Yuldashev Kozimjon Komiljonovichning t
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘kiluvchi materiallarni tashuvchi vintli konveerlar konstruksiyalarini ishlab chiqish va parametrlarini hisoblashning ilmiy asoslari” mavzusida 05.02.03-“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/T556
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich texnika fanlari doktori professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti huzuridagi PhD.03/30.09.2020.T.124.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Texnika fanlari doktori, dotsent Qayumov Juramirza Abdiramatovich, Texnika fanlari doktori, professor Sarimsaqov Olimjon Sharipjanovich, Texnika fanlari doktori, dotsent Azizov Shuxrat Mamatovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi momiqni tashuvchi va tozalovchi qayishqoq elementli tarkibli rolikli zanjirli uzatmali vint sirti to‘lqinsimon bo‘lgan vintli konveer hamda teshiklari egri, og‘ma bo‘lgan tebranuvchi to‘rli yuzali vintli konveerning samarali konstruksiyalarini ishlab chiqish, kompleks nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida parametrlarini aniqlashning ilmiy asoslarini taxlidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
momiqni tashuvchi va tozalovchi vintli konveer konstruksiyasi to‘rli yuzalari zonalar bo‘yicha korpusga rezinali amortizatorlar orqali biriktirilib tebranma harakat qilishini, chiqindilarni samarali ajratishni ta’minlaydigon og‘ma egri teshiklar bilan jixozlangan, vint sirti to‘lqinsimon qilib takomillashtirilgan;
vintli konveer bir massali mashina agregati dinamikasini ifodalovchi tenglamalar tahlili natijalarini hisobga olgan holda elektr yuritgichning mexanik va dinamik harakteristikasi, inersion parametrlar hamda texnologik va ishqalanish qarshiliklari ifodalari ishlab chiqilgan va ratsional qiymatlari aniqlangan;
uch massali mashina agregati dinamikasi masalasi sonli echimiga asosan elektr yuritkich rotori, vintli konveer validagi aylantiruvchi moment va burchak tezliklarning o‘zgarish qonuniyatlari olingan;
momiqni tashuvchi va tozalovchi vintli konveer to‘rt massali mashina agregati dinamik va matematik modellarini echish asosida reduktori chiqish validagi, mufta va vint vallaridagi burchak tezliklar va burovchi momentlarni ish unumiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
uch qismdan iborat teshiklari egri, og‘ma bo‘lgan tebranuvchi to‘rli yuzali vint sirti to‘lqinsimon shaklda bo‘lgan vintli konveerda momiq bo‘lagining to‘lqinsimon vint yuzasidagi harakati tahlili asosida zonalar bo‘yicha momiqni tortish kuchini aniqlash bo‘yicha hisob sxemasi va formulasi ishlab chiqilgan hamda qiymatlari aniqlangan;
momiqni tashuvchi-tozalovchi vintli konveer mashina agregati tarkibidagi vint validagi burovchi moment hamda burchak tezlikni tebranish qamrovini tasmali uzatma aylanma bikrlik va dissipativ koeffisientlarini o‘zgarishiga bog‘liqlik qonuniyatlari tahliliga ko‘ra =(6,0÷6,5) s-1; =(4,5÷5,0) s-1; oralig‘ida bo‘lishini ta’minlash uchun tasmali uzatma uchun tavsiya qiymatlarini ST=(280÷340)Nm/rad; =(3,3÷3,8)Nms/rad orlig‘ida bo‘lishi aniqlangan;
vint burchak tezligi tebranish qamrovini (6,0÷6,5) s-1 dan oshmasligini ta’minlash uchun inersiya momenti qiymatlarini =(3,8÷4,5) kgm2 oralig‘ida bo‘lishi asoslangan;
rejalashtirilgan tajribaviy tadqiqotlar natijalari asosida momiqni tashuvchi va tozalovchi konveerlardagi shovqinning o‘zgarishi qonuniyatlari asosida shovqin kuchini kamaytirish usullari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Momiqni tashuvchi va tozalovchi vintli konveerlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Vintli konveer konstruksiyasiga O‘zbekiston Intelektual mulk agentligining foydali model va ixtiroga patentlari olingan (“Sepnaya peredacha” № IAP 06200-2020, “Vintovoy konveer” № IAP 06472-2021, “Vintli konveer” №FAP 02207-31.01.2023, “Vintovoy konveer” № IAP 07387-2023, “Vintovoy konveer” №IAP 20220404). Natijada uzatma detallarining ishlash muddatini, tozalash samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
momiqni tashuvchi va tozalovchi to‘lqinsimon yuzali vintli konveer hamda uzatish mexanizmiga o‘rnatilgan qayishqoq elementli zanjirli uzatma “O‘zpaxtasanoat” OAJ tizimidagi “Bo‘z paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” OAJ ning 2020 yil 30 iyuldagi 03-18/2054-sonli ma’lumotnomasi). Natijada momiqni tashishdagi o‘rtacha tozalash samaradorligi momiqning navlariga qarab 5,75% dan 10,54% ga ortgan, konveer resursi 25% ga ko‘paygan, zanjir roligi emirilishi 3 martaga, shovqin 2,8 martaga kamaygan;
to‘lqinsimon yuzali vintli konveer va yuritkichdagi qayishqoq elementli zanjirli uzatma “O‘zpaxtasanoat” OAJ tizimidagi “Xo‘jaobod paxta tozalash” korxonasida joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” OAJ ning 2020 yil 30 iyuldagi 03-18/2054-sonli ma’lumotnomasi). Natijada momiqni tashishdagi o‘rtacha tozalash samaradorligi momiqning navlariga qarab 5,54% dan 10,63% ga oshgan, konveer resursi 23% ga ko‘paygan, zanjir roligi emirilishi 3 martaga, shovqin 2,7 martaga kamaygan.
momiqni tashuvchi va tozalovchi, tebranuvchi to‘rli yuzali vintli koveer konstruksiyasi “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining Namangan viloyatidagi “Art Soft Cluster Holding MChJ” ga qarashli Pop paxta tozalash zavodida ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanildi (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2024 yil 30 apreldagi 03-22/192-sonli ma’lumotnomasi). Natijada to‘lqinsimon sirtli vint hamda teshiklari ovalsimon shaklda 50x6, 45x4.5, 40x4 mm o‘lchamda tayyorlangan qayishqoq elementli tayanchlarga o‘rnatilgan to‘rli yuza qo‘llanilganligi hisobiga vintli konveer bir me’yorda ishlaydi. To‘lqinsimon shaklda tayyorlangan vint sirti tashilayotgan momiqga turli kuchlar bilan ta’sir qiladi. Shuningdek, tashilayotgan momiq to‘lqinsimon shakldagi vintning ma’lum burchaklari ostidagi yuzalari bilan ta’sirlashib ma’lum darajada titiladi. Buning natijasida momiqlar orasidagi turli kuch bilan ilashgan chiqindilar samarili ajraladi va teshiklari ovalsimon shaklda 50x6, 45x4.5, 40x4 mm o‘lchamda tayyorlangan qayishqoq elementli tayanchlarga o‘rnatilgan to‘rli yuzalar orqali pastga tushirildi. Natijada tavsiya qilingan yangi konstruksiyali vintli konveerni qo‘llash asosida, tashilayotgan momiqni tozalash samaradorligi 6,94% dan 11,48% gacha ortganligini ko‘rsatgan.