Kurbanov Ibratbek G‘ayrat o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’lim menejmenti (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/ Ped6855.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xamdamova Mahzuna Tursunovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamlashtirish sharoitida “boshqaruv”, “kompetensiya” va “kasbiy kompetensiya” pedagogik kategoriyalarini aniqlashtirish asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining kasbiy kompetensiyasi tuzilmasi (kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalari) ni ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, boshqaruvi va nazoratida qo‘llay olishi layoqatini rivojlantirish bosqichlari uzlyuksiz ta’lim olish tamoyilini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘zgaruvchan sharoitlarga tez moslashuvchan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining doimiy o‘z-o‘zi ustida ishlash, kreativ yondashuv, integrativ mexanizm asosida didaktik ta’minotini ishlab chiqish orqali kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish modelining maqsadli, ilmiy, tashkiliy, jarayonli, baholash, monitoring va natijaviy kabi tashkiliy-funksional komponentlari mazmuni gamifikatsiya usuli asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini aks ettiruvchi tashkiliy, ta’limiy, rivojlanganlik darajalari, amaliy faoliyatda mustaqil qaror qabul qilish va qaytar aloqa asosida ishlab chiqilgan liderlik va menejerlik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “leadership”, “jigso strategiyasi” va “tell-show-do” kabi o‘quv mashqlardan va kouchinglardan foydalanish orqali maxsus o‘quv kurslaridagi seminar trening va mahorat darslarini o‘tkazish metodikasi peer-assessment texnikasi orqali takomillashtirilgan;
moodle, google workspace va maxsus ishlab chiqilgan mahalliy tizimlar orqali o‘quv jarayonini avtomatlashtirish natijasida zamonaviy rahbarlarning ta’lim sifatini boshqarishga oid ko‘nikmalari blended learning (aralash o‘qitish) texnikasi orqali shakllantirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi natijalar amalda joriy qilindi:
raqamlashtirish sharoitida “boshqaruv”, “kompetensiya” va “kasbiy kompetensiya” pedagogik kategoriyalarini aniqlashtirish asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining kasbiy kompetensiyasi tuzilmasi (kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalari)ni ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, boshqaruvi va nazoratida qo‘llay olishi layoqatini rivojlantirish bosqichlari uzlyuksiz ta’lim olish tamoyilini integratsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid yangiligi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish” o‘quv kursi joriy qilingan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 22-noyabrdagi 03-720-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga erishilgan;
o‘zgaruvchan sharoitlarga tez moslashuvchan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining doimiy o‘z-o‘zi ustida ishlash, kreativ yondashuv, integrativ mexanizm asosida didaktik ta’minotini ishlab chiqish orqali kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish modelining maqsadli, ilmiy, tashkiliy, jarayonli, baholash, monitoring va natijaviy kabi tashkiliy-funksional komponentlari mazmuni gamifikatsiya usuli asosida takomillashtirilganligiga oid yangiligi asosida o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “mttrahbar.uz” plotformasi ishlab chiqilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 22-noyabrdagi 03-720-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari masofadan turib istalgan paytda doimiy ravishda platformadan foydalanishlari hamda o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish uchun imkoniyat yaratilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini aks ettiruvchi tashkiliy, ta’limiy, rivojlanganlik darajalari, amaliy faoliyatda mustaqil qaror qabul qilish va qaytar aloqa asosida ishlab chiqilgan liderlik va menejerlik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “leadership”, “jigso strategiyasi” va “tell-show-do” kabi o‘quv mashqlardan va kouchinglardan foydalanish orqali maxsus o‘quv kurslaridagi seminar trening va mahorat darslarini o‘tkazish metodikasi peer-assessment texnika orqali takomillashtirilganligiga oid yangiligi asosida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish” nomli metodik qo‘llanma ishlab chiqilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 22-noyabrdagi 03-720-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga oid o‘quv kurslari, treninglarning sifat va samaradorligi oshgan.