Tillashayxova Xosiyat Azamatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talaba yoshlar psixologik farovonligi va ijtimoiy etukligi shakllanish dinamikasining xususiyatlari (pedagogika oliygohlari misolida)», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3DSc/P130.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Shaumarov Gayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, akademik; Fayzieva Mavluda Xudyarovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika OTM turli bosqichlarida ta’lim olayotgan talabalarning ijtimoiy etukligi shakllanish dinamikasi hamda psixologik farovonligi xususiyatlarini aniqlashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-yoshlarning ijtimoiy etukligi va psixologik farovonligining tuzilmaviy-mazmunli tavsiflari, jumladan: o‘zini o‘zi qabul qilish va o‘zini o‘zi hurmat qilish, avtonomlik va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorlik, nazorat lokusining anglashilgani, internalligi va ijobiy shaxslararo munosabatlar  aniqlangan;
talabalar ijtimoiy-psixologik etukligi va psixologik farovonligining ko‘rsatkichlari ifodalanganligi 1-kursdan 4-kursgacha ijobiy dinamikaga ega ekani, u: 1-kurs talabalari uchun o‘zini o‘zi rivojlantirish ustuvor qadriyatlar sirasiga kirmasligi, bitiruvchi talabalarda o‘zini o‘zi boshqarish, hayoida o‘zini o‘zi uyushtirish (tashkil qilish) va hayotning turli sohalarida maqsadlarni belgilash parametrlari ifodalanganida namoyon bo‘lishi, bu esa OTMda olib boriladigan o‘quv-tarbiya ishlarining ijobiy ta’siridan dalolat berishi isbotlangan;
talabalar ijtimoiy-psixologik etukligi va psixologik farovonligining mezonlari:  shaxsiy o‘sishga ehtiyoj, o‘zini o‘zi realizatsiyalashga yo‘nalganlik, o‘zini o‘zi determinatsiyalash, kasbiy faoliyatda avtonomlik va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorlik, nazorat lokusining anglashilgani, internalligi va ijobiy shaxslararo munosabatlar asoslangan;
OTMda ta’lim olish davri: talabalarning pedagogik kasbni egallashdan manfaatdorligi va kasbiy javobgarlikka tayyorligining oshishi; o‘quvchilar bilan pedagogik savodli o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishning zaruriy sharti hisoblangan empatiyaning rivojlanishi; terminal va instrumental qadriyatlarning muvofiqligiga ko‘maklashishi isbotlanib, talabalar ijtimoiy-psixologik etukligi shakllanishida shaxsiy zaxira sifatida baholangan;
o‘spirin va qizlarning o‘z psixologik farovonligini baholashi shaxsning o‘zini his qilishi (kayfiyati) markeri ekani, ammo bu farovonlik o‘sib kelayotgan shaxsning o‘zini o‘zi dolzarblashtirish va o‘zini o‘zi realizatsiyalash ehtiyojining shakllanishi va rivojlanishiga qanchalik ko‘maklashishi ko‘rsatkichi bo‘la olmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Talaba yoshlar psixologik farovonligi va ijtimoiy etukligi shakllanish dinamikasining xususiyatlari (pedagogika oliygohlari misolida)ni tadqiq etish natijalari asosida:
talaba-yoshlarning ijtimoiy etukligi va psixologik farovonligining tuzilmaviy-mazmunli tavsiflari, jumladan: o‘zini o‘zi qabul qilish va o‘zini o‘zi hurmat qilish, avtonomlik va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorlik, nazorat lokusining anglashilgani, internalligi va ijobiy shaxslararo munosabatlar  yoritilganligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-258-sonli buyrugʻi bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-258 a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu xulosalarning o‘quv jarayoniga joriy qilinishi tinglovchilarning ilmiy-nazariy psixologik tayyorgarlik darajasi oshishiga xizmat qilgan;
talabalar ijtimoiy-psixologik etukligi va psixologik farovonligining ko‘rsatkichlari ifodalanganligi 1-kursdan 4-kursgacha ijobiy dinamikaga ega ekani, u: 1-kurs talabalari uchun o‘zini o‘zi rivojlantirish ustuvor qadriyatlar sirasiga kirmasligi xos ekani, bitiruvchi talabalarda o‘zini o‘zi boshqarish, hayotida o‘zini o‘zi uyushtirish (tashkil qilish) va hayotning turli sohalarida maqsadlarni belgilash parametrlari ifodalanganida namoyon bo‘lishi, bu esa OTMda olib boriladigan o‘quv-tarbiya ishlarining ijobiy ta’siridan dalolat berishi isbotlangan ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-258-sonli buyrugʻi bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-258 a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy raqobatbardosh kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy-metodik ta’minotini boyitishga erishilgan;
talabalar ijtimoiy-psixologik etukligi va psixologik farovonligining mezonlari:  shaxsiy o‘sishga ehtiyoj, o‘zini o‘zi realizatsiyalashga yo‘nalganlik, o‘zini o‘zi determinatsiyalash, kasbiy faoliyatda avtonomlik va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorlik, nazorat lokusining anglashilgani, internalligi va ijobiy shaxslararo munosabatlar asoslangan ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-258-sonli buyrugʻi bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-258 a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak amaliy psixologlarning istiqboldagi faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
OTMa ta’lim olish davri: talabalarning pedagogik kasbni egallashdan manfaatdorligi va kasbiy javobgarlikka tayyorligining oshishi; o‘quvchilar bilan pedagogik savodli o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishning zaruriy sharti hisoblangan empatiyaning rivojlanishi; terminal va instrumental qadriyatlarning muvofiqligiga ko‘maklashishi isbotlanib, talabalar ijtimoiy-psixologik etukligi shakllanishida shaxsiy zaxira sifatida baholangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-258-sonli buyrugʻi bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-258 a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy shakllanishining psixologik farovonlik bilan bog‘liq jihatlari ochib berilgan;  
o‘spirin va qizlarning o‘z psixologik farovonligini baholashi shaxsning o‘zini his qilishi (kayfiyati) markeri ekani, ammo bu farovonlik o‘sib kelayotgan shaxsning o‘zini o‘zi dolzarblashtirish va o‘zini o‘zi realizatsiyalash ehtiyojining shakllanishi va rivojlanishiga qanchalik ko‘maklashishi ko‘rsatkichi bo‘la olmasligi aniqlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-258-sonli buyrugʻi bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-258 a-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy psixologlarning psixologik xizmatlarda kelguvchi faoliyatiga oid bilim, ko‘nikma va malalari darajasi oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish