Yakubov Nurbek Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Hududlarda aholi turmush darajasini monitoring qilishning o‘ziga xos xususiyatlari  (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD /Iqt1274.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedov Tursun    Muxitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, (DSc) professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, DSc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otaboev Sherzodbek Xudayberganovich, falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida aholi turmush darajasini monitoring qilish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
viloyat va tuman markazlarida, shaharlar va qishloqlarda shakllanadigan ehtiyoj, korxona quvvati, resurslar imkoniyati va qurilish qoidalaridan kelib chiqqan holda xizmat obektlarini joylashtirishni hududlararo uslubi takomillashtirilgan;
mamlakat bo‘yicha investorning qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan, shundan o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan investisiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari xizmatlari bilan ta’minlashni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplash ko‘zda tutilgani holda, ushbu ko‘rsatkichlarni Xorazm viloyati, jumladan xizmatlar sohasi past rivojlangan tumanlar uchun mos ravishda 50 milliard so‘m va 20 foiz qilib belgilash asoslangan;
mahallada, ayniqsa qishloq joylarda yoshlarni innovatsion xizmat ko‘rsatish sohasiga jalb qilishni faollashtirishda yoshlar yetakchilarining oylik ish haqi xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5 baravari; xonadonlar soni 501 tadan 1000 tagacha bo‘lgan mahallada – 5,5 baravari; xonadonlar soni 1000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – 6 baravari miqdorida belgilash yuzasidan taklif ishlab chiqilgan;
kelajakda aholining talablaridan kelib chiqqan holda viloyat va uning tumanlarida xizmat ko‘rsatish sohalarini 2030-yilgacha ustuvor rivojlantirishning maqsadli parametrlari ishlab chiqilgan;  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyati hududlarda aholi turmush darajasini monitoring qilishning o‘ziga xos xususiyatlari va undan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar asosida:
viloyat va tuman markazlarida, shaharlar va qishloqlarda shakllanadigan ehtiyoj, korxona quvvati, resurslar imkoniyati va qurilish qoidalaridan kelib chiqqan holda xizmat obektlarini samarali joylashtirish uslubi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-son qarorining 15-bandining 1,2 va 4 abzatsi (so‘z boshi)  ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 02/22-1/48 son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 28-noyabrdagi 02-7-09/11168 son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amalga oshirilishi aholining real ehtiyojidan kelib chiqqan holda respublika, viloyatlar, shaharlar, tumanlar va mahallalar miqyosida xizmatlar turlarini rivojlantirish  konsepsiyalarini tayyorlash va maqsadli investisiya loyihalarini samarali joylashtirish imkonini bergan.
mamlakat bo‘yicha investorning qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan, uning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan investisiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplash ko‘zda tutilgani holda, bu ko‘rsatkichlarni Xorazm viloyati uchun mos ravishda 50 milliard so‘m va 20 foiz qilib belgilash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Investisiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5233-son qarori 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 02/22-1/48 son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 28-noyabrdagi 02-7-09/11168 son ma’lumotnomasi). Bu taklif kirish avtomobil yoʻllari, elektr energiyasi, ichimlik suvi, oqova suv, gaz va aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish imkonini bergan;
mahallalarda faoliyat yuritadigan yoshlar yetakchilarining oylik ish haqi xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5 baravari; xonadonlar soni 501 tadan 1000 tagacha bo‘lgan mahallada – 5,5 baravari; xonadonlar soni 1000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – 6 baravari miqdorida belgilash yuzasidan ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son qarori 14-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 02/22-1/48 son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 28-noyabrdagi 02-7-09/11168 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif yoshlar yetakchilari oylik ish xaqini mahallalardagi xonadonlar soniga muvofiq tabaqalashtirgan holda tashkil etish imkonini bergan.
kelajakda aholining talablaridan kelib chiqqan holda viloyat va uning tumanlarida xizmat ko‘rsatish sohalarini  2030-yilgacha ustuvor rivojlantirishning maqsadli parametrlari ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarori loyihasining 1-ilovasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 02/22-1/48-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 28-noyabrdagi 02-7-09/11168 son ma’lumotnomasi). Xizmatlar sohasini rivojlantirishning tavsiya etilgan maqsadli parametrlarini tumanlar kesimida qo‘llash ular orasidagi farqni 2-marta kamaytirishga imkon berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish