Suyunov Alisher Abdig‘opporovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chorvachilik fermalari uchun takomillashgan ozuqa aralashtirgichning parametr va ish rejimlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4503
Ilmiy rahbar: Eshdavlatov Eshpulat Uzakovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Karshiev Faxridin Umarovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Abduraxmonov Urol Nurmatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chorvachilik fermalarining ozuqalarni edirishga tayyorlash sexlarida ozuqa aralashmasini oqimli usulda tayyorlashda texnologik jarayonning uzlyuksizligi, energiya va resurstejamkorligi, yuqori ish unumi va sifatini ta’minlaydigan ozuqa aralashtirgichning parametrlari va ish rejimini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chorvachilik fermalari uchun dag‘al va shirali ozuqalar, sanoat chiqindilari (shulxa, shrot) bilan kombikormani aralashtirish uchun shnek va yarim silindrik va gorizontal qismli qopqoq bilan jihozlangan ozuqa aralashtirgich konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
shnekning aylanish chastotasi undan uloqtirilgan ozuqa zarralarning qopqoqning yarim silindrik qismiga etib borib va undan shnekning qarama-qarshi tomoniga yo’naltirilishini ta’minlash shartidan kelib chiqqan holda aniqlangan;
qopqoqning yarim silindrik qismi parametrlari aralashtirish kamerasida shnekdan uloqtirilgan ozuqa zarralarining qopqoqdan qaytgandan keyin harakat yo’nalishi shnekning aylanishiga qarama-qarshi bo’lmasligi va ozuqa zarrachalarining kinetik energiyasini shnekka to’liq berilishi shartidan kelib chiqqan holda asoslangan;
ozuqa aralashtirgich ish unumi qopqoqning yarim silindrik qismi parametrlari va shnekning aylanish chastotasining o‘zaro ta’sirini e’tiborga olgan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Chorvachilik fermalarida ozuqalarni edirishga tayyorlash uchun resurstejamkor ozuqa aralashtirgichni ishlab chiqishning ilmiy-texnik echimlari bo’yicha olingan natijalar asosida:
takomillashgan ozuqa aralashtirgichga Rossiya Federatsiyasi Intellektual mulk bo’yicha Federal xizmatining foydali modelga patenti olingan («Smesitel` kormov», №205820 – 2021y.). Natijada chorvachilik fermalari uchun energiya va resurstejamkor ozuqa aralashtirgichni konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
chorvachilik fermalari uchun ozuqa aralashtirigich qurilmasi Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Koson tumanlari fermer xo’jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining 2024-yil 28-maydagi 05/04-04-220-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud ozuqa aralashtirigich qurilmalarga nisbatan foydalanishdagi to’g‘ridan-to’g‘ri xarajatlar 3,7 martagacha kamayishiga erishilgan;
chorvachilik fermalari uchun ozuqa aralashtirigichni ishlab chiqarishni o’zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari “BMKB-Agromash” AJ da ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (“BMKB-Agromash” AJning 2024-yil 16-apreldagi 04-29-son ma’lumotnomasi). Natijada chorvachilik fermalari uchun ozuqa aralashtirgichni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.