Yaxyaeva Gulhayo Murot qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak psixologlarda kasbiy mas’uliyat hissini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P668.
Ilmiy rahbar: Rustamov Shavkat Shuxratovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Do‘sanov Elbek Absamatovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak psixologlarda kasbiy mas’uliyat hissini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak psixologlarda kasbiy mas’uliyat hissini shakllanishida irodaviy sifatlarining yoshga oid xususiyatlar va o‘quv faoliyati motivlarini o‘zaro bir-biriga uyg‘un holda namoyon bo‘lishidagi dinamik xususiyatlarga ko‘ra, differensial farqlarning mavjudligi dalillangan;
bo‘lajak psixologlardagi kasbiy ustanovkalarning mas’uliyat hissini namoyon bo‘lishiga ta’siri natijasida ta’lim jarayonidagi kommunikativ motivlarning optimizmga, omadsizlikdan qochish motivini qat’iyasizlikka, ijtimoiy motivlarning shaxsning o‘z imkoniyatlarini baholash xususiyatlariga integrativ namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli ustuvor o‘quv motivlari psixologik determinant ekanligi asoslangan;
bo‘lajak psixologlardagi kasbiy tasavvurlarni shakllanishiga ustanovkalarning ta’siri natijasida axloqiy-estetik refleksiyaning optimizmga, axloqiy-estetik sezgirlikning ratsionallikka, ekzistensial mas’uliyatning boshqalarga bog‘liqlikka, altruizmning o‘z imkoniyatlarini baholash darajasiga integrativ namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxs axloqiy-etik mas’uliyat sifatlari muhim determinant ekanligi dalillangan;
bo‘lajak psixologlarda kasbiy mas’uliyat hissini shakllantirishning pedagogik-psixologik modeli shaxsning o‘quv faoliyatidagi qiyinchiliklarni oson va pozitiv engib o‘tish ko‘nikmasini axloqiy burch hissiga integrativ rivojlanishi muhimligi tufayli, “ekzistensial”, “ratsional” komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak psixologlarda kasbiy mas’uliyat hissini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak psixologlarda kasbiy mas’uliyat hissini shakllanishida irodaviy sifatlarning yoshga oid xususiyatlar va o‘quv faoliyati motivlarini o‘zaro bir-biriga uyg‘un holda namoyon bo‘lishidagi dinamik xususiyatlarga ko‘ra, differensial farqlarning mavjudligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-191-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-191a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixologlarda kasbiy mas’uliyat hissini shakllanishi bilan bog‘liq differensial farqlar aniqlashtirilgan;
bo‘lajak psixologlardagi kasbiy ustanovkalarining mas’uliyat hissini namoyon bo‘lishiga ta’siri natijasida ta’lim jarayonidagi kommunikativ motivlarning optimizmga, omadsizlikdan qochish motivini qat’iyasizlikka, ijtimoiy motivlarning shaxsning o‘z imkoniyatlarini baholash xususiyatlariga integrativ namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli ustuvor o‘quv motivlari psixologik determinant ekanligi asoslangan ma’lumotlar o‘quv motivlari yetakchi mezon ekanligi asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-191-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-191a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixologlardagi kasbiy ustanovkalarning mas’uliyat hissini namoyon bo‘lishiga ta’siri bilan bog‘liq o‘quv motivlari ochib berilgan;
bo‘lajak psixologlardagi kasbiy tasavvurlarni shakllanishiga ustanovkalarning ta’siri natijasida axloqiy-estetik refleksiyaning optimizmga, axloqiy-estetik sezgirlikning ratsionallikka, ekzistensial mas’uliyatning boshqalarga bog‘liqlikka, altruizmning o‘z imkoniyatlarini baholash darajasiga integrativ namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxs axloqiy-etik mas’uliyat sifatlari muhim determinant ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-191-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-191a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixologlardagi kasbiy tasavvurlarni shakllanishiga ustanovkalarning ta’siri bilan bog‘liq omillar differensiatsiyalashtirilgan;
bo‘lajak psixologlarda kasbiy mas’uliyat hissini shakllantirishning pedagogik-psixologik modeli shaxsning o‘quv faoliyatidagi qiyinchiliklarni oson va pozitiv engib o‘tish ko‘nikmasini axloqiy burch hissiga integrativ rivojlanishi muhimligi tufayli, “ekzistensial”, “ratsional” komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-191-son buyrug‘i bilan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-191a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixologlarda kasbiy mas’uliyat hissini shakllantirishning pedagogik-psixologik modeli ishlab chiqilgan.