ko‘rsatkichlari hamda ichimlik suvi manbalari (ochiq suv havzalari, quduq suvlari, vodoprovod suvi) ifloslanish darajasi o‘rtasidagi korreliyasion bog‘liqlik aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston tibbiy-geografik zonalari va qishloq tumanlari kesimida aholining xavfli o‘smalarga chalinishi va ulardan o‘limi ko‘rsatkichlari hamda atmosfera havosi va ichimlik suvi manbalarining ifloslanish darajasi o‘rtasidagi aloqadorlik ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi kasallanishiga atrof-muhit ifloslanish darajasining ta’sirini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tibbiy-geografik (Shimoliy, G‘arbiy, Markaziy, Janubiy) zonalari kesimida 2009-2021 yillar davri uchun aniqlangan aholi kasallanishi ko‘rsatkichlarining dinamikasi hamda turli guruh kasalliklarining tarqalish darajasiga oid xulosalar va shu asosda yaratilgan nozogeografik mazmundagi turkum xaritalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022-2024 yillarda aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-310-son Qarorida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 5-iyun 2024-yildagi 01/3187-son ma’lumotnomasi). Natijada Respublika hududlari kesimida tibbiy profilaktika tadbirlarini muayyan kasallik guruhlariga qaratish hamda tegishli ishlarning samaradorligini oshirishga imkon bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tibbiy-geografik zonalari kesimida matematik-statistik usullar orqali isbotlangan aholining nafas olish organlari kasalliklari, sil kasalligi, buyrak tosh va siydik yo‘li kasalliklariga chalinish ko‘rsatkichlari hamda havo ifloslanish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikka oid xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasida atmosfera havosini muhofaza qilish chora-tadbirlarini tibbiy-ijtimoiy jihatdan asoslashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 24-oktyabr 2024-yildagi 02-01/18-2-3518-son ma’lumotnomasi). Natijada atmosfera havosi zararlanishining salbiy oqibatlarini hududiy jihatdan aniqlashtirishga imkoniyat yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tibbiy geografik zonalari kesimida matematik-statistik usullar orqali isbotlangan aholining qon va qon hosil qilish organlari kasalliklari, buyrak tosh va siydik yo‘li kasalliklari, o‘t toshi va o‘t yo‘llari kasalliklari, tug‘ma anomaliyalarga chalinish ko‘rsatkichlari hamda ichimlik suvi manbalari (ochiq suv havzalari, quduq suvlari, vodoprovod suvi) ifloslanish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikka oid xulosalar ichimlik suvi sifatini monitoring qilish jarayonida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 24-oktyabr 2024-yildagi 02-01/18-2-3518-son ma’lumotnomasi). Natijada ichimlik suvi manbalari yuqori darajadagi ifloslanish ko‘rsatkichlari bilan ajralib turgan hududlarni aniqlashga imkon bergan;
Qoraqalpog‘iston tibbiy-geografik zonalari va qishloq tumanlari kesimida aholining xavfli o‘smalarga chalinishi va ulardan o‘limi ko‘rsatkichlari hamda atmosfera havosi va ichimlik suvi manbalarining ifloslanish darajasi o‘rtasidagi aloqadorlikka oid xulosalar respublika miqyosida onkologik kasalliklariga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 5-iyun 2024-yildagi 01/3187-son ma’lumotnomasi). Natijada joylarda onkologik kasalliklari profilaktikasini amalga oshirish jarayonida ekologik omillarni ilmiy asoslangan ravishda hisobga olish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish