Raxmatov Akmal Anvar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Savdo xizmatlari sohasi raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05–“ Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD\Iqt 4027
Ilmiy rahbar: Po‘latov Muhiddin Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: savdo xizmatlari sohasi raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“savdo xizmatlari” tushunchasining ilmiy-nazariy moxiyati xizmatlar tarkibida mijozlarning individual iste’mol talabiga asosan raqobatbardosh xizmatlar ko‘rsatish asosida qo‘shimcha qiymat hajmini oshirishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
savdo xizmatlari raqobatbardoshligini haridorlar va tovarlar oqimini boshqarishning iste’mol xulq-atvori tamoyil va qoidalariga asoslangan holda harid tanloviga ta’sir etishning servislashgan vosita hamda yo‘nalishlari orqali oshirish asoslantirilgan;
savdo xizmatlarini kursatuvchi subektlar faoliyatini integral baxolash buyicha uslubiy yondashuv asosida savdo xizmatlari rakobatbardoshligining “past” (17,9-30,5), “urtachadan past” (30,6-43,1), “urtacha” (43,2-55,7), urtachadan yukori” (55,8-68,3) va “yukori” (68,4-81,1) mikdoriy chegaralari asoslangan;
Buxoro viloyatida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari tovar aylanmasi hajmining o‘sish dinamikasi, yangi tashkil etilgan savdo korxonalari soni dinamikasi, tovarlar importi dinamikasi hamda mavsumiylik darajasini hisobga olgan holda savdo sohasini rivojlantirishning 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Savdo xizmatlari sohasi raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida:
savdo xizmatlari raqobatbardoshligini hududiy bozorlarni kengaytirish, kishi boshiga to‘g‘ri keladigan savdo nuqtalari sonini ko‘paytirish hisobiga ekstensiv o‘sish va marketing boshqaruvi, savdo xodimlari malakasi, servis muhiti, tovar va xizmatlarning harid afzalligini oshirish orqali intensiv o‘sish yo‘nalishlarida oshirish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining vakolatli organlar bilan hamkorlik yo‘nalishida amaliyotda qo‘llash uchun hamda Buxoro viloyati “Domovoy” MChJ faoliyatiga amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2-avgust 2024-yildagi PhD/08-10-25-13225-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish asosida Buxoro viloyatida chakana savdo korxonalarining aholi punktlari va ularning soniga mos ravishda savdo korxonalari sonining hududlarda etishmasligi, intensiv o‘sish yo‘llari sifatida raqamli marketing texnologiyalari, savdo xodimlari malakasini muntazam oshirib borish va savdo innovatsiyalarini kengaytirish orqali savdo xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatilari asoslangan.
haridorlar va tovarlar oqimini boshqarishning merchendayzing tamoyil va qoidalariga asoslangan harid tanloviga ta’sir etishning vosita hamda yo‘nalishlari orqali savdo xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishning mexanizmini qo‘llash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining vakolatli organlar bilan hamkorlik yo‘nalishida hamda Buxoro viloyati “Domovoy” MChJ faoliyatiga amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2-avgust 2024-yildagi PhD/08-10-25-13225-son ma’lumotnomasi). Natijada savdo korxonalarida mahalliy savdo korxonalari faoliyatida tovarlarni sotuv hajmi, mijozlarga tovarlarni merchendayzingning asosiy assortiment va naqd pul oqimini tashkil qilishi, asosiy foydani shaklantishi hamda korxona imijini shakllantirishi mezonlariga va tamoyillariga ko‘ra joylashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan.
savdo xizmatlari raqobatbardoshligining integral ko‘rsatkichini guruhlash asosida (“past” (17,9-30,5), “o‘rtachadan past” (30,6-43,1), “o‘rtacha” (43,2-55,7), o‘rtachadan yuqori” (55,8-68,3) va “yuqori” (68,4-81,1) integral baholash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining vakolatli organlar bilan hamkorlik yo‘nalishida hamda Buxoro viloyati “Domovoy” MChJ faoliyatiga amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2-avgust 2024-yildagi PhD/08-10-25-13225-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik raqobatbardoshlikni baholashning uslubiy apparatini yanada boyitishga, savdo xizmatlarining iste’mol nafliligini oshirishga, savdo xodimlari malakasini qayta tashkillashtirish, savdo xizmatlari raqobat ustunligiga erishishni innovatsion savdo xizmatlar va texnologiyalari negizida xaridorlarni keng jalb qilishda savdoning merchendayzing texnologiyasini rivojlantirish imkonini bergan.
Buxoro viloyatida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari tovar aylanmasi hajmining o‘sish dinamikasi, yangi tashkil etilgan savdo korxonalari soni dinamikasi, tovarlar importi dinamikasi hamda mavsumiylik darajasini hisobga olgan holda savdo sohasini rivojlantirishning 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan hamda Buxoro viloyati “Domovoy” MChJ faoliyatiga amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2-avgust 2024-yildagi PhD/08-10-25-13225-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognozlash uslubiyati hamda parametrlarini amaliyotda qo‘llash asosida Buxoro viloyatida ulgurji va chakana savdo xizmatlarining “o‘sish omillari” ni aniqlash, 2026-2027 yillarda savdo xizmatlari hajmining intensiv va ekstensiv omillar ta’sirida 18,5% gacha o‘sishiga erishish imkonini beruvchi optimistik hamda 12,7% ga pasayish ehtimolini bartaraf etish
bo‘yicha pessimistik prognoz ssenariysini ishlab chiqish imkonini bergan.