Bektasheva Gulbahor Rayimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek jadidshunosligi taraqqiyoti tadriji (Begali Qosimov ilmiy tadqiqotlari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1567.
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Habibullo Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek jadidshunosligi taraqqiyotida professor B.Qosimov ilmiy tadqiqotlarining o‘rni, olimning, umuman, adabiy-tarixiy jarayonga, xususan, muayyan jadid adiblarining hayoti va ijodiga yondashuv usullari va badiiy asarni baholash prinsiplarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
B. Qosimov jadid adabiyoti va ushbu davr adabiy-tarixiy jarayoniga oid muhim ilmiy masalalar bo‘yicha puxta tadqiqotlar olib borishi, bir qator jadid ijodkorlarining tarjimai hollarini ilmiy asosda tiklashi, ularning hayoti va ijodiy merosini o‘z ilmiy konsepsiyasi nuqtayi nazaridan chuqur o‘rganib, asarlarini tanqidiy tahlil hamda tabdil orqali nashrga tayyorlashi bilan ushbu yo‘nalishda o‘ziga xos ilmiy-tadqiqot maktabini shakllantirgani asoslangan;
professor B. Qosimov ilmiy-nazariy qarashlarining adabiyotshunoslik metodologiyasi, milliy adabiy merosni zamonaviy talqin etish hamda zamonaviy estetik yondashuvlarga asoslangan yetakchi tamoyillari belgilanib, o‘zbek jadidshunosligi taraqqiyotiga qo‘shgan ulushi manbashunoslik asosidagi qiyosiy kuzatishlar orqali ko‘rsatib berilgan, olimning jadid she’riyati, nasri, publisistikasi, dramaturgiyasi, teatrchiligi kabi sohalarga bag‘ishlangan tadqiqotlarida uning individual mahorati innovatsion yondashuv, analitik fikr va tizimli metodologik izlanishlarda namoyon bo‘lgani dalillangan;
B.Qosimovning jadid adiblari asarlarini ilmiy asoslangan biografik, puxta tanqidiy-qiyosiy, chuqur sotsiologik, keng ko‘lamli kontekstual baholash metodlaridan o‘rinli foydalangani isbotlangan.
olimning qaltis sharoitda ham jadid adiblari ijodi va faoliyatini hamda baholashda haqqoniylik, tizimlilik, ilmiylik, xolislik yo‘lidan borgani dalillanib, jadid publisistikasiga oid qarashlari, uning vaqtli matbuot va jadid adabiyoti munosabatlari borasidagi qarashlari haqqoniy, asosli ekani turli janrlaridagi asarlari asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Begali Qosimov ilmiy tadqiqotlari misolida o‘zbek jadidshunosligi taraqqiyotining tadrijiy tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
B. Qosimov jadid adabiyoti va ushbu davr adabiy-tarixiy jarayoniga oid muhim ilmiy masalalar bo‘yicha puxta tadqiqotlar olib borishi, bir qator jadid ijodkorlarining tarjimai hollarini ilmiy asosda tiklashi, ularning hayoti va ijodiy merosini o‘z ilmiy konsepsiyasi nuqtayi nazaridan chuqur o‘rganib, asarlarini tanqidiy tahlil hamda tabdil orqali nashrga tayyorlashi bilan ushbu yo‘nalishda o‘ziga xos ilmiy-tadqiqot maktabini shakllantirganligiga oid xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2017-2020 yy) fundamental loyihasida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 29-iyuldagi 175-son ma’lumotnomasi). Natijada olimning jadidshunoslikka doir tadqiqotlarida til va adabiyotni taraqqiyotiga oid ilgari surilgan fikr va mulohazalaridan foydalanish loyihaning ilmiyligi hamda mukammalligini ta’minlagan;
olimning qaltis sharoitda ham jadid adiblari ijodi va faoliyatini hamda baholashda haqqoniylik, tizimlilik, ilmiylik, xolislik yo‘lidan borgani dalillanib, jadid publisistikasiga oid qarashlari, uning vaqtli matbuot va jadid adabiyoti munosabatlari borasidagi qarashlari haqqoniy, asosli ekanligiga oid xulosalar hamda dissertatsiya materiallaridan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2017-2020 yy.) fundamental loyihasida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 29-iyuldagi 175-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq holda ona tili va adabiyot o‘qitish metodikasini chuqur ilmiy asosda takomillashtirish, o‘quv jarayonini tizimli yo‘lga qo‘yish va ushbu sohani yangi nazariy hamda amaliy mezonlar bilan boyitishga erishdi;
professor B. Qosimov ilmiy-nazariy qarashlarining adabiyotshunoslik metodologiyasi, milliy adabiy merosni zamonaviy talqin etish hamda zamonaviy estetik yondashuvlarga asoslangan yetakchi tamoyillari belgilanib, o‘zbek jadidshunosligi taraqqiyotiga qo‘shgan ulushi asarlarining chuqur tahlili, manbashunoslik asosidagi qiyosiy kuzatishlar orqali ko‘rsatib berilgan, olimning jadid she’riyati, nasri, publisistikasi, dramaturgiyasi, teatrchiligi kabi sohalarga bag‘ishlangan tadqiqotlarida uning individual mahorati innovatsion yondashuv, analitik fikr va tizimli metodologik izlanishlarda namoyon bo‘lishiga oid materiallaridan Andijon viloyati teleradiokanalining ilmiy-ommabop “Najot bilimda”, “Xazinamsan kitob”, “Ma’naviyat qalb ko‘zgusi” ko‘rsatuvlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yildagi 10-24/193-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishini ta’minlagan, xususan, B.Qosimov ilmiy-nazariy qarashlarining manbalari, tadriji va yetakchi tamoyillari, o‘zbek adabiyotshunosligi va jadidshunosligi taraqqiyotiga qo‘shgan munosib ulushi, tadqiqotlarning umumestetik talablarga javob berishi nazariy jihatdan asoslangan.