Fayziev Zafar Xaydarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“Faol elementli o‘z–o‘zini drenaj qiladigan gelioqurilmalarning gidrodinamik rejimlarini takomillashtirish”, 05.09.03–Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish ixtisosligi bo‘yicha, (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T4023.
Ilmiy rahbar: Rashidov Yusuf Karimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Eshmatov Mansur Musulmonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi konfuser-diffuzor tipidagi toraytiruvchi qurilmalar ko‘rinishidagi faol elementlarga ega bo‘lgan o‘z-o‘zini drenaj qiladigan quyosh qurilmalarining issiqlik-gidravlik konfiguratsiyalarini va faol elementning gidrodinamik xususiyatlarini takomillashtirish orqali samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konfuzor-diffuzor tipidagi o‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementlarning konstruksiyalarini va gidrodinamik xususiyatlarini takomillashtirish hamda termal-gidravlik taqsimlagichni qullash natijasida gidravlik konfiguratsiyasini yaxshilash asosida quyosh suv isitish kollektorlarini qishda muzlashdan va yozda issiqlik tashuvchisini qaynashidan himoya qiluvchi o‘z-o‘zini drenaj qiladigan gelioo‘rnatmalarning energiya samaradorligini oshirish usuli ishlab chiqilgan;
Eyler tenglamasini qo‘llash asosida variatsion hisoblash usuli bilan konfuzor-diffuzor tipidagi torayish moslamasining faol elementini aylanish sirtining eng kichik ichki oqim yuzasi aniqlash masalasi echilgan, buning natijasida ishqalanish va girdob hosil bo‘lishiga bosimning umumiy yo'qotilishini normal geometriyaga ega faol elementga nisbatan 5-10% gacha kamaytirishga erishilgan;
chegara qatlami nazariyasi va nisbiy muvofiqlik usulining zamonaviy talqinlariga asoslanib, konfuzor-diffuzor tipidagi toraytiruvchi qurilmaning kanalni hosil qiluvchi ishchi sirtning g‘adrbudurligini oqim gidrodinamik xarakteristikasiga ta’siri aniqlangan va gidravlik silliq devorga nisbatan qamrab oqish rejimiga g‘adrbudurlikni inobatga oluvchi tuzatma koeffisenti kiritish tavsiya etilgan;
eng kichik ichki qamrab oqib o‘tuvchi sirtga ega, konfuzor-diffuzor tipidagi toraytiruvchi qurilmaning aktiv elementining siqilish darajasi 2 dan 5 gacha bo‘lgan, qovushqoq oqim zonasida xarakatlanayotgan suyuqlikning, mahalliy qarshilik koeffisentini qiymatini hisoblash uchun kriterial tenglama olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Faol elementli o‘z – o‘zini drenaj qiladigan gelioqurilmalarning gidrodinamik ish rejimlarini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida quyidagilar amaliyotga tatbiq etildi:
o‘z – o‘zini drenaj qiladigan gelioqurilmalarning issiqlik-gidravlik taqsimlagichni qo‘llash orqali ularning gidravlik konfiguratsiyasini takomillashtirish va konfuzor-diffuzor turidagi o‘z-o‘zidan boshqariladigan faol elementlarning gidrodinamik xarakteristikalarini yaxshilashga asoslangan energetik samaradorligini oshirish usuli, "O‘zshaharsozlikLITI" DUKning Samarqand filiali tomonidan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg'on tumani Kattaqo‘rg'on shahri, Bobur ko‘chasi, Sarmozor mahallasida joylashgan besh qavatli 45 xonali turar-joy binosining quyosh issiq suv ta'minoti tizimining samaradorligi oshirish uchun amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 9-dekabrdagi 20-06/13782-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, gelioqurilmada issiqlik tashuvchisini aylanishi uchun sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarini 60-75 foizga kamaytirishga, shuningdek, quyosh energiyasidan foydalanish samaradorligini 17-22 foizga oshirishga erishilgan;
o‘z – o‘zini drenaj qiladigan gelioqurilmalarning issiqlik-gidravlik taqsimlagichni qo‘llash orqali ularning gidravlik konfiguratsiyasini takomillashtirish va konfuzor-diffuzor turidagi o‘z-o‘zidan boshqariladigan faol elementlarning gidrodinamik xarakteristikalarini yaxshilashga asoslangan energetik samaradorligini oshirish usuli, Samarqand viloyati, Payariq tumani "ShUNQOR AXMEDOV" xususiy korxonasi tomonidan "Samarqand viloyati hududida 120 o‘rinli ikki qavatli bolalar bog'chasi binosini qurish" loyihasini ishlab chiqishda quyosh issiq suv ta'minoti tizimining samaradorligini oshirish maqsadida, Payariq tumani, Eshimoksok qishlog'i, SJR Hakobod "bolalar bog'chasining issiq suv ta'minoti gelio qurilmasida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 9-dekabrdagi 20-06/13782-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, gelioqurilmada issiqlik tashuvchisini aylanishi uchun sarflanadigan elektr energiyasining narxini 60-75% ga kamaytirishga, shuningdek, quyosh energiyasidan foydalanish samaradorligini 15-20% ga oshirishga erishilgan.