Homidov Feruz Qosimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Endokrinologik yordam milliy dasturi doirasida aholi orasida qandli diabet profilaktikasini takomillashtirish”, 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Tib1108.
Ilmiy maslaxatchi: Abdullaeva Dilafruz Gayratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Gulnoza Tulkinovna,tibbiyot fanlari doktori, professor, Raxmonova Lola Karimovna,tibbiyot fanlari doktori, professor, Raximova Gulnora Nishonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti
II. Tadqiqotning maqsadi aholi orasida qandli diabet profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
2-tur qandli diabet bilan xastalangan katta yoshli bemorlarda ortiqcha tana vazni va semizlik tarqalishida yetakchi xavf omillarining bemorlar yoshi, jinsi, tana vazni indeksi, jismoniy faolligi bilan o‘zaro bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
ilk bor PPARG genining Pro12→Ala genotipi Pro12Ala alleli tashuvchilari o‘zbek populyasiyasidagi 2-tur qandli diabet va semizlik bilan xastalangan bemorlarda Pro12 gomozigot alleli tashuvchilariga nisbatan ishonchli ortishi hamda Pro12 alleli tana vazni me’yorda bo‘lgan QD-2 bemorlarida 4 marta ko‘proq uchrashi, Ala12 gomozigot alleli QD-2 bemorlarida umuman uchramasligi isbotlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasidagi 2-tur qandli diabet bilan xastalangan ayollarda erkaklarga nisbatan PPARG genining C1431T genotipi T/T alleli tashuvchilari S/T va T/T alleli tashuvchilariga nisbatan ishonchli darajada ortishi isbotlangan;
2-tur qandli diabet va uning asoratlari yetakchi xavf omillarini erta bashoratlash dasturiy modeli yaratilgan;
endokrinologik yordam milliy dasturi doirasida aholi orasida 2-tur qandli diabet profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi hudud sharoitiga mos ravishda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Endokrinologik yordam milliy dasturi doirasida aholi orasida 2-tur qandli diabet profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: 2-tur qandli diabet bilan xastalangan katta yoshli bemorlarda ortiqcha tana vazni va semizlik tarqalishida yetakchi xavf omillarining bemorlar yoshi, jinsi, tana vazni indeksi, jismoniy faolligi bilan o‘zaro bog‘liqligi ilmiy asoslanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan 2024 yil 12 martda 24-m/019-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet prediktorlarini erta aniqlash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 26.07.2024 yildagi 207-son, Qashqadaryo filiali bo‘yicha 01.08.2024 yildagi 124-t-son hamda Navoiy viloyat endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 11.10.2024 yildagi 91-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/63-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 2-tur qandli diabet bemorlarini tekshiruvdan o‘tkazish asosida surunkali xamroh xastaliklarni erta aniqlash va asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur asoratlarni davolash uchun sarflanadigan byudjet mablag‘lari 2-tur qandli diabet bo‘yicha xavf guruhini erta aniqlash orqali iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: PPARG genining Pro12→Ala genotipi Pro12Ala alleli tashuvchilari o‘zbek populyasiyasidagi 2-tur qandli diabet va semizlik bilan xastalangan bemorlarda Pro12 gomozigot alleli tashuvchilariga nisbatan ishonchli ortishi hamda Pro12 alleli tana vazni me’yorda bo‘lgan QD-2 bemorlarida 4 marta ko‘proq uchrashi, Ala12 gomozigot alleli QD-2 bemorlarida umuman uchramasligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan 2024 yil 12 martda 24-m/019-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet prediktorlarini erta aniqlash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 26.07.2024 yildagi 207-son, Qashqadaryo filiali bo‘yicha 01.08.2024 yildagi 124-t-son hamda Navoiy viloyat endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 11.10.2024 yildagi 91-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/63-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: PPARG genining Pro12→Ala genotipi allellari uchrash sonini tahlili asosida 2-tur qandli diabet xavf guruhini erta aniqlash va asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur asoratlarni davolash uchun sarflanadigan byudjet mablag‘lari 2-tur qandli diabet bo‘yicha xavf guruhini erta aniqlash orqali iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: o‘zbek populyasiyasidagi 2-tur qandli diabet bilan xastalangan ayollarda erkaklarga nisbatan PPARG genining C1431T genotipi T/T alleli tashuvchilari S/T va T/T alleli tashuvchilariga nisbatan ishonchli darajada ortishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan 2024 yil 12 martda 24-m/019-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet prediktorlarini erta aniqlash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 26.07.2024 yildagi 207-son, Qashqadaryo filiali bo‘yicha 01.08.2024 yildagi 124-t-son hamda Navoiy viloyat endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 11.10.2024 yildagi 91-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/63-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: PPARG genining C1431T genotipi T/T, S/T va T/T alleli uchrash sonini tahlili asosida 2-tur qandli diabet xavf guruhini erta aniqlash va asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur asoratlarni davolash uchun sarflanadigan byudjet mablag‘lari 2-tur qandli diabet bo‘yicha xavf guruhini erta aniqlash orqali iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: 2-tur qandli diabet va uning asoratlari yetakchi xavf omillarini erta bashoratlash dasturiy modeli yaratilganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan 2024 yil 12 martda 24-m/019-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet prediktorlarini erta aniqlash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 26.07.2024 yildagi 207-son, Qashqadaryo filiali bo‘yicha 01.08.2024 yildagi 124-t-son hamda Navoiy viloyat endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 11.10.2024 yildagi 91-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/63-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 2-tur qandli diabet va uning asoratlari yetakchi xavf omillarini erta bashoratlash dasturiy modeli asosida 2-tur qandli diabet xavf omillarini va xastalik asoratlarini erta aniqlash va bashoratlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur asoratlarni davolash uchun sarflanadigan byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: endokrinologik yordam milliy dasturi doirasida aholi orasida 2-tur qandli diabet profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi hudud sharoitiga mos ravishda ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan 2024 yil 12 martda 24-m/020-son bilan tasdiqlangan «Endokrinologik yordam milliy dasturi doirasida profilaktik xizmatni samarali tashkil etishni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 26.07.2024 yildagi 207-son, Qashqadaryo filiali bo‘yicha 01.08.2024 yildagi 124-t-son hamda Navoiy viloyat endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 11.10.2024 yildagi 91-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/63-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: endokrinologik yordam milliy dasturi doirasida aholi orasida 2-tur qandli diabet profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi xastalik prediktorlarini erta aniqlash va 2-tur qandli diabet asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: profilaktik xizmat faoliyatini takomillashtirish va aholi orasida 2-tur qandli diabetni oldini olish orqali davlat byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.