Musaev Erkin Xalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va rus tillarida fe’l semantikasining chog‘ishtirma tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4PhD/Fil1519.
Ilmiy rahbar: Murodova Nigora Qulievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’murjon Muhammedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yorqinoy Majidovna Altmisheva, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va rus tillaridagi nutq va harakat fe’llarining semantikasi va valentlik (mazmuniy sintagmatik) xususiyatlarini tavsif etish orqali paradigmatik va sintagmatik plandagi munosabatlar asosida ideografik lug‘atlarini tuzish tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va rus tillarida fe’l leksemasi semantikasida ontologik tamoyillari asosidagi antropotsentrik lisoniy va umumsemiologik xususiyatlarining aniq mezonlari aniqlanib, nominativ va predikativ birliklarning tildagi funksional xususiyatlari ontologik tamoyil talablarining antropotsentrik parametrlari asosida asoslangan;
o‘zbek va rus tillarida nutq fe’llarining paradigmatik xususiyatlari fe’l leksemasi semantikasidagi strukturaviy ma’no komponentining yadrosini tashkil etishi, fe’l leksemalaridagi paradigmatik-assotsiativ xususiyat nutq fe’llari (o‘zbek tilida aytmoq, gapirmoq, so‘ramoq; rus tilida skazat`, govorit`, sprosit` kabilar) semantikasining oltita leksik-semantik guruhini tashkil etishi dalillangan;
o‘zbek va rus tillarida fe’l semantikasining sintagmatik ma’no komponenti fe’llardagi faqat valentlik nazariyasi bilan cheklanmasdan, valentlik birikuvchanlikning semik xususiyatlari yana to‘ldirilishi to‘liq tavsiflanib, sintagmatik mazmuniy birikuvchanlikda faqat fe’l semantikasidagi valentlik xususiyatlar propozision (gap) semantik mazmuni bilan bog‘lanishi asoslab berilgan;
o‘zbek tilida tebranma harakat fe’llari (o‘zbek tilida liqillamoq, chayqalmoq, tebranmoq; rus tilida shatatsya, dvigat`sya, kachat`sya kabilar) oz bo‘lib, ular tub va yasama fe’llardan tashkil topishi, semantik guruh fe’llari goh u tomonga, goh bu tomonga bir tekis harakat qilish, yaʼni ikki yon tomonga bir xil harakatda bo‘lish ma’nosini anglatishi hamda, tebranma harakat fe’llari “harakat” mushtarak semalari fe’llarning semantik maydonida, asosan, narsa predmetlarning tebranma harakatini tub va yasama fe’l shaklida ifodalanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek va rus tillarida fe’l semantikasining chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiya ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va rus tillaridagi nutq va harakat fe’llarining semantik tasnifi ideografik tarzda birlashtiruvchi va farqlovchi semalarni aniqlab, shu asosda ularning ichki leksik-semantik guruhlarini izohlashga oid ilmiy xulosalardan Navoiy viloyat cho‘l hududlarida joylashgan qadamjolardagi “ota”komponentli agiografik toponimlarda: Qanorboy ota, Shaymardan ota, Avliyo ota kabilarning fe’l leksemasi semantikasi ma’nolarini izohlashda O‘zR FA Navoiy viloyat bo‘limi Fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash fondi tomonidan bajarilgan IJ-10-18-sonli loyihasi asosida “Navoiy viloyati cho‘l hududlari mahalliy aholisining qadamjolari tarixi” grantini bajarishda foydalanilgan (O‘zR FA Navoiy viloyat bo‘limining 2024-yil 24-iyundagi 2-15/05-son ma’lumotnomasi.) Natijada, mazkur tarixiy toponimik obektlarning ilmiy-nazariy tavsifida fe’l leksemasi semantikasi xususiyatlari asosidagi ma’nolar taraqqiyoti kengayganligi e’tirof etilgan;
nutq va harakat fe’llari grammatik shaklining semantikasi valentliklari agens (kontragens) patsiens, payt valentliklari to‘liq aniqlanishiga hamda nutq va harakat fe’llarining semantik maydon nazariyasi asosidagi paradigmatik va sintagmatik kabi munosabatlarini to‘liq ideografik tavsiflashda tadqiqotchi tomonidan “Rus tilining fe'l-nominal iboralarining o'quv lug'ati” nomli lug‘at ishlab chiqilgan va talabalarning mustaqil ishlarini bajarishda hamda rus tilini chet tili sifatida o‘rganuvchilar uchun zarur qo‘llanma sifatida foydalanishlariga doir ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022 – 2024-yillarda bajarilgan IL-402104209. “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-iyundagi 04/1-1707-son ma’lumotnomasi). Natijada, nutq fe’llarining paradigmatik assotsiativ komponentlari bo‘lgan, nutq ifodalov fe’llari va ularning frazeologik ma’no xususiyatlarining to‘g‘ri talqin qilinishi va nutqimizda to‘g‘ri foydalanishi yuzasidan ilmiy xulosalar boyishiga xizmat qilgan;
fe’l leksemalar semantikasi tavsifi yuzasidan olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Navoiy” telekanalining “Til –ma’naviyat ko‘zgusi”, “Davlat tili va ta’lim taraqqiyoti”, “Davlat tili taraqqiyotida termin, terminologiya va nomenklatura” kabi ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 5-iyundagi 01-02/96-son ma’lumotnomasi). Natijada, nutq fe’llarining paradigmatik assotsiativ komponentlari bo‘lgan, nutq ifodalov fe’llari va ularning frazeologik ma’no xususiyatlarining to‘g‘ri talqin qilinishi va nutqimizda to‘g‘ri foydalanishi yuzasidan suhbatlar olib borilgan, natijada mazkur teleko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi to‘liq ta’minlangan.