Madaeva Mu’tabarxon Amanullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi homoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor” dostonidagi arabizmlar va ularning germenevtik tahlili”, 24.00.04 – Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2711.
Ilmiy rahbar: Islomov Zahid Mahmudovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Erkinov Aftondil Sodirxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Madalieva Oysara Rustamovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonidagi arabizmlarning germenevtik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni matnidagi ilohiyotga doir arabizmlar Qur’on va hadislardan o‘zlashtirilganligi bois badiiy ifoda ta’sirini oshirish va uning vositasida diniy tushunchalar mazmunini yanada kuchaytirish uchun asliy holatda qo‘llanilgani, natijada, arabiy so‘z va birikmalarning mahalliylashuvi hamda ijtimoiy leksikadagi ulushi ortishiga ta’sir etgani dalillangan;
“Sab’ai sayyor” dostonidagi arabizmlarning germenevtik talqin etilishi arab tilidan o‘zlashgan Laylatu-l-me’roj – ليلة المعراج (Me’roj tuni), Hayratu-l-fuqaho – حيرة الفقهاء (Faqihlarning hayrati) kabi izofa birikmalar hamda ikki tilga tegishli leksik birlikdan yasalgan: قبول – qabul etmoq, سير – sayr aylamoq, طلب – talab qilmoq, حكم – hukm qilmoq singari qo‘shma fe’llar lingvomadaniy kombinatsiyasi orqali turkiy til leksikasining boyishiga xizmat qilgani isbotlangan;
“Sab’ai sayyor” dostonida forsiy-arabiy, turkiy-forsiy, forsiy-arabiy-turkiy elementlar birikishi orqali hosil qilingan be+navo+lig‘ (بى نوا ليغ), yak+jihat+lig‘ (يك جهت ليغ) singari yasama so‘zlarning qo‘llanilishi bilan turkiy she’riyatda yangi leksikaning vujudga kelish uslubi ochib berilgan;
dostonda arabcha so‘zlar qo‘llanish chastotasi 22.63% (48 714 ta so‘z)ni tashkil etgan va ism turkumidan unumli foydalanilgan, bunda otlardan: kasbda – me’mor (معمار) va cholg‘u asboblarida – nay (ناي), inshootlarda – qasr (قصر), sifatlardan: ranglarda yashil (أحضر) so‘zlarining mahalliy tillarga sinkretlashuvi muayyan darajada kechgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonidagi arabizmlar va ularning germenevtik tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“Sab’ai sayyor” dostonidagi arabizmlarning germenevtik talqin etilishi arab tilidan o‘zlashgan Laylatu-l-me’roj – ليلة المعراج  (Me’roj tuni), Hayratu-l-fuqaho – حيرة الفقهاء  (Faqihlarning hayrati) kabi izofa birikmalar hamda ikki til leksikasidan yasalgan:  قبول – “qabul etmoq”,  سير – “sayr aylamoq”,  طلب – “talab qilmoq”,  حكم – “hukm qilmoq” singari qo‘shma fe’llar lingvomadaniy kombinatsiya tufayli turkiy til leksikasi boyishiga xizmat qilgani isbotlangan ilmiy xulosalar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida  “O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi  ensiklopediyasi” kitobining mazmuniga singdirilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2024-yil 17-iyuldagi 02/295-son ma’lumotnomasi). Natijada, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi faoliyati yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan buyuk ajdodlar merosini o‘rganish bo‘yicha yangi ma’lumotlardan jamoatchilikni keng xabardor qilishga xizmat qilgan;
Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonida Qur’on va hadislardagi so‘z hamda birikmalarning asliy shaklda keltirilishi o‘sha davr aholisining arabizmlarni yaxshi anglaganligi, shuningdek, ta’sirchanlikni oshirish hamda diniy tushunchalarning mazmunini kuchaytirishda foydalanilgani dalillangan ilmiy yangilikdan va doston boblarida kelgan ilohiyot atamalari tahlil qilinib, chuqur ilmiy xulosalarga asoslanganiga oid ma’lumotlardan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida o‘qitiladigan tasavvuf fani ishchi dasturini tuzishda va “Tasavvuf va nafs tarbiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2024-yil 17-iyuldagi 05-03/175/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, islom ilohiyotidagi so‘zlar arabizmlar vositasida g‘oyaviy va ma’naviy jihatdan aniq o‘rganilgani  Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining ilmiy faoliyati samaradorligiga xizmat qilgan;
“Sab’ai sayyor” dostonida forsiy-arabiy, turkiy-forsiy, forsiy-arabiy-turkiy elementlar kombinatsiyasi orqali hosil qilingan be+navo+lig‘ (بى نوا ليغ), yak+jihat+lig‘ (يك جهت ليغ) singari yasama so‘zlarning qo‘llanilishi natijasida turkiy she’riyatda yangi so‘zlar vujudga kelgani ochib berilgani xususidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-2023-yillarda bajarilgan IZ-2021020813-“Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 15-iyuldagi 04/1-2674-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha dasturi yangi ma’lumotlar va leksik birliklar bilan boyitilgan;
“Sab’ai sayyor” dostonida ism (ot, sifat) turkumidan unumli foydalanish orqali kasbda – me’mor (معمار) va cholg‘u asboblarida – nay (ناي), inshootlarda – qasr (قصر) kabi otlar; ranglarda: yashillik (أحضر)  sifati qo‘llanilgani aniqlangani xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 17-iyuldagi 06-28-956-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuvlar mazmunining nazariy jihatdan ilmiy dalillar bilan yanada boyitilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish