Muldanov Fayzi Riskulovichaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Robot ko‘z analizatorida inson yuz tasvirini geometrik xususiyatlari asosida tanib olishning algoritmlari va dasturiy majmuasi”, 05.01.01 – “Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.4.PhD/T680
Ilmiy rahbar: Turapov Ulugbek Urazkulovich, texnika fanlari nomzodi, v.b.professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika inistituti
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Djumanov Jamoljon Xudaykulovich, texnika fanlari doktori, professor, Muxiddinov Muxriddin Nuriddin o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. robot ko‘z analizatorida inson yuz tasvirini geometrik harakteristikalari yordamida tanib olishning, algoritmlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Robot ko‘z analizatori tizimi asosida olingan shaxs yuzi tasvirini identifikatsiyalash modeli, videotasvirdan qidirilayotgan shaxs yuz tasviri joylashgan informativ sohani aniqlashning tezkor algoritmi ishlab chiqilgan;
turli sharoitlar (kunduzgi va tungi)da shaxs yuzining geometrik xarakteristikalari va yuz tasvirlarining sifatini oshirish asosida parametrlarini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
korrelyasiya koeffisienti usuli yordamida ma’lumotlar bazasidan inson yuz sohasining vizual shakl parametrlarining nuqtalar oraligi bo‘yicha identifikatsiyalash hamda ta’nib olish algoritmi yaratilgan;
MapReduce texnologiyasi asosida inson yuzi tasvirlarida zichlik xaritasi bo‘yicha ranglar maydoni, chegarasi va yorqinlikni identifikatsiyalash jarayonlarini tezkor hisoblashning funksional sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Robot ko‘z analizatori tizimini yaratishning algoritmlari va dasturiy majmuasi ishlab chiqish uchun algoritmlar va dasturiy vositalar majmuasini loyihalash asosida:
Videotasvirdan qidirilayotgan shaxs yuz tasviri joylashgan informativ sohani aniqlashning tezkor algoritmi va dasturiy vositasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Janubi-G‘arbiy Maxsus harbiy okrugi 11130-harbiy qismida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021- yil 22- oktyabrdagi 33-8/7448- son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan dasturiy vositani qo‘llash orqali kuzatuv kamerasidan olingan shaxs yuz tasvirni identifikatsiyalash jarayonlarini samaradorligini oshirish imkonini bergan.
Turli sharoitlar (kunduzgi va tungi)da shaxs yuz tasvirlarining sifat parametrlarini aniqlash algoritmi asosidagi dasturiy vositasi «O‘zbektelekom» AK Jizzax filiali joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 22 oktyabrdagi 33-8/7448- son ma’lumotnomasi); Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan dasturiy vositani qo‘llash tashkilot binosiga kirishi tizimining tungi nazoratchilarga to‘lanadigan sarf xarajatlarni 30-35% ga kamaytirish imkonini bergan.
Korrelyasiya koeffisienti usulida videotasvirdagi inson yuz sohasining vizual sifat parametrlariga asosan identifikatsiyalash algoritmi va dasturiy vosita «Kompaniya lider kapital» MChJ korxonasida istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha kelgusi texnik loyihalarda joriy qilinishi munosabati bilan dalolatnoma tuzilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 22 oktyabrdagi 33-8/7448- son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan dasturiy vositani qo‘llash tashkilotlarga kirish tizmi xavfsizligini 2.5 marta oshirish imkoni yaratilgan.
MapReduce texnologiyasi asosida inson yuzi tasvirlarini identifikatsiyalash jarayonlarini tezlashtirishning dasturiy vosita «Temurshoxnodir servis» xususiy korxonasida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021yil 22 oktyabrdagi 33-8/7448- son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan dasturiy vositani qo‘llash tashkilotlarga kirivchi va chiquvchi shaxslar nazoratiga sarflanadigan vaqtni 25% qisqartirish imkonini bergan.