Boymatova Munavvar Ravshan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mutaxassislik fanlari asosida pedagogik muloqotga ekstravertal yondashuvni shakllantirish metodikasini takomillashtirish (ona tili fani misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.2.PhD/Ped5017.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Oripova Nodimi Xalilovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mutaxassislik fanlari asosida pedagogik muloqotga ekstravertal yondashuvni shakllantirish metodikasini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mutaxassislik fanlari asosida pedagogik muloqotga ekstravertal yondashuvni shakllantirish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari pedagogik vaziyatga ekstravertal yondashuvning psixologik-pedagogik mazmuni shaxs individual tipologik xususiyatlaridagi tashqi yoki ichki olamga bog‘liqlik tipologiyasini tasniflash hamda pedagogik faoliyat va kommunikativ menejment sinxronizatsiyasidagi farqli jihatlarni ko‘rsatish asosida aniqlashtirilgan;
mutaxassislik fanlari asosida pedagogik muloqotga ekstravertal yondashuvni shakllantirish metodikasi ekstravertal holat va ular faoliyatida foydalanadigan muloqot uslublarining mazmuni pedagogik muloqotning faoliyat yo‘nalishlari, stimullari va motivatsiya xususiyatlariga ko‘ra belgilash hamda pedagogning xulq strategiyalarini ta’lim mazmuniga xos darajalash asosida aniqlashtirilgan;
mutaxassislik fanlari asosida pedagogik muloqotga ekstravertal yondashuvni shakllantirish  modeli metodik blok mazmuniga shaxs kommunikativligining ambivertal, introvertal darajalariga muvofiq emotsional barqarorlik, empatiya, suhbatdoshini tinglay olish mezonlariga bosqichma-bosqich variatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ona tili darslarida bo‘lajak o‘qituvchilarda muloqotga ekstravertal yondashuvni shakllantirish metodikasi ijodiy muloqotni lingvo-emotsional boshqarish, kommunikativ bag‘rikenglik diagnostikasi va emotsional barqarorlikni aniqlash hamda qayta aloqaga kirishish mobilligini dinamik oshirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tilidan amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalarda pedagogik muloqotga ekstravertal yondashuvni shakllantirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
mutaxassislik fanlari asosida pedagogik muloqotga ekstravertal yondashuvni shakllantirish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari pedagogik vaziyatga ekstravertal yondashuvning psixologik-pedagogik mazmuni shaxs individual tipologik xususiyatlaridagi tashqi yoki ichki olamga bog‘liqlik tipologiyasini tasniflash hamda pedagogik faoliyat va kommunikativ menejment sinxronizatsiyasidagi farqli jihatlarni ko‘rsatish asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlar Jizzax politexnika instituti ilmiy tadqiqot rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2024-yil 17-sentyabrdagi 03-1834-1823-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga doir kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni metodik jihatdan takomillashtirishiga xizmat qilgan;
mutaxassislik fanlari asosida pedagogik muloqotga ekstravertal yondashuvni shakllantirish metodikasi ekstravertal holat va ular faoliyatida foydalanadigan muloqot uslublarining mazmuni pedagogik muloqotning faoliyat yo‘nalishlari, stimullari va motivatsiya xususiyatlariga ko‘ra belgilash hamda pedagogning xulq strategiyalarini ta’lim mazmuniga xos darajalash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 30- dekabrdagi 429-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 429-510-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni ona tili ta’limiga tayyorlash jarayoni tizimli tashkil etilishiga xizmat qilgan;
mutaxassislik fanlari asosida pedagogik muloqotga ekstravertal yondashuvni shakllantirish  modeli metodik blok mazmuniga shaxs kommunikativligining ambivertal, introvertal darajalariga muvofiq emotsional barqarorlik, empatiya, suhbatdoshini tinglay olish mezonlariga bosqichma-bosqich variatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 13- maydagi 166-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 166-117-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik muloqotga ekstravertal yondashuvga tayyorlash jarayoni metodik jihatdan boyitilishiga xizmat qilgan;
ona tili darslarida bo‘lajak o‘qituvchilarda muloqotga ekstravertal yondashuvni shakllantirish metodikasi ijodiy muloqotni lingvo-emotsional boshqarish, kommunikativ bag‘rikenglik diagnostikasi va emotsional barqarorlikni aniqlash hamda qayta aloqaga kirishish mobilligini dinamik oshirish asosida takomillashtirishga oid takliflar  “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 166-117-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik muloqotga ekstravertal yondashuvga tayyorlashning metodik mazmuni boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish