Xalimova Nigina Jafarbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ““Turistik destinatsiyalarda ijtimoiy mediadan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3673
Ilmiy rahbar: Hamroev Halim Roziqovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.1.72.05
Rasmiy opponentlar: Qodirov Azizjon Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turistik destinatsiyalarda ijtimoiy mediadan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“turizmda ijtimoiy media” tushunchasining iqtisodiy mazmuni turistik iste’molchilar nuqtai nazaridan “sayohatning 3 fazasi”da, ta’minotchilar nuqtai nazaridan “onlayn texnologiyalarning 5 funksiyasi”da foydalanish jihatlariga ko‘ra  takomillashtirilgan;
turistik destinatsiyalarning ijtimoiy media faoliyatini kompleks tarzda samarali tashkil etish yondoshuvi “Strategiya”, “Brend”, “Ta’rif”, “Kontent reja”, “Hikoyalar rejasi”, “Targ‘ibot” bosqichlardan iborat 6 bo‘g‘inli “Turistik destinatsiyalarning ijtimoiy media modeli (TDIMM)” tizimini yaratish orqali takomillashtirilgan;
hududlarning turistik jozibadorligini oshirish yondoshuvi Buxoro viloyatining ijtimoiy mediadagi rasmiy akkauntlaridan foydalanib, kontent turi, mavzusi, shakli, sarlavhasi, izohi, e’lon qilinish vaqtlariga asoslanuvchi akkauntlarning samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan namunaviy kontent reja asosida takomillashtirilgan;
Buxoro viloyatiga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar oqimi dinamikasining o‘zgarishiga asoslangan holda 2030-yilgacha bo‘lgan xorijiy turistlar oqimining istiqboldagi prognoz natijasi asosida ijtimoiy media strategiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turistik destinatsiyalarda ijtimoiy mediadan foydalanishni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“turizmda ijtimoiy media” tushunchasining iqtisodiy mazmuni turistik iste’molchilar nuqtai nazaridan “sayohatning 3 fazasi”da,  ta’minotchilar nuqtai nazaridan “onlayn texnologiyalarning 5 funksiyasi”da foydalanish jihatlariga ko‘ra  takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 3-ilovasi “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 03-12-17-5832-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Turizmda ijtimoiy media” tushunchasi ikki tomonlama yondashuv asosida o‘rganilib, ijtimoiy media orqali turistik destinatsiyalar faoloyatini olib borishda uzatiladigan ma’lumotlarning keng qamrovligi hamda barcha turizm qatnashuvchilarini o‘z ichiga olishiga erishilgan.
turistik destinasiyalarning ijtimoiy media faoliyatini kompleks tarzda samarali tashkil etishda “Strategiya”, “Brend”, “Ta’rif”, “Kontent reja”, “Hikoyalar rejasi”, “Targ‘ibot” bosqichlaridan iborat 6 bo‘g‘inli “Turistik destinatsiyalarning ijtimoiy media modeli (TDIMM)”ga asosalanuvchi yondoshuv maqsadga muvofiqligi ilmiy asoslangan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 7-chora-tadbiri, 3-ilovasida tasdiqlangan yoʻl xaritaning 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 03-12-17-5832-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistik destinasiyalarning ijtimoiy media akkauntlari tashkil etilishidan boshlab, targ‘ibot bosqichiga kelguniga qadar shakllantirilish orqali sifatning yaxshilanishi, bu esa, o‘z navbatida, ijtimoiy media sifat darajasi 1% ga ortganda, viloyatga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini 0,68% ga oshishiga olib kelishi asoslandi.
hududlarning turistik jozibadorligini oshirish yondoshuvi Buxoro viloyatining ijtimoiy mediadagi rasmiy akkauntlaridan foydalanib, kontent turi, mavzusi, shakli, sarlavhasi, izohi, e’lon qilinish vaqtlariga asoslanuvchi akkauntlarning samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan namunaviy kontent reja asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 4-bandi, 1-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 03-12-17-5832-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro turistik destinasiyasi ijtimoiy media orqali e’lon qiladigan mavzulari aniqlanishi va har oyda bir marta berilgan namunaviy reja asosida yangilanib borilishi imkoniyati yaratilgan.
Buxoro viloyatiga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar oqimi dinamikasining o‘zgarishiga asoslangan holda 2030-yilgacha ishlab chiqilgan xorijiy turistlar oqimining istiqboldagi prognozini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tomonidan turizmini rivojlantirishning mintaqaviy dasturlari va “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 03-12-17-5832-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish, turistlar oqimini 2030-yilda 2023-yilga nisbatan 4,09 marotaba ko‘payish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish