Maxmudova Nodira Uktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ta’lim turizmini samarali rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3382
Ilmiy rahbar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, 453.03/27.09.2024.I.72.05
Rasmiy opponentlar: Safarov Bahodir Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xidirova Gavhar Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ta’lim turizmini samarali rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini asoslash bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ta’lim turizmi” tushunchasi iste’molchilarning xizmatni taklif etuvchilardan ma’lumot, bilim, mahorat va ko‘nikmaga ega bo‘lish maqsadidagi turistik bozor talabi omillariga ustuvorlik berishi asosida takomillashtirilgan;
jahon ta’lim turizmi ko‘lamini baholash uslubiyotini takomillashtirishda Top-1000 universitetlar reytingiga kirishda internationalization, internship, integration, informatization, intelligence, innovative, investment omillariga asoslanuvchi “7 I” tamoyillar tizimiga ustuvorlik berish taklifi asoslangan;
ta’lim turizmi xizmatlarini rivojlantirishda iste’molchi nuqtai nazaridan maqbul omillar sifatida tizimlilik, resurslardan foydalanish salohiyati, ko‘p darajalilik, fanlararo aloqadorlik, madaniyatlararo munosabatlar, pedagogik kompetentlik, mijozga yo‘naltirilganlik, mahoratlilik, vaqtning cheklanganligi, raqamlashtirilganlik, ko‘p tillilik, innovasion yondashuv, umumiy sifat menejmenti, davomiylik omillarining integrasiyasiga asoslanuvchi “SUSTAINABILITY” tizimi asoslangan;
O‘zbekistonda ta’lim turizmi bo‘yicha tashrif buyuruvchi talabalar soni o‘zgarishiga inflyasiya darajasi, Top-1000 talikka kiruvchi universitetlar soni, o‘rtacha o‘qish shartnoma to‘lovi, talaba xavfsizlik koeffisienti va yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga hajmining ta’sirini baholash asosida 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda taʼlim turizmini samarali rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ta’lim turizmi” tushunchasi iste’molchilarning xizmatni taklif etuvchilardan ma’lumot, bilim, mahorat va ko‘nikmaga ega bo‘lish maqsadidagi turistik bozor talabi omillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganlik taklifidan “Turizmologiya” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 03-fevraldagi 60-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 60-1 sonli guvohnoma);
Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ta’lim turizmini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini tizimli tashkil etishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarda nazariy bilim, amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga erishish imkoni yaratilgan. Tadqiqot ishi natijalari “Turizmologiya” fani mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan;
jahon ta’lim turizmi ko‘lamini baholash uslubiyotini takomillashtirishda Top- 1000 universitetlar reytingiga kirishda internationalization, internship, integration, informatization, intellegence, innovative, investment omillariga asoslanuvchi “7 I” tamoyillariga ustuvorlik berish taklifidan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim xizmatlari eksportini oshirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 07-iyundagi 4/17-4/4-06/186-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarining jozibadorligini oshirish, xalqaro investisiyalarni jalb qilish, ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan;
ta’lim turizmi xizmatlarini rivojlantirishda iste’molchi nuqtai nazaridan maqbul omillar sifatida tizimlilik, resurslardan foydalanish salohiyati, ko‘p darajalilik, fanlararo aloqadorlik, madaniyatlararo munosabatlar, pedagogik kompetentlik, mijozga yo‘naltirilganlik, mahoratlilik, vaqtning cheklanganligi, raqamlashtirilganlik, ko‘p tillilik, innovatsion yondashuv, umumiy sifat menejmenti, davomiylik omillarining integratsiyasiga asoslanuvchi “SUSTAINABILITY” tizimi asoslangan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan “Romitan va Kogon tumanlarining turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 12-dekabrdagi 03-12-17-9124-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Kogon, Romitan, G‘ijduvon, Vobkent tumanlari hamda Buxoro shahrining “tashrif qog‘ozi”ni ishlab chiqish va targ‘ibotini amalga oshirish imkoni yaratilgan.
O‘zbekistonda ta’lim turizmi bo‘yicha tashrif buyuruvchi talabalar soni o‘zgarishiga inflyasiya darajasi, Top-1000 talikka kiruvchi universitetlar soni, o‘rtacha shartnoma to‘lovi, talaba xavfsizlik koeffisienti va yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga hajmining ta’sirini baholash asosida 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasining barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan Amaliy tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 12-dekabrdagi 03-12-17-9124-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ta’lim turizmi eksporti hajmi 2024-2028 yillar davomida yillik o‘rtacha o‘sishi 8,5 foiz diapazonga teng bo‘lgan maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari islab chiqilgan.