Niyazova Nilufar Farxadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari o‘smir yoshdagi tarbiyalanuvchilarida gender identiklikning namoyon bo‘lishi”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P936.
Ilmiy rahbar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Elov Ziyodullo Sattorovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Ostanov Shuxrat Sharifovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari o‘smir yoshdagi tarbiyalanuvchilarida gender identiklikning namoyon bo‘lishini aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oiladan tashqarida tarbiyalanuvchi bolalarning gender identiklik xususiyatlariga ko‘ra, ijtimoiy va oilaviy rollarga moslashuvchanlik, shaxslararo munosabatlarda o‘zini va boshqalarni qabul qilish, emotsional komfortni his qilishning darajaviy ifodalanishi natijasida yosh xususiyatlariga bog‘liq differensial o‘zgarishlarning mavjudligi asoslangan;
SOS bolalar mahallalari o‘smir tarbiyalanuvchilarining gender identiklik xususiyatlarining namoyon bo‘lishida “erkaklik yoki ayollik”, “erkak ayolning nikohdagi va ota-onalik” bilan bog‘liq xususiyatlarini shaxs xulq-atvorini boshqarish ko‘nikmasiga integrativ shakllanishiga asoslanib ijtimoiy muhitning ta’siri ahamiyatli ekanligi dalillangan;
SOS bolalar mahallalari o‘smir tarbiyalanuvchilarida gender identiklikning ijtimoiy muhit ta’sirida darajaviy ifodalanishiga ko‘ra, emotsional barqarorlik shaxslararo munosabatlardagi, shaxsiy gender identifikatsiya ta’lim jarayonidagi, o‘ziga ishonch o‘ziga baho bilan bog‘liq xavotirlanishning pasayishiga olib kelganligi tufayli ularda to‘liq oila farzandlariga xos bo‘lgan “kasbiy rol”, “oilaviy rol”, “ijtimoiy rol”, “jinsiy rol”, “o‘zligi” kabi xususiyatlarning integral rivojlanishi isbotlangan;
SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari o‘smir yoshdagi tarbiyalanuvchilarida gender identiklikni rivojlantirishning psixologik modeli shaxslararo munosabatlarda bir-birini tushunish, shaxsning ijtimoiy rollarini qabul qilish va to‘g‘ri tushunish, stressli vaziyatlarda o‘z kechinmalarini nazorat qilish ko‘nikmasini shakllanishi muhimligiga asoslanib “shaxsiy gender identifikatsiya”, “gender rollari haqida tasavvur”, “o‘ziga ishonch”, “emotsional barqarorlik” mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. SOS Bolalar mahallalari o‘smir yoshdagi tarbiyalanuvchilarida gender identiklikning namoyon bo‘lishini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oiladan tashqarida tarbiyalanuvchi bolalarning gender identiklik xususiyatlariga ko‘ra, ijtimoiy va oilaviy rollarga moslashuvchanlik, shaxslararo munosabatlarda o‘zini va boshqalarni qabul qilish, emotsional komfortni his qilishning darajaviy ifodalanishi natijasida yosh xususiyatlariga bog‘liq differensial o‘zgarishlarning mavjudligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM-208-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi PM-208a-son ma’lumotnomasi). Natijada etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarda gender identiklik rivojlanishini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
SOS bolalar mahallalari o‘smir tarbiyalanuvchilarining gender identiklik xususiyatlarining namoyon bo‘lishida “erkaklik yoki ayollik”, “erkak ayolning nikohdagi va ota-onalik” bilan bog‘liq xususiyatlarini shaxs xulq-atvorini boshqarish ko‘nikmasiga integrativ shakllanishiga asoslanib ijtimoiy muhitning ta’siri ahamiyatli ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM-208-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi PM-208a-son ma’lumotnomasi). Natijada SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari o‘smir yoshdagi tarbiyalanuvchilarida gender identiklikning psixologik jihatlari aniqlangan;
SOS bolalar mahallalari o‘smir tarbiyalanuvchilarida gender identiklikning ijtimoiy muhit ta’sirida darajaviy ifodalanishiga ko‘ra, emotsional barqarorlik shaxslararo munosabatlardagi, shaxsiy gender identifikatsiya ta’lim jarayonidagi, o‘ziga ishonch o‘ziga baho bilan bog‘liq xavotirlanishning pasayishiga olib kelganligi tufayli ularda to‘liq oila farzandlariga xos bo‘lgan “kasbiy rol”, “oilaviy rol”, “ijtimoiy rol”, “jinsiy rol”, “o‘zligi” kabi xususiyatlarning integral rivojlanishi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM-208-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi PM-208a-son ma’lumotnomasi). Natijada SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari o‘smir yoshdagi tarbiyalanuvchilarida gender identiklikning rivojlanishiga ijtimoiy muhitning differensial ta’sirini tadqiq etilgan;
SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari o‘smir yoshdagi tarbiyalanuvchilarida gender identiklikni rivojlantirishning psixologik modeli shaxslararo munosabatlarda bir-birini tushunish, shaxsning ijtimoiy rollarini qabul qilish va to‘g‘ri tushunish, stressli vaziyatlarda o‘z kechinmalarini nazorat qilish ko‘nikmasini shakllanishi muhimligiga asoslanib “shaxsiy gender identifikatsiya”, “gender rollari haqida tasavvur”, “o‘ziga ishonch”, “emotsional barqarorlik” mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM-208-son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi PM-208a-son ma’lumotnomasi). Natijada SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari o‘smir yoshdagi tarbiyalanuvchilarida gender identiklikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqilgan.