Tajibaev Shohruh Maqsudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab o‘qituvchilarida stressga barqarorlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P806.
Ilmiy rahbar: Ulug‘ova Shahlola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Karshieva Dilafro‘z Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab o‘qituvchilarida stressga barqarorlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab o‘qituvchilarida stressga barqarorlikning darajaviy ifodalanishiga ko‘ra, shaxsning o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmaslik yoki kasbiy o‘zgarishlarga moslasha olmaslik, kauzusli vaziyatlarni og‘riqli qabul qilish bilan determinatsiyalashgan holatlar shaxsning o‘z xulq-atvorini tartibga solish darajasining psixologik tuzilma sifatida namoyon bo‘lishi natijasida ish tajribasiga bog‘liq differensial farqlar mavjudligi asoslangan;
maktab o‘qituvchilarida stressga barqarorlikni namoyon bo‘lishi shaxsning kauzusli vaziyatlardagi muammoni hal qilish strategiyasini konfrontatsion koping, masofa saqlash, o‘zini o‘zi nazorat qilish, ijtimoiy yordam izlashni javobgarlikni qabul qilish, muammodan qochish strategiyasini o‘zini chetga olish xususiyatiga uyg‘un holda yuzaga chiqishiga asoslanib, pedagogik jamoaning o‘zini o‘zi ijtimoiy psixologik baholash darajasiga identiv ekanligi isbotlangan;
maktab o‘qituvchilarining stressga barqarorligini namoyon bo‘lishida shaxslararo munosabatlardagi raqobatga intilish va moslashuvchanlik “muammoni hal qilish”, hamkorlikka intilish “ijtimoiy yordam izlash”, murosalilikka intilish esa “muammodan qochish” koping indikatorlarini faollashtirganligi tufayli nizoli vaziyatlardagi xulq-atvor strategiyasi muhim psixologik omil sifatida dalillangan;
maktab o‘qituvchilarida stressga barqarorlikni shakllantirish uchun moslashuvchanlik, jamoaga interaktiv ta’sir etish bilan bog‘liq professional autoidentifikatsiyani rivojlantirish hamda “koping strategiya”larning “konstruktiv texnika”larini qo‘llashga o‘rgatish muhimligiga ko‘ra, shaxs psixoemotsional sohasiga ratsional emotiv va kognitiv usullar orqali integrativ ta’sir etish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab o‘qituvchilarida stressga barqarorlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
maktab o‘qituvchilarida stressga barqarorlikning darajaviy ifodalanishiga ko‘ra, shaxsning o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmaslik yoki kasbiy o‘zgarishlarga moslasha olmaslik, kauzusli vaziyatlarni og‘riqli qabul qilish bilan determinatsiyalashgan holatlar shaxsning o‘z xulq-atvorini tartibga solish darajasining psixologik tuzilma sifatida namoyon bo‘lishi natijasida ish tajribasiga bog‘liq differensial farqlar mavjudligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabr PM-215-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabr PM-215-a son ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘qituvchilarida stressga barqarorlik darajaviy ifodalanishiga ko‘ra differensial farqlar aniqlashtirilgan;
maktab o‘qituvchilarida stressga barqarorlikni namoyon bo‘lishi shaxsning kauzusli vaziyatlardagi muammoni hal qilish strategiyasini konfrantatsion koping, masofa saqlash, o‘zini o‘zi nazorat qilish, ijtimoiy yordam izlashni javobgarlikni qabul qilish, muammodan qochish strategiyasini o‘zini chetga olish xususiyatiga uyg‘un holda yuzaga chiqishiga asoslanib, pedagogik jamoaning o‘zini o‘zi ijtimoiy psixologik baholash darajasiga identiv ekanligi isbotlanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabr PM-215-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabr PM-215-a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘qituvchilarida stressga barqarorlikni namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi psixologik omillarni aniqlashtirilgan;
maktab o‘qituvchilarining stressga barqarorligini namoyon bo‘lishida shaxslararo munosabatlardagi raqobatga intilish va moslashuvchanlik “muammoni hal qilish”, hamkorlikka intilish “ijtimoiy yordam izlash”,  murosalilikka intilish esa “muammodan qochish”  koping indikatorlarini faollashtirganligi tufayli  nizoli vaziyatlardagi xulq-atvor strategiyasi muhim psixologik omil sifatida dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabr PM-215-son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabr PM-215-a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘qituvchilarida stressga barqarorlikni namoyon bo‘lishiga nizoli xulq strategiyasi tizimlashtirilgan;
 maktab o‘qituvchilarida stressga barqarorlikni shakllantirish uchun moslashuvchanlik, jamoaga interaktiv ta’sir etish bilan bog‘liq professional autoidentifikatsiyani rivojlantirish hamda “koping strategiya”larning “konstruktiv texnika”larini qo‘llashga o‘rgatish muhimligiga ko‘ra, shaxs psixoemotsional sohasiga ratsional emotiv va kognitiv usullar orqali integrativ ta’sir etish zarurati asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabr PM-215-son buyrug‘i bilan “Shaxs psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabr PM-215-a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘qituvchilarida stressga barqarorlikni shakllantirish mexanizmlari ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish