Mirzoev Valijon Ibodilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar sirrozi kuzatilgan bemorlarda o‘tkir pankreatitning davolash - diagnostik taktikasi», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2534.
Ilmiy rahbar: Uroqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instiuti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Obid Maxsudovich, tibbiyot fanlari doktori, Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
o‘tkir pankreatit jigarning surunkali diffuz kasalliklari bilan birga kelgan holatlarda tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir pankretitning jigar sirrozi fonida kechishida biliar pankreatitning rivojlanish ko‘rsatkichlari, jigar sirrozi bo‘lmagan o‘tkir pankreatit bilan kasallangan bemorlarga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlangan;
o‘tkir pankreatit, pankreonekroz va parapankreatitda kuzatiladigan og‘ir endotoksikoz, jigar etishmovchiligini rivojlanishga salmoqli hissa qo‘shishi aniqlangan;
jigar sirrozi fonida kelgan o‘tkir pankretitlar nisbatdan og‘irroq shakllarda kechishi isbotlangan hamda mazkur patalogiyali bemorlarni kompleks davolash chora-tadbirlarini intensiv bo‘limlarida o‘tkazilishi lozimligi asoslangan;
o‘tkir pankretitning jigar sirrozi fonida kechishida Ulinastatin, Glutation, Remaksol preparatlarini hamda erta enteral oziqlantirishning kompleks qo‘llanishi jigar etishmovchiligining profilaktikasi va uni davolashda samarali natija berilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/07 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir pankretitning jigar sirrozi fonida kechishida biliar pankreatitning rivojlanish ko‘rsatkichlari, jigar sirrozi bo‘lmagan o‘tkir pankreatit bilan kasallangan bemorlarga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkir pankretitning jigar sirrozi fonida kechishida biliar pankreatitning rivojlanish ko‘rsatkichlari, jigar sirrozi bo‘lmagan o‘tkir pankreatit bilan kasallangan bemorlarga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlar profilaktikasini o‘tqazilishi zaruriyatini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Sirdar`yo viloyati filiali bo‘yicha buyruq (12.07.2024 y.; № 121-123) hamda Buxoro shahar kasalxonasi bo‘yicha buyruq (15.07.2024 y.; № 1312-2-42-TV/2024; 15.07.2024 y.; № 1313-2-42-TV/2024) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir pankretitning jigar sirrozi fonida kechishida biliar pankreatitning rivojlanish ko‘rsatkichlari, jigar sirrozi bo‘lmagan o‘tkir pankreatit bilan kasallangan bemorlarga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlanganligidan foydalanish, asoratlarning kamaytirish imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir pankretitning jigar sirrozi fonida kechishida biliar pankreatitning rivojlanish ko‘rsatkichlari, jigar sirrozi bo‘lmagan o‘tkir pankreatit bilan kasallangan bemorlarga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlanganligidan foydalanish, asoratlarning kamaytirish imkoniyatini berib: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 6 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1020000 so‘mga kamaytirgan (RShTYoIM BFning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 170000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 100000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: o‘tkir pankretitning jigar sirrozi fonida kechishida biliar pankreatitning rivojlanish ko‘rsatkichlari, jigar sirrozi bo‘lmagan o‘tkir pankreatit bilan kasallangan bemorlarga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlanganligidan foydalanish asoratlarning kamaytirish imkoniyatini berib, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda asoratlar va o‘limni kamaytirish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir pankreatit, pankreonekroz va parapankreatitda kuzatiladigan og‘ir endotoksikoz, jigar etishmovchiligini rivojlanishga salmoqli hissa qo‘shishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkir pankreatit, pankreonekroz va parapankreatitda kuzatiladigan og‘ir endotoksikoz, jigar etishmovchiligini rivojlanishga salmoqli hissa qo‘shishi aniqlanganligi, profilaktik chora tadbirlarni belgilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Sirdar`yo viloyati filiali bo‘yicha buyruq (12.07.2024 y.; № 121-123) hamda Buxoro shahar kasalxonasi bo‘yicha buyruq (15.07.2024 y.; № 1312-2-42-TV/2024; 15.07.2024 y.; № 1313-2-42-TV/2024) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir pankreatit, pankreonekroz va parapankreatitda kuzatiladigan og‘ir endotoksikoz, jigar etishmovchiligini rivojlanishga salmoqli hissa qo‘shishi aniqlanganligi, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir pankreatit, pankreonekroz va parapankreatitda kuzatiladigan og‘ir endotoksikoz, jigar etishmovchiligini rivojlanishga salmoqli hissa qo‘shishi aniqlanganligi, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini berib: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 6 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1020000 so‘mga kamaytirgan (RShTYoIMBF ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 170000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 100000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: o‘tkir pankreatit, pankreonekroz va parapankreatitda kuzatiladigan og‘ir endotoksikoz, jigar etishmovchiligini rivojlanishga salmoqli hissa qo‘shishi aniqlanganligidan foydalanish davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: jigar sirrozi fonida kelgan o‘tkir pankretitlar nisbatdan og‘irroq shakllarda kechishi isbotlangan hamda mazkur patalogiyali bemorlarni kompleks davolash chora-tadbirlarini intensiv bo‘limlarida o‘tkazilishi lozimligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigar sirrozi fonida kelgan o‘tkir pankretitlar nisbatdan og‘irroq shakllarda kechishi isbotlangan hamda mazkur patalogiyali bemorlarni kompleks davolash chora-tadbirlarini intensiv bo‘limlarida o‘tkazilishi lozimligi asoslangan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda, davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Sirdar`yo viloyati filiali bo‘yicha buyruq (12.07.2024 y.; № 121-123) hamda Buxoro shahar kasalxonasi bo‘yicha buyruq (15.07.2024 y.; № 1312-2-42-TV/2024; 15.07.2024 y.; № 1313-2-42-TV/2024) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: jigar sirrozi fonida kelgan o‘tkir pankretitlar nisbatdan og‘irroq shakllarda kechishi isbotlangan hamda mazkur patalogiyali bemorlarni kompleks davolash chora-tadbirlarini intensiv bo‘limlarida o‘tkazilishi lozimligi asoslangan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda foydalanish imkonini berib, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: jigar sirrozi fonida kelgan o‘tkir pankretitlar nisbatdan og‘irroq shakllarda kechishi isbotlangan hamda mazkur patalogiyali bemorlarni kompleks davolash chora-tadbirlarini intensiv bo‘limlarida o‘tkazilishi lozimligi asoslangan bo‘lib, bu o‘z bemorlarning barchasida kasallikni davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 1020000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: jigar sirrozi fonida kelgan o‘tkir pankretitlar nisbatdan og‘irroq shakllarda kechishi isbotlangan hamda mazkur patalogiyali bemorlarni kompleks davolash chora-tadbirlarini intensiv bo‘limlarida o‘tkazilishi lozimligi asoslanganligi, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1020000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 600000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir pankretitning jigar sirrozi fonida kechishida Ulinastatin, Glutation, Remaksol preparatlarini hamda erta enteral oziqlantirishning kompleks qo‘llanishi jigar etishmovchiligining profilaktikasi va uni davolashda samarali natija berilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkir pankretitning jigar sirrozi fonida kechishida Ulinastatin, Glutation, Remaksol preparatlarini hamda erta enteral oziqlantirishning kompleks qo‘llanishi jigar etishmovchiligining profilaktikasi va uni davolashda samarali natija berilishi isbotlangan bo‘lib, shifo jarayonini tezlashtirib asoratlar va o‘limni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Sirdar`yo viloyati filiali bo‘yicha buyruq (12.07.2024 y.; № 121-123) hamda Buxoro shahar kasalxonasi bo‘yicha buyruq (15.07.2024 y.; № 1312-2-42-TV/2024; 15.07.2024 y.; № 1313-2-42-TV/2024) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir pankretitning jigar sirrozi fonida kechishida Ulinastatin, Glutation, Remaksol preparatlarini hamda erta enteral oziqlantirishning kompleks qo‘llanishini amaliyotga joriy etilishi bemorlarda asoratlar va o‘limni keskin kamaytirish imkonini bergan.. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir pankretitning jigar sirrozi fonida kechishida Ulinastatin, Glutation, Remaksol preparatlarini hamda erta enteral oziqlantirishning kompleks qo‘llanishini amaliyotga joriy etilishi davolanishning o‘rtacha davomiyligini hamda bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 6 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1020000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 600000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: o‘tkir pankretitning jigar sirrozi fonida kechishida Ulinastatin, Glutation, Remaksol preparatlarini hamda erta enteral oziqlantirishning kompleks qo‘llanishinini amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1020000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 600000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.