Yuvmitov Anvar Sayfullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p qavatli binolar aktiv seysmik himoyasining noan’anaviy usuli”, 05.09.01 – Qurilish konsturksiyalari, bino va inshootlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/T600
Ilmiy maslahatchilar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Texnika fanlari doktori, professor Xojmetov Gaibnazar Xadievich.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, O‘zR FA M.T. O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar    seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
1. Texnika fanlari doktori, professor Usmanov Valiaxmat Fayzillaevich - Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti dotsenti, texnika fanlari doktori, professor.
2. Texnika fanlari doktori, professor Ishanxodjaev Abduraxmon Asimovich - Toshkent davlat transport universiteti professori, texnika fanlari doktori, professor.
3. Fizika-matematika fanlari doktori, professor  Mardonov Batirjan - O‘zR FA G‘.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
    Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamin grunti va poydevor orasidagi o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, seysmik himoya tizimli ko‘p qavatli binolarni seysmik ta’sirlarga hisoblash usulini takomillashtirish va ko‘p qavatli binolar seysmik himoyasining yangi konstruktiv echimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
materiallarning fizik-mexanik xususiyatlari va mustahkamlik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda mahalliy hom ashyolardan foydalanib ko‘p qavatli binolarning uzoq muddat xizmat qiluvchi noan’anaviy seysmik himoya tizimining konstruktiv echimi ishlab chiqilgan;
seysmik ta’sirlarning turli intensivligi va amplituda-chastotali xarakteristikalarini hisobga olgan holda ko‘p qavatli binolarda foydalanish uchun donador muhit nazariyasiga asoslangan gruntli materiallaridan tayyorlangan seysmik himoyalash qatlamining matematik modeli ishlab chiqilgan;
 zamin grunti va poydevor orasidagi o‘zaro ta’sirini hisobga olib, seysmik himoya qatlamida sochiluvchan gruntning donadorligini ifodalovchi hisob modelini qo‘llagan holda ko‘p qavatli binolarni seysmik ta’sirlarga hisoblash usuli takomillashtirilgan;
o‘xshashlik nazariyasi asosida fizik modellashtirilgan noan’anaviy seysmik himoya tizimli ko‘p qavatli binoning nazariy va eksperimental tadqiqot natijalari asosida, qavatlarning ko‘chish va tezlanishlarini so‘nishini tahlil qilish orqali seysmik izolyasiyaning maqbul ko‘rsatkichlarini tanlash usuli ishlab chiqilgan;
bino qavatlariga ta’sir qiluvchi seysmik kuchlar kamayishi va tebranishlar davomiyligini solishtirib, taklif qilinayotgan noan’anaviy seysmik himoya tizimini qo‘llash samaradorligi olingan qavatlardagi tezlanish va ko‘chishlar qiymatlarining kamayishi bilan asoslangan;
dinamik yuklamali poydevorlarni seysmik himoyalashning noan’anaviy konstruktiv echimini inobatga olgan holda, bino va inshootlarning loyihalash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni yangilashga tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘p qavatli binolar aktiv seysmik himoyasining noan’anaviy usullarining tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘p qavatli bino qavatlarining loyihaviy ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda zamin chiziqsizlik xususiyatlarini o‘zgarish qonuniyatlarini hamda loyihalash uchun zarur bo‘lgan binolarning amplituda-chastota ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli «ANDIJONFUQAROLOYIHA» MChJ loyihalash institutida "Andijon tumani (yangi Andijon) Dongqishloq QFYda ko‘p qavatli turar-joy bino (5 qavatli binolar, b qator, 25-uy) qurilishi" obektini loyihalashda jarayonida foydalanilgan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziriligining 2023 yil 4 dekabrdagi 24-06/12630-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarni qurilish obektining loyihalash jarayoniga qo‘llash natijasida hisob-loyiha ishlarining bajarilish vaqtini 1,22 martagacha tejash imkonini bergan;
zamin grunti va poydevor konstruksiyasining o‘zaro chiziqli va chiziqsiz xususiyatlarini inobatga olgan holda ko‘p qavatli binolarni seysmik kuchlar ta’siriga hisoblash usuli Farg‘ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hududiy boshqarmasida "Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri, Farg‘ona ko‘chasi 67-uyda joylashgan 5 qavatli turar-joy binosini qurish" obektini loyihalash jarayonida foydalanildi (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziriligining 2023 yil 4 dekabrdagi 24-06/12630-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni loyihalash jarayoniga qo‘llanilishi hisoblash ishlari sifati va mehnat unumdorligini 15% ortishiga hamda hisoblash jarayonlari qisqa muddatlarda hal bo‘lishiga erishilgan;
ko‘p qavatli binolarda noan’anaviy seysmik himoya tizimining yangi konstruktiv echimini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga foydalanishga topshirilib, QR 2.01-23 “Er inshootlari. Zamin va poydevorlar” qurilish reglamentida binolarni loyihalash va qurishda tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil                19 avgustdagi 09-06-6406 – son ma’lumotnomasi). Natijada seysmik hududlarda zilzilabardosh poydevorlarini loyihalash va qurish hisobiga binolarning seysmik xavfsizligini ta’minlashga erishilgan;
seysmik himoyalashning konstruktiv echimi dinamik yukli mashinalar poydevorlarini tebranishlarini himoyalash uchun "Qishloqqurishloyiha" MChJda yangi tahriridagi ShNK 2.02.05-22 "Dinamik yuklamali mashinalar poydevorlari" qurilish me’yoriy hujjatini qayta ishlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 09-06-6406 – son ma’lumotnomasi). Natijada dinamik yuklamali mashinalar poydevorlariga himoya qatlamini o‘rnatish orqali bino va inshootlarga ta’sir qiluvchi tebranishlarni kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish