Umurzakov Jamoliddin Sherbekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Neft-gaz korxonalari investisiya faoliyati metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt494
Ilmiy rahbar: Bakieva Iroda Abdushukurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor; Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor; Jalilov Sherzod Kaxramonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neft-gaz korxonalari investisiya faoliyati metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sun’iy intellekt elementlarini qo‘llash yordamida neft-gaz korxonalari asosiy faoliyatidan tushgan daromadning 12 dan 14 foizgacha ko‘payishi kompaniyaning o‘z (aksiyadorlik) kapitali rentabelligining 8,5 foizdan 11 foizgacha orishiga olib kelishi asoslangan;
neft-gaz korxonasi burg‘ilash, qazib chiqarish va qayta ishlash jarayonlarida bo‘linmalarga ko‘rsatiladigan xizmat turlarini markazlashtirish orqali ortiqcha bo‘linmalarni qisqartirib, operatsion samaradorlikka erishish taklif etilgan;
investisiya faoliyatida har bir loyiha kesimida risklarni to‘g‘ri tasniflash hamda boshqarish orqali ularni kamaytirib borish imkoniyatlari asoslanib, “O‘zbekneftgaz” AJda investisiya faoliyatini samarali amalga oshirishda muhim bo‘lgan risk-faktorlari guruhlari taklif etilgan;
mahalliy neft-gaz korxonalari investisiya faoliyati samaradorligini oshirish va zamonaviy metodologik yondashuv asosida tashkil etishni ko‘zda tutuvchi besh bosqichli algoritmik model bo‘yicha mualliflik taklifi ishlab chiqilgan;
neft-gaz quduqlarida ishlatiladigan burg‘ilash qorishmalari va uskunalarini ishlab chiqarish shartli loyihasini misolida importni qisqartirish orqali korxona investisiya faoliyati samaradorligini 3-7 foizga oshirish imkoniyatlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neft-gaz korxonalari investisiya faoliyati metodologiyasini takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sun’iy intellekt elementlarini qo‘llash yordamida neft-gaz korxonalari asosiy faoliyatidan tushgan daromadning 12 dan 14 foizgacha ko‘payishi kompaniyaning o‘z (aksiyadorlik) kapitali rentabelligining 8,5 foizdan 11 foizgacha orishiga olib kelishiga doir taklifi “O‘zbekneftgaz” AJ investisiya faoliyatiga qo‘llaniolgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024 yil 11 oktyabrdagi 03-16-8289-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2024 yil 10 sentyabrdagi 04-18-8-808-son ma’lumotnomalari). Natijada, investisiya loyihalarini amalga oshirishda sun’iy neyron tarmog‘ini o‘rgatish maqsadida tanlab olingan “Back-Propagation” algoritmini qo‘llash yordamida neft-gaz korxonalari asosiy faoliyatidan tushgan daromadning 12 dan 14 foizgacha ortishi kompaniyaning o‘z (aksiyadorlik) kapitali rentabelligining 8,5 foizdan 11 foizgacha oshishiga olib kelishi, voqealar eng ehtimolli emas, balki optimistik ssenariy bo‘yicha rivojlansa, samaradorlik ko‘rsatkichi 5,4 foiz punktga ortishiga etishilgan;
neft-gaz korxonasi burg‘ilash, qazib chiqarish va qayta ishlash jarayonlarida bo‘linmalarga ko‘rsatiladigan xizmat turlarini markazlashtirish orqali ortiqcha bo‘linmalarni qisqartirib, operatsion samaradorlikka erishishga doir taklifi “O‘zbekneftgaz” AJ operatsion faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024 yil 11 oktyabrdagi 03-16-8289-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2024 yil 10 sentyabrdagi 04-18-8-808-son ma’lumotnomalari). Natijada, 2023-2024 yillarda operatsion faoliyatning bir qator muhim yo‘nalishlarida bir xil funksiyalarni markazlashtirish orqali 267 mlrd.so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishildi;
investisiya faoliyatida har bir loyiha kesimida risklarni to‘g‘ri tasniflash hamda boshqarish orqali ularni kamaytirib borish imkoniyatlari asoslanib, “O‘zbekneftgaz” AJda investisiya faoliyatini samarali amalga oshirishda muhim bo‘lgan risk-faktorlari guruhlariga doir taklifi “O‘zbekneftgaz” AJda investisiya faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024 yil 11 oktyabrdagi 03-16-8289-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2024 yil 10 sentyabrdagi 04-18-8-808-son ma’lumotnomalari). Natijada, investisiya faoliyatini samarali amalga oshirishda aniqlangan asosiy risk-faktorlarining 8 ta guruhi, universal biznes-risklar va ularning tatbiq etilishi bo‘yicha 10 ta tavsiyalar hamda neft-gaz korxonalarida investisiyalash kichik jarayonlarini samarali tashkil etishda muammolarni bartaraf etishning 6 ta indikativ yo‘nalishlari “O‘zbekneftgaz” AJning 2024 yil biznes rejasida qamrab olindi;
mahalliy neft-gaz korxonalari investisiya faoliyati samaradorligini oshirish va zamonaviy metodologik yondashuv asosida tashkil etishni ko‘zda tutuvchi besh bosqichli algoritmik model bo‘yicha mualliflik taklifi “O‘zbekneftgaz” AJ investisiya strategiyasini belgilash va investision faoliyati tahlilida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024 yil 11 oktyabrdagi 03-16-8289-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2024 yil 10 sentyabrdagi 04-18-8-808-son ma’lumotnomalari). Natijada, o‘tkazilgan empirik tahlil asosida neft-gaz korxonalarida muqobil loyihalar bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonlari 23-36 kungacha qisqarishi, investisiya loyihasi byudjetini shakllantirib olish imkoniyatlari 11-16 foizgacha ortishi, loyihani ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonlari to‘liq raqamlashtirilishi, loyihani boshqarish suniy intellekt yordamida yaratilgan maxsus dasturiy ta’minot orqali amalga oshirilishi va yakunda loyihaning tasdiqlangan samaradorlik ko‘rsatkichlari 2-4 foiz birligiga yaxshilanishi imkoniyatlari yaratililgan;
neft-gaz quduqlarida ishlatiladigan burg‘ilash qorishmalari va uskunalarini ishlab chiqarish shartli loyihasini misolida importni qisqartirish orqali korxona investisiya faoliyati samaradorligini 3-7 foizga oshirishga doir taklifi “O‘zbekneftgaz” AJning 2024-2030 yillar uchun mahalliylashtirish strategiyasi” dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024 yil 11 oktyabrdagi 03-16-8289-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2024 yil 10 sentyabrdagi 04-18-8-808-son ma’lumotnomalari). Natijada, baholash qiymati 8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan neft-gaz quduqlarida ishlatiladigan burg‘ilash qorishmalari va uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish shartli loyihasini amalga oshirish natijasida yiliga 150 ming AQSh dollari miqdorida samaradorlikka erishish, shuningdek importni qisqartirish, loyihalarni moddiy-texnik buyumlar bilan uzlyuksuz ta’minlash, burg‘ulash ishlarida moliyaviy mablag‘larni iqtisod qilish orqali korxona investisiya faoliyati samaradorligini 3-7 foizga oshirish imkoniyatlarini yaratilgan.